Kvant haftaligi bo’lib o’tadi
10-14 dekabr kunlari Samarqand, Toshkent va Olmaliq shaharlarida Kvant haftaligi o’tkaziladi.
Anjumanda ma’ruzachilar sifatida Samarqand kvant markazi ilmiy rahbari, AQSH ning Dallasdagi Texas universiteti professori Anvar Zohidov va Rossiya kvant markazi hammuassisi Ruslan Yusupovlar ishtirok etadilar.
Tadbir doirasida 10- dekabr kuni Samarqand davlat universitetida, shuningdek, Samarqand shahridagi ayrim maktablardan taklif etilgan mutaxassislardan darslar, treninglar va mahorat darslari o‘tkazilib, ularda kvant fizikasi, kvant texnologiyalari va kvant kompyuterlarining ko‘plab murakkab tushunchalari sodda tilda tushuntiriladi.
Xohlovchilar tadbirda ishtirok etishlari mumkin!
Anjumanning ochilishi 10-dekabr kuni Samarqand davlat universiteti faollar zalida soat 10:00 da boshlanadi.