Samarqand davlat universiteti magistratura bosqichiga 2023/2024 o‘quv yili qabuli natijalariga ko‘ra tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!
Samarqand davlat universiteti magistratura bosqichiga 2023/2024 o‘quv yili qabuli natijalariga ko‘ra o‘qishga tavsiya etilganlarga o‘quv jarayoni tasdiqlangan dars jadvallari asosida 4-sentyabr soat 13:00 dan boshlanadi.
Magistraturaga o‘qishga tavsiya etilganlar Magistratura markaziga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma-O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha oxirgi 3 yilda o‘qib tugatganlar uchun) va uning ilovasi;
3. 3.5 x 4.5 hajmdagi 8 dona rangli fotosurat;
4. Til bilish sertifikati (asl nusxasi);
5. Pasport asl nusxasi, (pasport kopiyasi 3 nusxada).
Magistratura markazi manzili: Bosh bino hovlisida joylashgan Ma’ruzalar binosi, 1-qavat, R-104-xona.
Qo’shimcha ma’lumot uchun telefon: (66) 239-12-31.
Samarqand davlat universiteti
Magistratura markazi.