Hayitov Davron G’aybullayevich

Biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim, vivariy mudiri.

 

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Vivariy (Biofiziologik va biokimyoviy tadqiqotlar)” ilmiy laboratoriyasi 2022-yilda universitet rektori Rustam Xolmurodov tashabbusi bilan tashkil etilgan. “Vivariy (Biofiziologik va biokimyoviy tadqiqotlar)” ilmiy laboratoriyasining maqsadi odam va hayvonlar fiziologiyasi, biokimyo, molekulyar biologiya sohasida muhim mavzulardagi ilmiy-tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yish, olingan natijalarni amaliyotga joriy etish, davlat ilmiy-texnik dasturlari va iqtisodiyot tarmoqlarini maqsadli rivojlantirishdan iborat.

 

Laboratoriyaning yo’nalishi:

    “Vivariy (Biofiziologik va biokimyoviy tadqiqotlar)” ilmiy laboratoriyasi Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya va boshqa yetakchi davlatlardan keltirilgan zamonaviy laboratoriya asboblari bilan jihozlangan. Laboratoriya tadqiqot uchun hayvonlar parvarishlanadigan vivariy, ilmiy laboratoriya va Spin-off bo‘limlaridan iborat. Ilmiy laboratoriya fiziologiya, biokimyo, gematologiya, immunokimyo, elektrofiziologiya, mikroelementlar, koagulyametriya kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan.

Biokimyo laboratoriyasi

Suyuq biologik materiallar (plazma, qon zardobi, peshob, likvor va boshqalar)  tarkibidagi oqsillar, lipidlar, fermentlar, uglevodlar oqsilsiz azotli, makro va mikroelementlar va boshqa birikmalarning miqdoriy hamda sifatiy tadqiqotlarni amalga oshirishga ixtisoslashgan.

Immunokimyo laboratoriyasi

Odam va hayvonlar organizmida turli organlar, jumladan, qalqonsimon bez, gipertoniya, suyak metobolizmi, anemiya, jigar va buyrak funksiyasida immunoglobulin va boshqa ko’rsatkichlarni aniqlash jarayonlari amalga oshiriladi. Ayni paytda laboratoriyada glikometobolizm jarayonlarining kechishini o‘rganish bo‘yicha  ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Spektrofotometriya laboratoriyasi

Mazkur laboratoriyada kimyoviy birikmalar va rangli eritmalarni fotometrik, spektral, miqdoriy, kinetik, asosiy parametrlarni biokimyoviy usullarda aniqlash jarayonlari o’rganiladi. Oziq-ovqat sanoatida turli moddalar aniqlanadi. Hozirgi vaqtda laboratoriyada ba’zi dorivor o’simliklardan ajratib olingan efir moylarining spektral tahlillari bo’yicha izlanishlar olib borilmoqda.

Koagulyametriya laboratoriyasi

Organizmda gemofiliya va qon ivishi jarayonida trombin, protrombin, fibrinogen, tromboplastin va boshqa biofaol moddalarning faolligi va miqdoriy ko’rsatkichlarini aniqlash bo’yicha ilmiy tadqiqotlarni olib borish mumkin.

Elektrofiziologiya laboratoriyasi

Odam va hayvonlar yurak, qon-tomir tizimi faoliyatining normal va patologik o‘zgarishlari bo‘yicha tadqiqotlar ishlari amalga oshiriladi.

Gematologiya laboratoriyasi

Gematologik analizator yordamida odam va hayvonlar qonining 24 ko‘rsatkichdan iborat morfologik tahlili olib boriladi. Qonning shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlar) ning qondagi miqdori, foizli indekslari va ularning kattaligini aniqlash mumkin. Bundan tashqari gemoglobin, qonning rang ko’rsatkichi EchT, gemotokrit va boshqa tahlillarni aniqlash orqali ilmiy tadqiqot ishlari o’tkaziladi.

Mikroelementlar laboratoriyasi

      Biologik materiallar, tuproq va suv tarkibidagi makro va mikroelementlarni       spektral analiz qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshiriladi.

 

Preparatlar tayyorlash

Normal va patologik holatlarda biologik to‘qimalardan preparatlar tayyorlanadi. Ushbu preparatlarni tayyorlashda hujayra va to‘qimalarni kattalashtirib ko‘rish, o’lchamini fotosuratga va video tasvirga olish mumkin.

Laboratoriya xodimlari

Xujabekov Mirzaaxmat Abdusamotovich

Kichik ilmiy xodim

Rajamurodov Zaynitdin Turobovich

Biologiya fanlari doktori, professor

Kuziyev Mirzohid Sa`dullayevich

Biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim, vivariy mudiri 

Bozorov Baxriddin Muxammadiyevich

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent

Tojikulova Oysara Jurakulovna

Biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent

To’ramqulov Shokir Normuminovich

assistent

Abdurazzakov Abdullo Faxriddinovich

Jonivorlarni parvarishlovchi ishchi

“Vivariy (Biofiziologik va biokimyoviy tadqiqotlar)” ilmiy laboratoriyasi: bugun...

