Samarqand davlat universiteti va Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetlari o’rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo’yicha Zoom platformasi orqali seminar o’tkazildi. Uchrashuvda tomonlarning xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektorlari, bo’lim boshliqlari va professor-o’qituvchilari ishtirok etdi.

    Uchrashuvda ilmiy va o’quv sohalarida aloqalarni yo’lga qo’yish, hamkorlikdagi ilmiy loyihalarni tayyorlash va ilmiy tadqiqotlarni nashr etish, o’qituvchilar va talabalarning akademik almashinuvi, qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi. Mazkur vazifalarni tizimli amalga oshirish maqsadida yo’l xaritasini ishlab chiqish va hamkorlik memorandumni imzolashga kelishildi.

    Samarqand davlat universiteti

    Axborot xizmati.