Samarqand davlat universitetida doktorantlar uchun kirish imtihonlari o’tkazildi…
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/63a1e4c480107-63a1e4c480109-63a1e4c48010a-63a1e4c48010b.jpg)
Samarqand davlat universitetida tayanch doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, xotin-qizlar tayanch doktoranturasi uchun sinov imtihonlari o’tkazildi. Ushbu sinovlarda ishtirok etish uchun 58 ixtisoslik bo’yicha 454 nafar nomzod hujjat topshirdi.
Talabgorlarning chet tilini bilish darajasi belgilangan mezon asosida baholanib, talablarga javob bergan 152 nafar nomzodlarga mutaxassislik fanlaridan imtihonlarga kirishga ruxsat berildi.
4 savoldan iborat imtihon yozma shaklda olinib, javob yozish uchun 2 soat vaqt ajratildi…
Talabgorlarning natijalari maxsus komissiya a’zolari tomonidan tekshirilgandan so’ng samdu.uz saytida e’lon qilinadi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
Shavkat Akramov olgan suratlar.