Mazkur ko‘rgazma Yaponiya universitetlarining talabalarni qabul qilish tartibi, o‘qish jarayonini tashkil qilish, xalqaro ta'lim dasturlari, mavjud grant va stipendiya ajratish tizimi hamda universitetlararo hamkorlik munosabatlari xaqida ma'lumot berish maqsadida tashkil etiladi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 2021-yil 19-avgust kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Mazkur Xalqaro ko‘rgazmada Yaponiyaning 45 dan ortiq universitetlarining taqdimotlari rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirga Yaponiya universitetlariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar qatoridan oliy ta'lim muassasalari talabalari, xodimlari va professor – o‘qituvchilari taklif etilmoqda.

Onlayn tadbirda ishtirok uchun: https://forms.gle/EtaJmndfZNhHcxA66 havolasi orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Shuningdek, tadbirning ochilish marosimi: https://youtu.be/3_WTz7Gy_JU

Ko‘rgazma va har bir universitetning aniq taqdimot vaqtlari to‘g‘risida ma'lumot bilan: https://japan-edufair.uz/japan_education_fair_2021_in_tashkent veb-sahifada tanishish mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlk bo'limiga murojaat etish mumkin.

+998 66 2391079, irossu@samdu.uz