Rossiya Federatsiyasining Sibir davlat universiteti xorijiy davlat talabalari uchun maxsus davlat stipendiya tanlovi e'lon qiladi. Kvota doirasida tanlab olingan nomzodlar Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan magistraturada yoki aspiranturada (1-ilova) o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.

    Stipendiya dasturi tarkibiga quyidagilar kiradi:
• tanlangan mutaxassislik bo’yicha muddat tugagunga qadar bepul o'qish;
• oylik akademik stipendiya;
• yotoqxona (universitetda joy mavjudligiga qarab).

    O’quv jarayoni 2024-yil sentyabr oyidan boshlanadi.

    Talab qilinadigan hujjatlar roʻyxati bilan 2-ilovada tanishishingiz mumkin. Ishtirok etish uchun arizalar (3-ilova) 2023-yil 1-noyabrgacha reshetnevuniversity@yandex.ru elektron manzili orqali qabul qilinadi.

1-ilova

2-ilova

3-ilova