“Najot – ta’limda, najot – bilimda, najot oilada...”
Samarqand davlat universitetida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tashabbusi bilan SamDU filologiya fakulteti bilan hamkorlikda “Najot – ta’limda, najot – bilimda, najot oilada” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Unda SamDU professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbatini xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Sharofat To‘xliyeva ochib berdi. Shundan so‘ng, Samarqand shahri “Oqila ayollar harakati” yetakchisi Shoira Rahimova so‘zga chiqib, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” dasturidagi ustuvor yo‘nalishlarda ta’limga bo‘lgan e’tibor va o‘zgarishlar haqida to‘xtaldi:
-Bugungi zamonda insonni porloq kelajakka olib chiquvchi yagona najot bu – ilm-fan va ta’limdir. Barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya orqali erishiladi. Tarbiya qayerda shakllanadi?! Albatta oilada. Shunday ekan, bu uch omilni bir-biridan ayro tasavvur qilib bo‘lmaydi. Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ushbu masalaga alohida urg‘u berilganining zamirida ham shu mohiyat yotibdi...
Davra suhbati davomida filologiya fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
ShavkatAkramov olgan suratlar