ASOSIY TUSHUNCHALAR
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim − doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydigan ta’lim turi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti − ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalarida tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshirish tizimi.
Stajyor-tadqiqotchilik − ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli.
Tayanch doktorantura − falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.
Doktorantura − fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.
Mustaqil izlanuvchilik − falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.
Stajyor-tadqiqotchi − ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga stajyor-tadqiqotchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs.
Doktorant − ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs.
Mustaqil izlanuvchi − ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalarida mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs.
Izlanuvchi − falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs.
Maqsadli doktorantura − bir oliy taʼlim yoki ilmiy muassasa uchun yetishmayotgan ilmiy darajali kadrlarni boshqa muassasada shartnoma asosida tayyorlash.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi (keyingi o‘rinlarda − Yagona elektron tizim) − oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul qilish, stajyor-tadqiqotchi va izlanuvchilarning yakka tartibdagi rejalari bajarilishi bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish bo‘yicha hujjatlarning elektron almashinuvini tashkil etishga mo‘ljallangan axborot tizimi.
Yagona elektron tizim − http://phd.mininnovation.uz