Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti “Agrobiotexnologiyalar transferi ilmiy-tadqiqot)” ilmiy laboratoriyasi 2022 yilda universitet rektori prof.R.I.Xalmuradov rahbarligida Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori dotsent.T.F.Rajabov, Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi dotsenti T.Q.Ortiqovlar  tashabbusi bilan tashkil etilgan.

     “Agrobiotexnologiyalar transferi ilmiy-tadqiqot” ilmiy laboratoriyasining maqsadi: ilmiy-tadqiqot ishalarini rivojlantirish borasida Tuproqshunoslik, Agrokimyo, O‘simlikshunoslik  sohasiga tegishli muammoli ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, olingan natijalarni amaliyotga joriy etish, davlat ilmiy-texnik dasturlari va iqtisodiyot tarmoqlarining maqsadli rivojlantirishdan iborat.

    Ilmiy-tadqiqot laboratoriya yo‘nalishlari:

  • -Tuproqshunoslik laboratoriyasi
  • - Agrokimyo laboratoriyasi
  • -O‘simliklarni himoya qilish va fitopatologiya laboratoriyasi

    Agrobiotexnologiyalar transferi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida iqtidorli talabalar, magistrantlar, tayanch doktorantlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar, shuningdek shu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchilar faoliyat olib bormoqda.

    Hozirgi vaqtda laboratoriyaga ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun xorijdan jumladan: Yaponiya, Xitoy, Rossiya va boshqa yetakchi davlatlardan zamanoviy laboratoriya jihozlari olib kelindi. Bu asbob-uskunalar Ilmiy salohiyatni va maqolalarni sifatini oshirish maqsadida qo‘llaniladi.

Agrokimyo va tuproqshunoslik laboratoriyasi

Induktiv bog‘langan plazmali Atomno Emissioniy Spektrometr ICPE-9820- Ushbu qurilma yordamida 70 ga yaqin element aniqlanadi, jumladan azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, natriy, mikroelementlar va qo‘rg‘oshin, kadmiy, simob kabi og‘ir metallar, tuproqning rejmlari, xossalari, unumdorligi, meliorativ va ekologik sharoitlari bilan bog‘liq ko‘plab muommolarni hal etish imkonini beruvchi tuproq, o‘simliklar, o‘g‘itlar, suv va boshqa obektlardagi mis, rux, molibden, kobalt, marganes, temir va boshqalar aniqlanib o‘simliklarni oziqlantirish, o‘g‘itlarni qo‘llash, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish ishlari olib boriladi.

SPEKTROFOTOMETR- Tuproq, o‘simlik, o‘g‘it, suv tarkibidagi yalpi fosfor, yalpi azot, harakatchan fosfor, ammoniy va nitrat shaklidagi azot aniqlanadi va bu ma’lumotlar asosida qishloq xo‘jaligi ekinlariga zarur bo‘lgan o‘g‘it me’yyorlari belgilanadi.

pH-metr

eritmalar suv va tuproq muhitini  aniqlashda foydalaniladi. Va bu ma’lumotlar asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan dalalarda o‘simliklar normal o‘sib rivojlanishi uchun zarur tadbirlarni amalga oshirib o‘simliklar uchun optimal muhit yaratishga erishiladi.

Alangali fotometr

Tuproq, o‘simlik, o‘g‘it, suv tarkibidagi kalsiy, natriy, kaliy, litiy, bariy kabi elementlar aniqlanadi. Olingan ma’lumotlar asosida ilmiy asoslangan xulosalar beriladi.

Konduktometr

Tuproq suvli so‘rimini elektr o‘tkazuvchanligini aniqlab u orqali tuproqni sho‘rlanish darajasiga  baho beriladi. Bu ma’lumotlar asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladigan dalalarda sho‘r yuvish me’yyorlari belgilanadi. Yoki sho‘rlangan yerlarda sho‘rga chidamli ekinlarni joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.

 

Ionomer-

tuproq, suv, o‘g‘it eritmalari tarkibidagi Litiy,Kaliy,Ammoniy, Natriy, Kalsiy, Bariy, Xlor, Kadmiy va boshqa ionlarni aniqlashda foydalaniladi shu bilan bir qatorda pH ko‘rsatkichini aniqlanib dehqon va fermer xo‘jaliklariga kerakli xulosalar beriladi.

Laboratoriyada olib borilgan tadqiqot natijalarining nashr etilishi

Monografiya

  1. Холиқулов Ш., Абдумаликов Ж. Органоминерал чиқиндилардан тайёрланган компостларнинг тупроқ унумдорлиги ва ғўза ҳосилдорлигига таъсири” Монография. Самарқанд 2022

Xorijiy konferensiyada

Холикулов Ш.Т., Пардаев С.Б. Использование органических компонентов твердо-бытовых отходов для увеличения ресурсов органического удобрения. Международной научно-практической конференции «Биологический круговорот питательных веществ при использовании удобрений и биоресурсов в системах земледелия различной интенсификации» 20-21 июля 2021 г. Владимир. Россия. С.123-138.

2. Абдурахимов М.Особенности возделывание картофеля на засоленных почвах.. “ГЛОБАЛЬНОГО ПРОДОВОЛЬСТВЕННОГО ФОРУМА -2021. 18-21 мая 2021 года в г. Москва.

