O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi yuzasidan Samarqand davlat universitetida davra suhbati bo‘lib o‘tdi...
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/63a1bbb6e0240-63a1bbb6e0242-63a1bbb6e0243-63a1bbb6e0244.jpg)
Samarqand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda SamDU yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Shahzoda Negmatova hamda Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti ilmiy jamoatchiligi ishtirok etdi.
Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar Murojaatnomada keltirilgan ta’limga oid islohotlar haqida to‘xtalib, davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashning ustuvor vazifa etib belgilanishi, murojaatnomada ko‘tarilgan barcha masalalar inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilganini alohida ta’kidladi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
Shavkat Akramov olgan suratlar.