Samarqand davlat universitetida Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy anjuman tashkil etildi.

    Tadbirni Samarqand davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat boshqarmasi boshlig’i Xayrullo To’xtayev kirish so’zi bilan ochdi.

    Anjumanda professorlar Usmon Qobilov, Nazmiya Muhiddinova, filologiya fanlari doktori Isroil Sulaymonovlar ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

    Tadbir davomida SamDU filologiya fakultetining “Navoiy izdoshlari” ijodiy to’garagi hamda xoreografiya va milliy cholg’u ansambli a’zolarining chiqishlari barchaga manzur bo’ldi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.