Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi mudiri
Ergashev Odil Tursunovich

+99897 9218579 odil.arxeolog@mail.ru  

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2006-yildan beri Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlab kelmoqda. 2022-yildan e’tiboran Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda.

Odil Ergashev 2017-yilda “Ko‘kayoz botig‘ining toshga ishlov berish ustaxonalari (texnik-tipologik tadqiqot)” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori  dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Faoliyati davomida 1 monografiya, 1 ilmiy risola, 2 darslik va 3 o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Odil Ergashev 40 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi bo‘lib, Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro jurnallarda 5 dan ortiq maqolalari e’lon qilgan.

    https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2352226722000034

 

                                                                                Аrxeologiya kafedrasi a’zolari

 

Xolmatov Normuhammad O‘rozovich

normahammadholmatov@gmail.com

Tarix fanlari doktori, professor. SamDU arxeologiya kafedrasida 1983-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1991-yilda “O‘rta va quyi Zarafshon neoliti” mavzucida nomzodlik dissertatsiyasini, 2018-yilda “Sazog‘on madaniyati va uning O‘zbekiston neolit davrida tutgan o‘rni” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Normuhammad Xolmatov faoliyati davomida 5 ta monografiya, 1 ta darslik, 9 ta o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar nashr ettirgan. Shuningdek, olim bugungi kunga qadar 3 ta Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

link

 

 

Avanesova Nona Armaisovna

non.avanesova@mail.ru

Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi professori. SamDU arxeologiya kafedrasida 1967-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Nona Avanesova qariyb 25 yil davomida universitet arxeologiya ekspeditsiyasining Surxondaryo otryadiga rahbarlik qilib keldi. U butun ilmiy faoliyatini Markaziy Osiyo va O‘zbekiston bronza davrini o‘rganishga bag‘ishladi. Nona Avanesova 1 xalqaro va respublika jurnallarida tahririyat a’zosi. Faoliyati davomida 1  darslik, 5 o‘quv qo‘llanma, 4 monografiya, 6 risola, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. Ularning aksariyati xorijdagi yetakchi ilmiy nashrlarda e’lon qilindi.

http://dx.doi.org/10.1016/j.jasrep.2022.103622

https://bit.ly/47Cqjml

https://bit.ly/3Rd7TC2

YOUN MYUNG CHUL
ymc0407@gmail.com

 

Tarix fanlari fan doktori (DSc), professor. 2022-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritadi. Janubiy Koreyaning Dongguk universiteti professori.
Professor Youn “Koguryo tarixi va Sharqiy Osiyo dengiz tarixi” mavzusida tarix fanlari bo’yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo’lgan. 
60 kitob, 10 she’riy to’plam, 160 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi. 
 “A collection of Youn, Myung chul’s published works on Marine Research Vols.1 - 8”, Hakyoun Culture Press, 2012, including the following; 
“Understanding of Marine Activities and Culture (Vol.1)” 
“Understanding of Marine Activities and International Order (Vol.2)” 
“Understanding of Marine Activities and International Routes (Vol.3)” 
“Marine Defense Systems and River Defense Systems (Vol.4)” 
“Maritime History and Main Port Cities (Vol.5)”
 “Understanding of Activities and Conceptions of History (Vol.6)” 
“Koguryo Encountered with Today's world (Vol.7)” “Maritime History Interweave with Future (Vol.8)”

Kitoblar:
1. “A Study on Maritime Defense in Koguryo”, 2021 
2. “Eurasian World and the Korean People”, 2020 
3. “Civilization of Gojoseon and Its Marine Activities”, 2018 
4. “East Asian Territorial Conflict and Historical Conflict”, 2016 
5. “Study Methodology of Maritime History”, 2012 
6. “Dangoon(Founding Father of Gojoseon) Myth, Another Interpretation”, 2008 
7. “The Spirit and Policy of Koguryo”, 2004 
8. “Korean Marine History”, 2003 
9. “Koguryo Kingdom and Its Marine History”, 2003 
10. “Korean Marine Activities and East Asia Mediterranean Sea”, 2002 
11. “East Asia Mediterranean Sea and Ancient Japan”, 1996 12. “Is History Progressing?”, 1992
12. “The sea roads were cultural highways”, Sakyejul Publishing Inc, 2013 * NHA XUAT BAN HOI NHA VAN (translated in Vietnamese) 
13. “Asking Koguryo for directions in Manchuria”, Daewonsa, 2011 
14. “The Korean, rule the seas”, sangsangbooks, 2011 
15. “Guide to Koguryo archaeological excursion”, jobobooks, Dawonsa, 2011 
16. “Koguryo winter”, hyprint, 2010 
17. “Koguryo sound”, hyprint, 2010 
18. “Why is Jang Bogo called the Prince of the Sea?”, Jamobooks, 2007 
19. “Broaden your mind map: code of King Gwanggaeto 21”, magellanph, 2007 
20. “Jangsuwang and Jangbogo, ask them for directions”, Forum, 2006 
21. “King Gwanggaeto and the dream of Han Goryeo”, Samsung Economic Research, 2005 11. “Koguryo, the future”, Goraesil, 2004 
22. “War of history”, Ahngraphics, 2004