3.Ортиков Т.К., Бафаева З.Х.  Шўрланган тупроқлар шароитида азотли ўғит меъёрини ғўзанинг айрим физиологик хоссалари ва ҳосилдорлигига таъсири// «Инновацион ғоялар, ишланмалар амалиётга: муаммолар, тадқиқотлар ва ечимлар»/Халкаро онлайн илмий-амалий анжуман. 2021 йил 21 апрель, Андижон. –Б.   327-329

4. Ортиков Т. К., Артикова Х. Т., Умаров О. Р.  //Содержание и состав солей лугово-аллювиальных почв с разной степенью засоления и влияние их на микробиологическую активность почв // Материалы Международной научно-практической интернет-конференции молодых ученых/ 11–12 февраля 2021. Нижний Новгород. 2021-C/ 37-40

5. Ортиков Т. К., Бафаева З. Х. Изменение площади листьев и урожайности хлопчатника под действием азотных удобрений на лугово-аллювиальных почвах с разной степенью засоления // Материалы Международной научно-практической интернет-конференции молодых ученых/ 11–12 февраля 2021. Нижний Новгород. 2021. –С. 40-43

6. Ортиков Т.К., Шониёзов Б.К., Ташкенбаев О.Н. Амарант озиқланишида ўғитларнинг роли// Озиқ-овқат хавфсизлиги: миллий ва глобал омиллар  III-халқаро илмий-амалий конференция  материаллари тўплами 2021 йил 15-16 октябрь Самарқанд, -Б. 180-182

7. Абдурахимов М.К., Абдуҳакимова Н. Ғўза агроценозида тупроқнинг оғир металлар билан ифлосланиши ва унинг экологик муҳитига таъсирини баҳолаш.//  “O‘zbekistonda ilm-fanning rivojlanish istiqbollari” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. 2022 yil 30 noyabr | scientists.uz. -Б. 307-312.

8. Абдурахимов М.К., Абдуҳакимова Н. Ғўза агроценозида тупроқнинг оғир металлар билан ифлосланиши ва унинг экологик муҳитига таъсирини баҳолаш.//  “O‘zbekistonda ilm-fanning rivojlanish istiqbollari” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. 2022 yil 30 noyabr | scientists.uz. -Б. 307-312. Ушбу мақоланинг индексланганлиги тўғрисида маълумотнома.

9. Abduraximov M. K.,  Xudoyberdiyev J. R. Shahar ekotizimlarini hosil qilishda yashil maydonlarning tutgan o‘rni (samarqand shahri misolida). “INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING” 2022/15. TASHKENT, UZBEKISTAN 2022/ August 30. B. -188-194.

10.Abduraximov M, Xudoyberdiyev J. Ekologiya ta’limini yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari. // XALQARO ILMIY FORUM I INTERNATIONAL SCIENTIFIC FORUM UZBEKISTAN,TASHKENT – 22.06.2022. -B. 36-38.

11. Ортиқов Т.Қ, Бойтураев Н, Эшманов Б. Тупроқ механик таркиби ва гумус холатининг унинг сув хоссаларига таъсири. Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekiston, SBTSAU Conterence, 711-715 2022 volume3

12. Sultanbekova R,Shoniyozov B.K,Ortiqov T.Q (2022)Azotlio‘g‘itlarni amaranth етиштиришда озиқ моддалар балансига таъсири Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekiston, SBTSAU Conterence,  659-664

13. Shoniyozov B.K,Ortiqov T.Q., UsmonovR (2002) Минерал ва органик ўғитларни амарант етиштиришда озиқ моддалар балансига таъсири Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekiston, SBTSAU Conterence,  659-664

14. Курвантаев Р., Газиев Т., Ярлакопова Г.,Суюнов Ж -Гранулометрический и структурный состав орошаемых почв самаркандской области // Научно-технологические приоритеты в развитии агропромышленного комплекса России. Материалы 73-й международной научно-практической конференции часть И 21 апреля 2022 года. г. Рязань. С-46-51.

15. Khudayorov Zafar, Mirzakhodjaev Sherzodkhuja, Khalilov Rakhmonberdi, Nurmikhamedov Buron and Mamasov Shavkat. Based On Parameters Of Deflector Nozzles Of Rain Irrigation Machines. «Экологик технологиялар ва барқарор ривожланиш учун муҳандислик (ETESD-2022)» “ТИҚХММИ” МТУда  ҳалқаро конференциясига мақола берилди:

16. Халилов  Насриддин.Рахмонова Х “Самарқанд вилояти шароитида соя навларининг ўсиши, ривожланиши ва ҳосилдорлиги” International Scientific Journal SCIENCE AND INNOVATION Special issue “Sustainable forestry” Осtober 14-15, Tashkent 2022. 646-648 betlar

17. Халилов  Насриддин., Х.Рахмонова “Соя ва ғўза навларининг фазалараро ва ўсув даври давомийлигининг таъсири” Қишлоқ хўжалик экинларининг генетик ресурсларидан унумли фойдаланиш ҳамда етиштиришда замонавий илғор технологияларни қўллаш истиқболлари Халқаро илмий-амалий конференция тўплами I-қисм Қарши 2022 йил. 130-134 бетлар

18. Махсудова М. “Ғўзани барг сатҳини ва қуруқ масса тупланишига, сув озиқа режими, туп сонларининг сақланишига боғлиқлиги” INTERNATIONAL CONFERENCE DEDICATED TO THE ROLE AND IMPORTANCE OF INNOVATIVE EDUCATION IN THE 21ST CENTURY 2022/9

Laboratoriya xodimlari

Ravshanov Javohir Yunusovich

Agrobiotexnologiyalar transferi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri

Ortiqov To‘lqin Qo‘chqarovich

  Biologiya fanlari nomzodi, dotsent

Hoshimov Farhod Hakimovich

Agrokimyo va O‘simliklar himoyasi kafedrasi mudiri

Xoliqulov Shodi Turdiqulovich

Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi mudiri

Hayitov Mamadiyor Allayorovich

Meva-sabzavotchilik va Uzumchilik kafedrasi mudiri

Toshkentboev Otabek Negmatovich

Qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent