Samarqand davlat universiteti

algebra va geometriya kafedrasi mudiri
      Jabborov Elmurod Yazdonovich

+99898 2102288  jelmurod-76@yandex.ru

    Elmurod Jabborov fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2001-yildan beri Samarqand davlat universitetida dotsent, katta o‘qituvchi lavozimlarida faoliyat yuritib keladi. 2021-yildan Samarqand davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasi mudiri.

                                                                      Algebra va geometriya kafedrasi a’zolari

Ro‘zimuradov Xaydar Xolmuradovich 

 rxx1961samdu.uz

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari respublika, hamdo‘stlik mamlakatlari va rivojlangan chet el davlatlarning jurnallarida chop etilgan. 
2020-2022-yillarda algebra va sonlar nazariyasidan 3 o‘quv qo‘llanmasi chop etilgan. Shuningdek, magistrantlar uchun mo‘ljallangan nochiziqli algebraik tenglamalarning umumiy nazariyasi bo‘yicha o‘quv qo‘llanma muallifi. Algebra va sonlar nazariyasi fanidan  mexanika-matematika fakultetining birinchi kurs talabalari uchun elektron darslik yaratgan. 

Mamatov Akmal Ravshanovich

m-akmal@samdu.uz

Fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. “Shuhrat” medali sohibi. «Boshqarishning oʻzgaruvchilari bogʻlangan chiziqli maksimin masalalarida optimallik shartlari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini  himoya qilgan.

Akmal Mamatov oʻzgaruvchilari bogʻlangan maksimin masalalari, boshqarishning maksimin masalalarida optimallik shartlari, bu masalalarni yechish algoritmlari, parametrga bogʻliq chiziqli tengsizliklar sistemasini yechish algoritmlari yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi.

Olim ilmiy faoliyati davomida 4 oʻquv qoʻllanma, bir oʻquv-uslubiy qoʻllanma, bir uslubiy koʻrsatma, 100 dan ortiq ilmiy ishlar (maqola, tezis) nashr ettirgan, 9 «Elektron hisoblash mashinalari uchun dastur»lari Intellektual mulk agentligida rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari:

https://www.scopus.com/record/display.uri?origin=inward&eid=2-s2.0-33750380321

https://doi.org/10.1134/S0965542506100071

https://www.scopus.com/record/display.uri?origin=inward&eid=2-s2.0-77954079288

https://doi.org/10.1134/S0965542510060047

https://www.webofscience.com/wos/woscc/full-record/WOS:000279192900004?SID=EUW1ED0E39OtGJt9QUy3PuHxfPJVW

 

Bo’riyev Tolibjon Ergashovich 
 

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1984-yil nomzodlik dissertatsiyani himoya qilib, fizika-matematika fanlari nomzodi unvonini olgan.
Xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida 40 dan ortiq ilmiy maqolalari  chop etilgan. Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalarda  ma’ruzalar biln qatnashib 40 dan ortiq tezislar chop ettirgan. 10 dan ortiq o’quv  va uslubiy qo’llanma hamda darsliklar muallifi.

 

 

Shukurov Vaxob  Samadovich 

sh-vahob@samdu.uz

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.  2020-2022-yillarda   nomatematik fakultet talabalari uchun oliy matematikadan  “Matematika” va “Matematikadan misol va masalalar” to’plami  nomli o’quv qo’llanma chop ettirgan. 

Ergashev Vafokul Ergashevich

vafokul_ergashev@mail.ru

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. “Качественные исследование двумерной системы дифференциальных уравнений с заданными интегральными прямыми” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya  qilgan.

Olimning ilmiy izlanishlari oddiy differensial tenglamаlar sistemasining sifat nazariyasi va ularning tabiiy fanlarga tatbiqlari masalasiga bag‘ishlangan. Faoliyati davomida 3 o’quv-uslubiy qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr qilgan.

Tilavov Rustamjon Axtamovich

rtilavov@samdu.uz 

Rustamjon Tilavov 2021-yildan buyon Samarqand davlat universiteti ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasi o’qituvchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning xalqaro hamda respublika ilmiy jurnallarida 4 maqolasi, konferensiyalarda 5 dan ortiq tezislari e’lon qilingan. Shuningdek, 1 oʻquv qoʻllanma. Olimning asosiy ilmiy yoʻnalishi matematik analizning Xardi integral tengsizliklari muammolariga bag‘ishlangan.

Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari:
https://www.kansaiuniversityreports.com/article/on-multidimensional-fixed-point-theorems-and-their-applications
http://science-peace.ru/xxi2.html
http://science-peace.ru/page-618.html

Absalamov Akmal Tolliboyevich

absalamov@gmail.com 

Akmal Absalamov fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). 2015-yildan Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. 2022-yildan Samarqand davlat universiteti ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritmoqda. Olim 2021-yilda “Gonosomal evolyutsion operatordan hosil qilingan trayektoriyalarning asimptotik xarakteri” mavzusida fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 3, xalqaro hamda respublika ilmiy jurnallarida 15 ga yaqin maqolalari, xalqaro hamda respublika konferensiyalarida 20 dan ortiq tezislari e’lon qilingan. Akmal Absalamov yuqori o‘lchovli chiziqli bo‘lmagan operatorlarning diskret dinamik sistemalari yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi.

Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari:

https://www.lhscientificpublishing.com/journals/articles/DOI-10.5890-DNC.2021.03.010.aspx
https://www.lhscientificpublishing.com/Journals/articles/DOI-10.5890-JAND.2020.06.007.aspx

Xaydarov Zafar Xaydar o'g'li

2023-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Matematika fakulteti algebra va geometriya kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida 10 dan  maqolasi chop etilgan. Zafar Xaydarovning asosiy ilmiy yo‘nalishi Hamilton sistemalari va ularning rezonans sharoitlaridagi xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.

Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari:

Symbolic computation of an arbitrary-order resonance condition in a Hamiltonian system

Structure of Resonant Variety in Hamiltonian Systems with Three Degrees of Freedom

Calculation of a strong resonance condition in a Hamiltonian system

Computing Level Lines of a Polynomial on the Plane

 

Settarova Elvira Safvetovna

settarova.elvir@gmail.com

Samarqand davlat universiteti algebra va geometriya kafedrasi assistenti. “Chiziqli bo‘lmagan algebraik tenglamalar sistemalarini yechish metodlari va ularning tatbiqlari” mavzusi bo‘yicha tadqiqot olib bormoqda. 4 oʻquv va 5 metodik qoʻllanma muallifi.

 

 

Soleyeva Nigina Ahmadjonovna

 nsoleeva@gmail.com

Fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2021-yilda “Gayss egriligi ikkinchi tartibli nolga ega bo’lgan R3 fazoda gipersirtlarning lagranj maxsusliklari” mavzusida “Geometriya va topologiya” ixtisosligi boʻyicha fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 2 hamda respublika ilmiy jurnallarida 10 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan.

Algebra va geometriya kafedrasi haqida

Algebra va sonlar nazariyasi kafedrasi 1962-yilda tashkil etilgan bo’lib, unga dotsentlar R.Iskandarov, M. Sobirov, A.Amonov, G.Ergashevlar rahbarlik qilib kelishgan. Algebra va sonlar nazariyasi kafedrasida turli yillarda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi prof. Romanov  dots. N.Baskov, dots.M.Ibragimov dots.L. Shaxova, prof. A. Zikov, B. prof Skubenko, prof. X.Narzullayev, K.Bakiyev, katta o’qituvchilar Yu.Sharipov., A.Pen, dots. Akramov , dots.Y.Jo’rayev, dots. F.Sharipovlar faoliyat ko’rsatishgan.

Geometriya kafedrasi 1972-yilda tashkil etilgan bo’lib, unga prof. E. Xatipov (1986-yilgacha), prof. A. Ortiqov, T. Temirovlar rahbarlik qilishdi. Geometriya kafedrasida turli yillarda dots. M.Amirov, dots. X.M. Shodiyev, katta o’qituvchilar R.Sharipova, Z.Pashayev, X.Nasimov, N.Raxmatullayeva, fizika-matematika fanlari nomzodlari S. Rahmatov, N. Xudoynazarovlar faoliyat ko’rsatishgan.
1994-yilda bu kafedralar birlashtirilib algebra va geometriya kafedrasi deb nomlandi va unga 1996-yilgacha prof. A.Ortiqov, 1996-yildan 2010-yilgacha prof. A.Soleyev, 2010-yildan 2015-yilgacha dots. X.Ro’zimuradov, 2015-yil yanvar oyidan 2019-yilgacha  dots. G’. Xasanovlar kafedraga rahbarlik qilishgan. 2019-yildan boshlab kafedraga dotsent X.Ro’zimuradov, 2021-yildan boshlab E.Jabborov rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra ilmiy salohiyati quyidagi ilmiy maktablar faoliyatlari bilan bog’liqdir.
Nikolay Pavlovich Romanov 1944-yilda Tomsk davlat universitetidan taklif etilgan bo’lib, u o’z atrofiga yosh olimlarni jalb etdi va matematikaning quyidagi yo’nalishlari bo’yicha izlanishlar olib bordi: sonlarning analitik va additiv nazariyasi, operator dzeta funksiya nazariyasi, sonlar nazariyasi va gilbert fazosi, diskret o’zgaruvchi kompleks funksiyalar nazariyasi. Shu yo’nalishlar bo’yicha 11 nafar fan nomzodlari tayyorlandi. Jumladan, dots. M.Sobirov, X.Abdullayev, X.Narzullayev, I. Kasara, G. Korsakov, M. Subxankulov, N. Teshaboyevalar shular jumlasidandir.

