Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM/T.02.09 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi “01.02.03 – Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi” va “01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jismlar mexanikasi” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy seminari 2023-yilning 27-oktabr kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi:
- 01.02.04 – “Deformatsiyalanuvchan qattiq jismlar mexanikasi ixtisosligidan fizika-matematika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun talabgor Yalg‘ashev Burxon Fayzullaevichning “Qovushoq suyuqlik bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi qatlamli silindrik qovushoq-elastik qobiqning nostatsionar tebranishlari” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi (Ilmiy rahbar: prof. X. Xudoynazarov).
- 2. Har xil masalalar.
Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15, Samarqand davlat universiteti, Mexanika laboratoriya binosi.