Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga O‘sh davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, universitetning pedagogika kolleji direktori O‘ljaboy Shaimqulov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

    Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Alisher Navoiy ijodining Qirg‘izistonda o‘rganilishi, dialektologiya (shevashunoslik) fanining o‘qitilishi kabi bir qator masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

    Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan turli savollarga batafsil javob oldilar.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.