Mirzayev Ibodulla Kamolovich

Kafedra mudiri | filologiya fanlari doktori, professor

Tahliliy o'qish (bakalavr), Filologik tahlil asoslari (bakalavr), Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi (magistratura)

 

 

 

 

"O'zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil" esdalik nishon

 

 

"1962-1967-yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
1967-1968-yy. - Harbiy xizmatda
1969-1971-yy. - Samarqand davlat universiteti fransuz filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi
1971-1974-yy. - Leningrad davlat universiteti roman va turkiy filologiya kafedrasi aspiranti
1974-1975-yy. - Samarqand davlat universiteti fransuz tili kafedrasi oʻqituvchisi
1975-1976-yy. - Samarqand davlat universiteti nemis tili kafedrasi laboranti
1976-1987-yy. - Samarqand davlat universiteti fransuz filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi, dotsenti
1987-1989-yy. - Leningrad davlat universiteti turkiy filologiya kafedrasi doktoranti
1994-1995-yy. - Samarqand davlat chet tillar instituti fransuz filologiyasi kafedra mudiri
1989-1996-yy. - Samarqand davlat universiteti fransuz tili grammatikasi kafedrasi professori, kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi, fransuz filologiyasi fakulteti dekani
1996-2012-yy. - Samarqand davlat universiteti amaliy tilshunoslik, oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri
2012-2015-yy. - Samarqand davlat universiteti amaliy tilshunoslik, oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish metodikasi kafedrasi professori
2015-2017-yy. - Samarqand davlat universiteti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi professori
2017-2021-yy.- Samarqand davlat universiteti oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri
2022-y.- h.v. - Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri"

 

 

"1. Prof. I.K.Mirzayevning nomzodlik dissertatsiyasida fransuzcha xos so‘zlar –narsa-
hodisalarning o‘zi emas, balki ularning nomlari tarjima qilinishi kerakligi asoslab
berilgan, ularning tasnifi ishlab chiqilgan.
2. Prof. I.K.Mirzayevning doktorlik dissertatsiyasida Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib,
she’riy matn lingvopoetikasi tahlil qilingan. Unda badiiy matn tahlili adabiyotshunoslik,
tilshunoslik va she’rshunoslik yutuqlari asosida olib borish kerakligi asoslangan va bu
bilan mutlaqo yangi nazariya va ilmiy yo‘nalishga asos solingan. Mazkur nazariya
bo‘yicha o‘nlab dissertatsiyalar himoya qilingan.
3. Prof. I.K.Mirzayev tilshunoslik, adabiyotshunoslik va she’rshunoslik fanlarini qo‘shib
o‘qitish haqiqiy filolog tayyorlashning bosh omili ekanligini amalda isbotladi. U asos
solgan “Tahliliy o‘qish” innovatsion metodi asosida hozir SamDU, SamDUning
Kattaqo‘rg‘on filiali, TerDU, DTPIning 1-2-bosqich talabalariga dars o‘tilmoqda. Olingan
natijalar juda yuqori: talabalarning husnixati, adabiy talaffuzi, tahlil ko‘nikmalari
shakllantirildi, o‘zlashtirish darajasi 100%.
4. Matnning lingvopoetik tahlili uchun zarur monografiya, maqola va o‘quv
adabiyotlari tayyorlandi, mashhur xorij olimlarining asarlari tarjima qilindi va shu tarzda
SamDUda ilmiy tarjima maktabi shakllandi. Bunda prof.I.K.Mirzayev asos solgan ilmiy
tarjima laborotoriyasining salmoqli o‘rni bor.
Prof. I.K.Mirzayev olingan natijalar bo‘yicha MDH mamlakatlari, Eron, Turkiya,
Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va boshqa davlatlarda o‘tkazilgan
xalqaro ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar o‘qib kelmoqda. U SamDUda uchta xalqaro,
ikkita Respublika anjumanini tashkil qilgan va ularning materiallarini chop ettirgan.
Prof. I.K.Mirzayev ilmiy rahbarligida 3 nafar fan doktori (DSc), 15 nafar fan nomzodi va
falsafa doktori (PhD), 60 dan ziyod magistrlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
Prof. I.K.Mirzayev rahbarligida bir nafar magistrant (G.Azamatova) Prezident
stipendianti bo‘lgan. I.Mirzayev O‘zR Oliy attestatsiya komissiyasi ekspert kengashi
a’zosi sifatida samarali faoliyat ko‘rsatayotgani ham e’tiborga molikdir.
Prof. I.K.Mirzayev 2022-yilning kuzidan buyon SamDU, ToshDShU, QarDU,
SamDChTI, SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali, TerDU, TerDPI, DTPIda sayyor xayriya
ma’ruzalar o‘qib kelmoqda. U fransuz, rus, ingliz, fors-tojik tillarini yaxshi biladi."

 

 

"1. Translations from French literature in 60-70s. International Journal on Integrated Education. 2, 5 (Mar. 2020), 150-153. DOI:https://doi.org/10.31149/ijie.v2i5.194. Pdf Url : https://journals.researchparks.org/index.php/IJIE/article/view/194/187 Paper Url : https://journals.researchparks.org/index.php/IJIE/article/view/194
2. Analysis Of Literary Translations From French Language Into Uzbek Language In 40-50s. International Journal of Advanced Science and Technology(Avtraliya) // Vol. 29, No. 7, (2020).
3. Disadvantages of Translation Practice on to the Transmission of Words-Realia. Jour of Adv Research in Dynamical & Control Systems // Vol. 12, Issue-06, 2020. http://jardcs.org/archivesview.php?volume=3&issue=36&page=3
DOI: 10.5373/JARDCS/V12I6/S20201076
4. Disadvantages of translation practice on to the transmission of words-realia. International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE). DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.584 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022. "