SamDU va Senayoki universiteti hamkorligi
![](https://www.samdu.uz/upload/cover-images/63a3253492e44-63a3253492e46-63a3253492e47-63a3253492e48.jpg)
Samarqand davlat universiteti va Finlandiyaning Senayoki universitetlari o'rtasida Zoom platformasi orqali seminar o’tkazildi. Uchrashuvda tomonlar o’rtasida korporativ moliyaviy boshqaruv sohasida qo'shma magistrlik dasturini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, hamkorlik shartnomasini imzolash masalalari muhokama qilindi.
Yig’ilishda Finlandiyaning Senayoki universiteti rektori Yakko Hallilla, bo'lim boshlig'i Anna Maria hamda SamDU xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig'i Muxtor Nosirov, inson resurslarini boshqarish fakulteti professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.