Fransiyada magistratura bosqichi uchun grant stipendiya dasturi
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/63e275e44a587-63e275e44a58a-63e275e44a58b-63e275e44a58c.jpg)
Magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirishni xohlovchi talabalar Fransiyadagi o‘qishlarini moliyalashtirish uchun “France Excellence” grantiga (sobiq BGF) ariza topshirishlari mumkin.
"France Excellence" granti dasturi 2023-2024-o‘quv yili uchun taqdim etiladi.
Grant uchun talablar:
- Universitetning aniq va tabiiy fanlar yo’nalishida 4-bosqich bitiruvchilari yoki universitetni ushbu yo’nalishlarini tamomlaganlik haqida diplomga ega bo‘lishi;
- B2 darajadagi ingliz (IELTS, TOEFL, TOEIC) yoki fransuz tilida (DELF/DALF, TCF) til sertifikatiga ega bo‘lish (fransuz tili sertifikati bor talabalarga imtiyoz beriladi);
- O‘qish davomida a’lo bahoga ega bo‘lish;
- Yosh chegarasi 28 yoshgacha;
Ariza topshirish muddati - 25.03.2023 (23:59) gacha.
Batafsil ma’lumot uchun havola: https://uz.ambafrance.org/La-campagne-de-bourse-France-Excellence-est-ouverte
Qo‘shimcha ma’lumot uchun universitetning xalqaro aloqalar boshqarmasiga murojaat etishingiz mumkin: zarifa.eshmurodova@gmail.com