Web of Science ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyati yaratildi…
Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, tadqiqodchi va doktorantlarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini samadorligini oshirish, xalqaro ilmiy-texnik bazalardan foydalanish maqsadida Clarivate kompaniyasining Web of Science ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Mazkur ilmiy platforma dunyodagi eng yirik ma’lumotlar bazasi hisoblanib, tadqiqotchilarga turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha xilma-xil qimmatli ma’lumotlarni taqdim etadi. Shuningdek, ushbu platforma dunyoning eng nufuzli ilmiy jurnallarida ilmiy-tadqiqot natijalarini nashr etishga xizmat qiladi.
Platformadan foydalanish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi: https://www.webofscience.com/wos/woscc/basic-search
Qo‘shimcha ma’lumot uchun SamDU Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.