 

YU TAE-YONG
tony4yoo@naver.com 


Arxeologiya bo’yicha falsafa doktori (PhD), professor. 2024-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritadi. Janubiy Koreyaning Cheonggoo Arxeologiya instituti direktori.
Direktor Yu “Dolmenlar uyushmasi” mavzusida arxeologiya bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo’lgan. 
9 kitob, 63 ilmiy maqola, 170 dan ziyod arxeologik hisobotlar muallifi.
Direktor Yuning chop etilgan kitob va maqolalaridan namunalar:
Maqolalar:
• A Study of Ancestral Ritual Relics in Prehistoric Korea, The Journal of Eurasian Culture Studies, 2023 
• A Study of Kivas Around the Broader Four Corners Area, The Journal of Old Chosun, 2018 
• A Review of Cahokia Chiefdom Among the Mound-Building Mississippian Societies, The Journal of Old Chosun, 2016 
• The Comparative Aspects of Social Organization Between Hunting/Gathering and Agriculture Societies, The Journal of Old Chosun, 2015 
• Late Pleistocene Aspects and Its Evidence of Human Occupations in Northeast Asia and East Siberia for the Understanding of the First Americans, The Journal of Art and Culture Studies, 2013 
• New Perspective of Clovis Blade Technology: A Southeast Innovation or Upper Paleolithic Origin? Korea Archaeology of 21th Century, Vol. Ⅳ, 2011 
• Bioarchaeological Investigation of Possible Gunshot Wounds in 18th Century Human Skeletons from Korea, International Journal of Osteoarchaeology, 23:716-722(co-author), 2011 
• Modern Human Origins-The Eve Hypothesis, Multiregional Evolution, and Other Possibilities, Study of Korea Ancient Culture, 2005
Kitoblar:
• Dolmen, 2017 
• Research of Korea Ancient Culture, 2005 
• A Study of Dolmen, 2003 
• Koguryo Ruler of 36.5, 2001 
• Origin of Human Culture, 1999 
• What is Culture? 1999

Berdiqulov Mirolim Tugalvoyevich

berdiqulovmirolom@gmail.com

 

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). SamDU arxeologiya kafedrasida 2014-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “To‘da-1 neolit makoni (texnik-tipologik tadqiqot)” tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Mirolim Berdiqulov 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

Umarov Ulug‘bek Abdujabborovich

umarov.u@samdu.uz

 

SamDU arxeologiya kafedrasi assistenti. Mazkur kafedrada 2011-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. “O‘rta Osiyoda tosh davri zeb-u ziynat taqinchoqlarining jamoalar ma’naviy mafkuraviy hayotida tutgan o‘rni” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanish olib bormoqda. Ulug‘bek Umarov faoliyati davomida 1 xorijiy va 15 respublika jurnallarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

Karimov Rufat Uktamovich

karimovrufat03@gmail.com 

 

Kafedra assistenti. SamDU arxeologiya kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. “Zarafshon vohasining janubi-g‘arbiy hududlari tosh davri yodgorliklari yangi tadqiqotlarda” mavzusida bo‘yicha ilmiy izlanish olib bormoqda. Rufat Karimov faoliyati davomida 5 xorijiy va 8 respublika jurnallarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

Baxronov Abdullo Haydar o‘g‘li

abdullobaxronov2@gmail.com

 

Kafedra assistenti. SamDU arxeologiya kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. “Zarafshon vohasi tosh davri yodgorliklarida toshga ishlov berish texnikasining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Abdullo Baxronov faoliyati davomida 4  xorijiy va 7 respublika jurnallarida ilmiy maqolalar va tezislar e’lon qilgan.

