“Talabalar orasida ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash, korrupsiya va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida uchrashuv o'tkazildi...
Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida o’tkazilgan mazkur tadbirda SamDU rektor maslahatchisi Islom Rustamov, viloyat IIB xodimlari ishtirok etdi. Anjumanda internet ijtimoiy tarmoqlaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish, kibermakonda sodir etilishi mumkin bo‘lgan g‘ayriqonuniy harakatlarini oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurash mavzularida fikr yuritildi. Shuningdek, "Jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida alohida e’tibor qaratildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.