Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 3- va 4-kurs talabalari uchun o‘quv jarayonlari 4+2 dasturi asosida olib borilmoqda. Bunda talabalar o‘qishning 4 kunini universitetda, qolgan 2 kunini ta’lim yo‘nalishiga ko‘ra umumta’lim maktablarda, korxonalarda amaliyot o‘tashi belgilangan. 

    Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning amaliyot bilan hamohang tarzda bilim olishini tashkil etishdir. 

    Talabalarga amaliyot jarayonini tushuntirish, uni nazorat qilish va metodik yordam berish uchun amaliyot rahbarlari biriktirilgan bo‘lib, hozirda ushbu jarayon tizimli olib borilmoqda.