TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga xususiy tashabbuskor “SUA1777” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti (0,3 gektar) hududida 450 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli;
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar loyiha e’longa qo‘yilgan kundan boshlab 45 kun ichida “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Elektron pochta manzili: devonxona@samdu.uz |
Telefon raqami: +998(66) 239-11-40, (66) 239-10-83 |
Manzil: 140104, Samarqand viloyati Samarqand shahri Universitet hiyoboni 15-uy. |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz |
Telefon raqami: 71 203-32-23 |
Manzil: 100095, Toshkent shahri Talabalar ko‘chasi 7-uy. |
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz, Shahodat.Navruzova@imv.uz |
Telefon raqami: 71 203-50-50 (01919) |
Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy |
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.