O’zbekiston fuqarolariga Indoneziya Respublikasining 27 ta ilg’or oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktorantura (gumanitar, muhandislik, ijtimoiy va tabiiy fanlar, ta’lim sohalarida ) ta’lim bosqichlarida tahsil olish uchun grantlar ajratilgan. 
    Mazkur grant dasturi xalqaro aviachiptalar, tibbiy sug’urta, yashash, o'quv materiallari , izalanish va maqolalar chop etish hamda bitiruv marosimlari bilan bog’liq xarajatlarni qoplaydi.
    Ma’lumot uchun: Davlat xizmatchilari, OTM o’qituvchilari va nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlari nomzodlariga urg’u beriladi.
    Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati 18.02.2023.

    Quyidagi havola orqali batafsil ma'lumot olishingiz mumkin: https://knb.kemdikbud.go.id

    Xalqaro hamkorlik boshqarmasi: irossu1420@gmail.com