Arxeologiya kafedrasi haqida

 Samarqand davlat universiteti arxeologiya kafedrasi 1971-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 448-farmoni bilan Afrosiyob shaharchasini tarixiy-arxeologik jihatdan o‘rganuvchi muammoviy laboratoriya asosida tashkil qilingan. Hozirda kafedrada 18 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Kafedra 1944-yildan boshlab respublikamiz hududida arxeologik, etnografik tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy markazlardan hisoblanadi. Kafedra dala kuzatuv tadqiqotlar, yodgorliklarni qazib o‘rganish, etnografik hamda qadimgi tarixga doir yozma manbalarni to‘plash va tadqiq qilish ishlarini bajaradi. Kafedra “O‘zbekiston hududidagi ilk sivilizatsiyalar: moddiy va ma’naviy madaniyat” bosh mavzusining “O‘zbekiston hududidagi ibtidoiy va qadimgi davr jamoalari madaniyatining kelib chiqishi tarixiy ildizlari va madaniy aloqalari” bo‘limi ustida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshiradi. Kafedra bir necha yillar davomida xorij va MDH mamlakatlarining yetakchi ilmiy markazlari bilan aloqa o‘rnatib keladi. Germaniya Arxeologiya instituti Yevroosiyo bo‘limi, Polshaning Lyublin universiteti, Turkiyaning Anqara universiteti, Moskva, Sankt-Peterburg, Kiyev, Markaziy Osiyo Respublikalari oliy o‘quv yurtlari O‘zFA, Milliy arxeologiya markazi va Tarix instituti kabi tadqiqot muassasalari bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, anjumanlarda qatnashadi, fikr almashish va ilmiy maslahatlar amalga oshiriladi.

Professor-o‘qituvchilar tomonidan 300 dan ortiq monografiya, darslik o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy hamda elektron darsliklar tayorlangan.

Kafedra qoshida arxeologiya muzeyi va laboratoriya faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu muzey 1963-yil D.N.Lev tomonidan tarix fakultetining arxeologiya yo‘nalishi bazasida tashkil etilgan. Muzey fondida o‘rta paleolit davridan (er.avv 90-70-ming yillik) milodiy XIII asrgacha bo‘lgan O‘rta Osiyo bo‘yicha tarixiy, ilmiy va badiiy ahamiyatga ega 60 mingdan ziyod qimmatli topilmalar saqlanadi.

Kafedrada bugungi kunda “O‘zbekiston hududidagi ilk sivilizatsiyalar: moddiy va ma’naviy madaniyat” mavzusi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kafedradan yetishib chiqqan taniqli olimlar:

Professor M.Jo‘raqulov (1932-2020) – “Arxeologiya kafedrasi mudiri va Samarqand arxeologiya maktabining asoschilaridan hisoblanadi. O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi, “O‘zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvonlari sohibi.

Professor D.N.Lev (1905-1969) – SamDU arxeologik ekspedisiyasi asoschisi.

Professor N.A.Avanesova - O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi.

    Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari

• Tarixiy xronologiya va metrologiya
• Tarixiy antropologiya
• Arxeologiya va etnologiya
• Qadimgi dunyo tarixi
• Mutaxassislikka kirish
• Tarixiy o‘lkashunoslik va turizm
• Arxeologiyaga kirish
• Jaxon arxeologiyasi
• O‘rta Osiyo arxeologiyasi
• Tarixiy geografiya
• Tarixiy o‘lkashunoslik va urbanizasiya tarixi
• Inson evolyusiyasi va old tarix
• Arxeologiyada zamonaviy qurilmalar
• Arxeologik dala tadqiqot usullari va topilmalarga ishlov berish
• O‘rta Osiyoning qadimgi diniy qarashlari

• Yodgorliklarni muhofaza qilish va restavratsiya asoslari
• Arxeologiyada GAT texnologiyalari
• O‘zbekiston arxeologiyasi va xalqaro ilmiy hamkorlik
• Toponimika
• Ishlab chiqarish xo‘jaligining paydo bo‘lishi
• Arxeologiya faniga muqaddima
• O‘rta Osiyo tosh va jez davri arxeologiyasi
• O‘rta Osiyo antik va o‘rta asrlar davri arxeologiyasi
• Qadimgi va o‘rta asrlarda shaharlar urbanizasiyasi tarixi
• Insoniyat ilk jamiyati tarixida innovatsiyalarning ijtimoiy ahamiyati va o‘rni
• O‘rta Osiyo hunarmandchiligi tarixi
• O‘zbekistonning urbanik tarixi arxeologik manbalar asosida
• Tarix fanini o‘qitishda etnografik ma’lumotlardan foydalanish
• Madaniy antropologiya
• Markaziy Osiyo ornamenti va tasviriy san’ati tarixi
    Magistratura
• O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi
• Zamonaviy arxeologik tadqiqot usullari va GIS
• O‘rta Osiyo shaharlar tarixiy topografiyasi
• Dala etnografik tadqiqotlar o‘tkazish usullari
• Toponimika (etnotoponimiya va etnonimiya)
• Madaniy antropologiya
• O‘zbeklarning an’anaviy moddiy madaniyati
• Marakaziy Osiyo tog‘-kon metallurgiyasi ishlab chiqarish va tog‘ qoyatosh petrogliflari
• O‘rta Osiyo qadimgi jamoalarining iqtisodiy va madaniy aloqalari
• O‘rta Osiyo shaharlari tarixiy topografiyasi
• Jahon madaniyati tizimida O‘zbekiston arxeologiyasi yutuqlari

 

Kafedra hayotidan fotolavhalar