Samarqand universitetida geometriya sohasida pedagog kadrlarni tayyorlashda 1944-yilda Samarqandga taklif etilgan professor Axmed Emir-Asan Xatipovning ham hissasi kattadir. Prof. A.E.- A. Xatipov geometriyaning har xil bo’limlaridan darsliklar yozish bilan birga O’rta Osiyoda o’rta asr matematikasi tarixi bo’yicha samarali mehnat qildi. Uning bu mavzuda yozgan ilmiy ishlari o’rta asr sharq olimlarining matematikaga oid ishlari bilan keng ommani tanishtirishda muhim rol o’ynadi.

Kafedraning ilmiy faoliyatida Sankt-Peterburglik olim B.Skubenkoning ham xizmatlari katta. B. Skubenko o’z shogirdlari bilan sonlarning geometrik nazariyasi bo’yicha tadqiqotlar olib borib, Samarqandda sonlar geometriyasi bo’yicha o’ziga xos ilmiy maktab yaratdi. Bu yo’nalishdagi ilmiy tadqiqotlarga prof. X.Narzullayev rahbarlik qilib keldi. Bu ilmiy maktab asoschilari tashabbusi bilan 1972-yilda SamDUda sonlar nazariyasiga bag’ishlangan xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Ilmiy izlanishlarni shu yo’nalish bo’yicha davom ettirib kafedra a’zolaridan A. Istamov, N.Axmedov, X. Muxsinov, U.Akramov A.Xurramov, X.Ro’zimuradovlar nomzodlik dissertatsiyalarini yoqladilar. X.Narzullayev 1993-yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
Moskvalik prof. A.D. Bryuno ilmiy maktabining darajali geometriya yo’nalishi bo’yicha prof. A. Soleyev bir guruh yosh olimlar bilan ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda. Shu yo’nalishda Samarqand ilmiy maktabi yaratilib, uning asoschilari tashabbusi bilan Samarqandda uchta xalqaro konferensiya o’tkazildi (ICSTM-1996, CASC-2000, SMR2150-2009). Bu ilmiy maktabning aktiv a’zolari sifatida prof. I.Ikromov, dotsentlar U. Narzullayev X.Ro’zimurodovlarni keltirish mumkin. Bu ilmiy maktab asosida kafedra qoshida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta Maxsus ta’lim vazirligi tomonidan mablag’ bilan ta’minlanadigan “Algebra va analizning nochiziqli muammolarini tadqiq etishda darajali geometriya va kompyuter algebrasi metodlarini rivojlantirish” mavzusida ilmiy loyiha faoliyat ko’rsatmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

  • Bakalavriat
  • Matematika  asoslari 
  • Algebra va sonlar nazariyasi 
  • Analitik geometriya 
  • Chiziqli algebra va geometriya
  • Diskret matematika va matematik mantiq 
  • Matematik mantiq
  • Differensial geometriya va topologiya  
  • Umumiy algebra (tanlov fan)
  • Kompyuter algebrasi tizimlari 
  • Geometriya asoslari
  • Geometriya 
  • Matematikaga kirish 
     
  • Magistratura
  • Abstrakt algebra 
  • Nochiziqli tenglamalar sistemasining umumiy nazariyasi 
  • Xalqalarning ideallari nazariyasi 
  • Mutaxassislik fanlariini o’qitish metodikasi 

Kafedra hayotidan fotolavhalar