Ochiq dars
10-may kuni Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi o'qituvchisi Asliddin Mamatov kimyo yo'nalishi 1-kurs talabalariga “Noorganik kimyo” fanidan “Temir, kobalt,nikel va ularning birikmalari olinishi, xossalariga doir tajribalarni bajarish va o‘rganish” mavzusida ochiq dars o'tadi.
Ochiq dars Biokimyo instituti kimyo binosining 202-xonasida, soat 8:00 da boshlanadi. Ochiq darsga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.