“Samarqand tamadduni” ilmiy-tadqiqot markazi
“Samarqand tamadduni” ilmiy-tadqiqot markaziga 2021-yilda asos solingan. Jahonning bir qator mamlakatlarida shunday shaharlar mavjudki, ular insoniyat tarixiy-madaniy taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi va mashhurligi bilan nom qozonib kelmoqda. G‘arb va Sharqning Afina, Rim, Parij, Bag‘dod, Damashq kabi shaharlari bilan bir qatorda Samarqand hamisha e’zozlanadi va manbalarda turli nomlar bilan tilga olinadi. Samarqandning umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni beqiyos bo‘lib, 2001-yilda YuNESKO tashkiloti tomonidan “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” sifatida jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. 2007-yil 25-avgustda Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi nishonlandi.
2019-yilda Samarqandning Jahon sayyohlik shaharlari federatsiyasiga (WTCF) a’zo bo‘lishi, uning kelajakda jahon turizm markaziga aylanishidan dalolat beradi. Samarqand dunyo bo‘yicha borib ko‘rish mumkin bo‘lgan 50 ta shahardan biri hisoblanib, bu ro‘yxatga MDH davlatlari shaharlaridan faqat Samarqand munosib ko‘rilgan.
Hozirgi kunda xalqaro miqyosda bu qadimgi shaharning tarixi, madaniyati va hozirgi hayotiga qiziqish yildan yilga ortib bormoqda. Samarqandning tarixiy-madaniy rivojlanish masalalari maxsus loyihalar sifatida jahonning bir qator yetakchi ilmiy markazlari YuNESKOning MOTXI, Oksford, Sorbonna, Bolonya, Vena, Ottava universitetlari va Rossiya Fanlar Akademiyasi institutlarida tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda ushbu shaharda joylashgan Samarqand davlat universitetida “Samarqand tamadduni” ilmiy-tadqiqot markazi tashkil qilinishi Samarqandshunoslikda yangi sahifa ochdi. Samarqand shahrining har bir tarixiy davrini o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.
MARKAZNING XALQARO ALOQALARI
Samarqand tamadduni tarixiga oid ilmiy tadqiqlarni olib borish va kengaytirish orqali oʻquvchi talaba yoshlar, jamoatchilik orasida Samarqand tarixi haqidagi bilim-koʻnikmalarini oshirish maqsadida sohadagi yеtuk olimlarning tadqiqot va tajribalaridan foydalanib, ilgʻor yosh olimlar hamkorligida dunyoning yetakchi xalqaro markazlari tajribalariga tayanib ilmiy tadqiqotlar olib borish.
1. 2022-yil 25-mayda Samarqand shahridagi Yoshlar markazi hamda tarix fakulteti binolarida Moskva davlat universiteti bilan hamkorlikda Samarqand tamadduni tarixi kafedrasi “Markaziy Osiyoning tarixiy ahamiyati hamda katta va kichik karvon yo‘llarining merosi” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qildi. (MITSAY. Markaziy Osiyoni o‘rganish xalqaro instituti bergan grant asosida).
2. 2022-yil sentyabr oyida kafedra a’zosi Muhtaram Yakubova Rossiya Fanlar Akademiyasi granti asosida Moskvada xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
3. DAADning Hochschuldialog mit der Islamischen Welt – “Islom olami bilan oliygohlar dialogi - nomli proyektida ishtirok etdi: 8 nafar talaba Samarqanddan, 8 nafar talaba Buxorodan, 16 nafar talaba Gyottingendan. 2023-yil 16-22-may hamma Buxoroda, 23-29-maygacha Samarqandda. 2023-yil buxorolik va samarqandlik talabalar Gyottingenga borib keldi. DAAD proyektiga biz “Yevropa istiqbollari dialogda: Markaziy Osiyo va G‘arb tadqiqotlari” nomli loyihamiz bilan ishtirok etyapmiz. Loyiha ikki yilga mo‘ljallangan boʻlib professor-o‘qituvchilar ham Germaniyaga xizmat safari bilan boradi. 2024-yil aprel oyida Samarqand tamadduni tarixi kafedrasi o‘qituvchisi Muhtaram Yakubova Germaniyaga 1 oy muddatga joʻnab ketmoqda.
4. Hozirgi kunga qadar Turkiya Marmara universiteti magistranti Merve Akyuz, Oksford universiteti doktoranti Benjamin Sharkeylarning universitetga va Samarqandda ilmiy safar bilan kelganlarida ularning faoliyatini kafedra a’zolari tashkil qildilar.