Agrobiotexnologiyalar transferi ilmiy markazi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti “Agrobiotexnologiyalar transferi ilmiy markazi” 2022-yilda universitet rektori prof. R.I.Xalmuradov rahbarligida Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori dotsent T.F.Rajabov, Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi dotsenti T.Q.Ortiqovlar tashabbusi bilan tashkil etilgan.
“Agrobiotexnologiyalar transferi” ilmiy markazining maqsadi: ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish borasida Tuproqshunoslik, Agrokimyo, Oʻsimlikshunoslik sohasiga tegishli muammoli ilmiy-tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish, olingan natijalarni amaliyotga joriy etish, davlat ilmiy-texnik dasturlari va iqtisodiyot tarmoqlarining maqsadli rivojlantirishdan iborat. Samarqand hududi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish sohasini samaradorligini oshirish muhim vazifalardan boʻlib, agroklaster va fermerlar ishlab chiqarish jarayonida Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti ilmiy markazi bilan hamkorlik qilish, bu borada ushbu markaz dunyoning yеtakchi universitetlari bilan har tomonlama aloqalar oʻrnatish, ta’lim jarayoniga xorijiy davlatlar yеtakchi oliy oʻquv yurtlarining professor oʻqituvchilarini ilmiy-tadqiqot sohasiga keng jalb etish va ular bilan agrar ilm-fani sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda, tadqiqot ishlarini olib borishni oʻz oldiga maqsad qilgan.
Ilmiy markaz qishloq xoʻjalik ekinlari ekiladigan dalalarning tuproqlarini tahlil qilish orqali u yеrda yеtishtirilayotgan ekinlarga ilmiy asoslangan oʻgʻit qoʻllash tizimini ishlab chiqadi va shu asosda hosil miqdori va sifatining oshirilishiga va provard natijada iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichi yuqori boʻlishiga koʻmaklashadi.