Sun'iy intellektni tartibga solish bo'yicha vebinar o’tkazildi
Samarqand davlat universiteti «Sun'iy intellektni tartibga solish – 2024» mavzusida vebinar o'tkazildi. Sun'iy intellektni tartibga solish markazi tomonidan o’tkazilgan vebinarda tadqiqot markazi rahbari Irina Filippova 2024 yilda Yevropa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan Sun'iy intellekt bo'yicha reglament va ushbu sohadagi tartibga solish bilan bog'liq boshqa hujjatlar haqida ma'lumot berdi.
Ma'ruza so'ngida vebinar ishtirokchilarga bahsli masalalarni muhokama qilish taklif qilindi. Natijada «Sun'iy intellektni tartibga solish qanday bo'lishi kerak: Yevropa Ittifoqidagi kabi "qattiq" yoki “yumshoqroq?’’ » mavzusida munozaralar bo'lib o'tdi.
Ma’lumot uchun, Vebinar va munozaralar Erasmus+Jean Monnet loyihasini amalga oshirish maqsadida o'tkazildi: «Sun'iy intellektni tartibga solish: Markaziy Osiyo uchun Yevropa yondashuvi» (Loyihasi 101124510 — AIREA-CA — ERASMUS-JMO-2023-HEI-TCH-RSCH).