Abituriyentlar diqqatiga!
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2024/2025 o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida 2024-yil 19-iyuldagi F-36-son farmoyishi bilan o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun ajratilgan davlat granti (kunduzgi ta’lim shakli uchun) ga qabul e’lon qiladi.
Vatandoshlar uchun davlat grantlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun nomzodlarga quyidagi talablar belgilanadi:
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida o‘zi yoki ota-onasi yoxud momosi:
- Etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
- O‘zbeksiton hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi.
- Xorijiy fuqaro sifatida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalsihlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi.
- 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi.
- O‘zbek tilini yaxshi bilishi lozim.
Samarqand davlat universiteti
Qabul komissiyasi.