Samarqand davlat universitetining 15 nafar talabasi 2022-2023 o’quv yili uchun Prezident va Davlat stipendiyalari sovrindori bo‘ldi.

    Aziza Qurbonova Samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti talabasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendianti:

    - Jabrlanuvchi psixologiyasi mavzusida psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi Voris Ahrorov ilmiy rahbarligida tadqiqot olib bormoqdaman. Bugungi kungacha ilmiy tadqiqot natijasida 17 maqolam xalqaro jurnal va konferensiya to’plamlarida nashr etilgan. Bunda domlalarim ko‘rsatgan yo‘l va bergan maslahatlarining o‘rni beqiyosdir. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanida  “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining insonparvarlik va psixologik mohiyati” nomli maqolam bilan ishtirok etib, konstitutsiyani o‘qitishning pedagogik va psixologik xususiyatlari sho‘basida g‘oliblikni qo‘lga kiritdim. Ayni paytda yuridik psixologiyaga oid qo’llanmam nashr etishga tayyor. Qo’lga kiritgan natijalarim sabab, Prezident stipendiyasi sohibi bo’ldim. Bu men uchun unutilmas kunga aylandi. Bizga yaratib berilgan sharoitlar uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman…

         Muyassar Mustafoyeva, Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi, Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibi:

    - Bugun men uchun quvonchli kun. “Oltin davrimning” “oltin kuni” deb bemalol ayta olaman. Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetining 3 nafar iqtidorli talabari qatorida Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldim. Shu kunga qadar 10 dan ortiq maqolalarim respublika va xalqaro nashrlarda e’lon qilingan. “Yoshlik satrlari”, “Rangin tuyg‘ular” kabi she’riy to‘plamlarim chop etilgan. Qolaversa, Belgiya, Rossiya, Turkiya, Indoneziya kabi davlatlarda ilmiy konferensiyalarda ishtirok etganman.   Albatta, bularning zamirida ilmiy rahbarim SamDU Istiqlol davri adabiyoti va adabiyotshunoslik nazariyasi kafedrasi dotsenti Dilafro’z Jabborovaning xizmalari beqiyos. Ayni vaqtda ustozim bilan birgalikda "Eshqobil Shukur va Vafo Fayzulloh ijodida 80-90-yil qarashlari" mavzusida ilmiy tadqiqodlar olib bormoqdaman. Stipendiya sohibi bo’lganligim sabab magistraturaga yo’l ochildi. Kelajakda magistratura bosqichini ham Samarqand davlat universitetida davom ettirmoqchiman. Bularning barchasi uchun Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi Rustam Xolmurodovga minnatdorlik bildiraman…

    - Rohila Ibragimova, Samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi, Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibi Sevilya Badalovaning onasi:

Behruz Shamsiddinov

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi,

Shavkat Akramov olgan suratlar.