Samarqand davlat universiteti magistratura bosqichiga 2022-2023-o‘quv yili qishki qabuli natijalariga ko‘ra o‘qishga tavsiya etilganlarga o‘quv jarayoni 20-fevral soat 13:00 dan tasdiqlangan dars jadvallari  asosida boshlanishini ma’lum qilamiz.

    O‘qishga tavsiya etilganlar Magistratura markaziga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

    1. Magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;

    2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma-O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha oxirgi 3 yilda o‘qib tugatganlar uchun) va uning ilovasi;

    3. 3.5 - 4.5 hajmdagi 8 dona rangli fotosurat;

    4. Til bilish sertifikati (asl nusxasi);

    5. Pasport asl nusxasi, (pasport kopiyasi 2 nusxada).

    Hujjatlarni Magistratura markaziga topshirishingiz so’raladi.

    Mo’ljal SamDU ma’ruzalar binosi, R-104-xona.

    Murojaat uchun: (66) 239-12-31

 

Samarqand davlat universiteti

Magistratura markazi.