Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti tomonidan o‘tkazilgan  “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” fani bo’yicha 1-o’rini SamDU geografiya va ekologiya fakulteti talabasi Ulug'bek Norqulov qo’lga kiritdi. Shuningdek, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti magistraturasiga grant asosida o’qish imkoniyatiga ega bo’ldi.

SamDU talabalari Samoyiddin Salohiddinov, Sevara Hamroyeva, Kamoliddin Murodullayev, Nirzod Farmonov, Laylo Xushmurodova, Mohiniso Toshmurodova va Marjona Habibullayevalar yuqori ballni qo’lga kiritib, shartnoma asosida magistraturaga tavsiya etildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.