O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 675-son qaroriga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish belgilangan.

    Shunga muvofiq, iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) hamda psixologiya: amaliy psixologiya yo‘nalishlariga hujjat topshirgan fuqarolarni Samarqand davlat universitetiga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayoni 2023-yil 14-sentyabr kuni SamDU Muhandislik fizikasi institutida bo‘lib o‘tadi.

    Talabgorlar suhbatga soat 08:30 gacha yetib kelishlari so’raladi.

 

Sharof Rashidov nomidagi

Samarqand davlat universiteti

Qabul komissiyasi.