    “Vivariy (Biofiziologik va biokimyoviy tadqiqotlar)” ilmiy laboratoriyasi ish boshlagandan beri qisqa muddat ichida laboratoriya xodimlari tomonidan “Gematologiya” nomli o’quv qo’llanma nashr etildi. “Samarqand viloyati ayrim sabzavot ekinlari parazit fitonematodalari va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlari”, “Yaylov ozuqalari bilan oziqlantirishning tuvchalarning hazm jarayonlariga, mahsuldorligiga va sutining sifatiga ta’siri”, mavzularida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Bugungi kunda “Quyonlar ratsionini probiotikli qo‘shimchalar bilan boyitishning moddalar almashinuvi va mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri”, “Quyonlarning gematologik ko‘rsatkichlariga kadmiy tuzlarining ta’siri”, “Quyonlar eritrotsitlarini osmotik chidamliligiga og‘ir metal tuzlarini ta’siri va oldini olish choralari” kabi mavzularida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari 4 ta xo’jalik shartnomasi tuzilgan.

Hozirda “Qo’shimcha ozuqalar ta’sirida chetdan keltirilgan zotdor quyonlarning akseleratsion-fiziologik rivojlanishi va mahsuldorligini oshirish” va “Sut zardobi bilan boyitilgan ozuqalarni ishlab chiqarish va parrandachilikda qo’llashning fiziologik asoslari” kabi ilmiy loyihalar ustida izlanishlar olib borilmoqda.

Laboratoriyada olib borilgan tadqiqotlar natijasida nashr etilgan ishlar:

Monografiyalar:

2. Raaulov S.K, NazarovK.D, Suvonqulov U.T, To’ramqulov SH.N,- Bolalarda temir metabolizmi va tanqisligi monografya, Toshkent 2022.

3. Сафин М.Г. Медь в гепатоцитах каракульских овец в норме и при нарушениях ее обмена.(Монография) Самарканд: Из-ство СамГУ имени Шарафа Рашидова, 2022. – 132 с.

O’quv qo’llanmalar:

  1. Bozorov B.M. «Ichki muhit fiziologiyasi fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari». O`quv qo‘llanma. – Samarqand. SamDU nashriyoti, 2022. – 183 bet.
  2. To‘ramqulov Shokir Normuminovich - Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi» fanidan laboratoriya va amaliy mashg‘ ulotlar  o‘quv qo‘llanma.  Samarqand – 2022.
  3. А.И.Ражабов, М.Г. Сафин, М.С. Кузиев. Биофизикадан лаборатория машғулотлари. Ўқув қўлланма. 2022 йил 190 бет.
  4. Hayitov D.G’. «Gematologiya». O`quv qo‘llanma. – Toshkent. “LESSON PRESS” nashriyoti, 2022. – 226 bet.

Xorijiy maqolalar:

  1. D.G. Khayitov. The Effect of External Environmental Variables on Blood Protein Indications of Rabbits. Bulletin of Pure and Applied Sciences Section A – Zoology (Animal Science) (web of science) Print version   ISSN 0970 0765; Online version ISSN 2320 3188; DOI:10.5958/2320-3188.2021.00024.32; Vol. 41A, No.2,. July-December 2022. рр-1-5
  2. Rajamuradova N.Z.,  Kuziyev М.S., Rajamuradov Z.Т. // Influence of Additional Feeding of Succous Goats on Indices of Natural Resistance of the Organism of Goats, Milk Productivity and  on the Development of Goatlings. // Bulletin of   Pure and Applied Sciences  Section A – Zoology (Animal Science) . -81-85,  2022-yil. DOI:  10.5958/2320-3188.2022.00011.0.
  3. Tojikulova O.J. Effects of Pb2+and CD2+ ions on functional indicators of liver mitochondria of rats in milk absorption in vivo conditions. Volume 14 No 6 (2022): International Journal of Early Childhood Special Education.
  4. Bazarov B.M., Rajamuradov Z. T. Additional Feeding and Its Influence on the Change in the Metabolic Processes ofthe Body of Pregnant Queens//Bulletin of Pure and Applied Sciences Section A – Zoology (Animal Science) January-June 2022.,Volume 41A, Number 1 74-80 p
  5. Turamkulov Sh.N.,Rasulov S.Q., Rajabov A.E., AminjonovSh.A. // Value of research of macro- and micro-elemental composition of the diet for the purpose of nutritional support of iron deficiency in high-risk groups in the “mother-child” system. // DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.627 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022.
  6. Kuziev M. S., Vahidova A. M., Khuzhdanova M. A. // Intensification of Pecilomyces Spherules in Patients  with Echinococcosis. // Jundishapur Journal of Microbiology.-4810-4817,2022-yil. https://www.scopus.com/sourceid/19700175150
  7. M.S.Kuziyev, H.N.Hazratova, K.T.Dustov. // Provision of minerals for primary school students in  rural conditions. // European Journal of Research Development and Sustainability (EJRDS). -Vol. 3 No. 6, June 2022 . 107-110,  2022-yil. Available Online at: https://www.scholarzest.com.
  8.  Rajamuradov Z, Rajamuradova N. Influence of Additional Feeding of Sucrose Goat Females on Indicators of Natural Resistance of the Body and Productivity of Kids// Open Journal of Animal Sciences,  Number 3, 2022 ,12, 506-514 p
  9. M.A.Baxrillayeva.,  Zaynitdin Razamuradov “The negative effect of heavy metal salts on the body of mammal animals. ” Open Journal of Animal Sciences, 2022, 12, 704-711 https://www.scirp.org/journal/ojas. ISSN Online: 2161-7627. p-704-711.