Samarqand davlat universiteti

dasturiy injiniring kafedrasi mudiri
Yusupov Ozod Rabbimovich

 +99899 0814012   ozod200707@mail.ru 

    Ozod Yusupov texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2013-yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritib keladi. 2020-yildan Samarqand davlat universiteti dasturiy injiniring kafedrasi mudiri. 2020-yilda “Ko‘zning rangdor pardasi tasviri bo‘yicha shaxsni biometrik identifikatsiyalash algoritmlari” mavzusida texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 2 hamda respublika ilmiy jurnallarida 15 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. Shuningdek,  1 darslik, 3 oʻquv qoʻllanma muallifi. Olim asosan turli kompyuterli koʻrish, tasvirlarga ishlov berish, timsollarni tanib olish va biometrik texnologiyalar kabi ilmiy yoʻnalishlarda tadqiqotlar olib boradi.

https://ieeexplore.ieee.org/document/9581040
https://ieeexplore.ieee.org/document/8884441
https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85118971956&origin=resultslist&sort=plf-f
https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85075310555&origin=resultslist&sort=plf-f

 

                                                                                        Dasturiy injiniring  kafedrasi a’zolari

 

Qobilov Sami Soliyevich
kobsam@yandex.ru

Samarqand davlat universiteti dasturiy injiniring kafedrasi dotsenti. 1979-yildan beri Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritib keladi. Olim texnika fanlari boʻyicha “Axborot tizimlarini iterativ loyihalash va uning dasturiy tashkil qilinishi” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilgan.

Sami Qobilov faoliyati davomida 1 darslik, 7 о‘quv, uslubiy qо‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 5 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. Uning asosiy ilmiy yoʻnalishi dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish, lokallashtirish, kompyuter lingvistikasi, tabiiy tillarga ishlov berish hisoblanadi.

https://link.springer.com/chapter/10.1007/978-3-030-87802-3_53
https://ieeexplore.ieee.org/document/9368822
https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1742-6596/1546/1/012097
https://link.springer.com/chapter/10.1007/978-3-030-60276-5_42
https://link.springer.com/chapter/10.1007/3-540-46562-6_27

Turakulov Iskandar Nuruddinovich

Samarqand davlat universiteti dasturiy injiniring kafedrasi dotsenti. 1986-yilda texnika fanlarining qattiq jismlar mexanikasi ixtisosligi boʻyicha “Harakatlanuvchan yuklamalarni qatlamli plastinkalarga ta’siri” mavzusidagi falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Iskandar To‘raqulov faoliyati davomida 3 amaliy dastur yaratib, patentlarni qo‘lga kiritgan.  Shuningdek, 13 dasturiy mahsulot uchun guvohnoma olgan, 8 о‘quv va uslubiy qо‘llanmalar muallifi. Respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda bir qator maqolalari chop etilgan.  Olim dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish, lokallashtirish, kompyuter lingvistikasi, tabiiy tillarga ishlov berish yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi.

Obloqulov Sardor Zayniddin o’g’li
sardorchik.2710@gmail.com

Samarqand davlat universiteti dasturiy injiniring kafedrasi assistenti. 2021-yildan SamDU da faoliyat yuritib kelmoqda.  

Sardor Obloqulov faoliyati davomida robototexnika va texnik jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha bir nechta loyihalar yaratgan va hozirda bu loyihalar bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. Hozirda tadqiqotchi ushbu loyihalarni patentlashtirish ustida ishlash bilan bir qatorda IoT tizimi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Bundan tashqari robototexnika sohasini rivojlantirish maqsadida universitet talabalariga robototexnika bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil qilib, ularga ta’lim berib kelmoqda.

Аbsalomova Go’zal Bo’riboyevna

 guzalina19962810@umail.uz

Samarqand davlat universiteti dasturiy injiniring kafedrasi assistenti. 2019-yildan SamDU da faoliyat yuritib kelmoqda.  Faoliyati davomida xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida 2 maqola va 5 tezis chop etgan.  Go‘zal Absalomova talabalarda algoritmlar, dasturlash tillari va dasturlash texnologiyalari kompetentsiyalarini shakllantirish yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib boradi.

Karimov Islom Kaxramon o’g’li

islom.k1995@gmail.com

Samarqand davlat universiteti dasturiy injiniring kafedrasi assistenti. Islom Karimov faoliyati davomida 2 maqola e’lon qilgan.  “Dasturlash asoslari” va “Algoritimlar va ma’lumotlar strukturasi” bo‘yicha o‘tkazilayotgan to‘garaklarga, “Yosh dasturchilar” va “Dasturchilar maktabi”ga rahbarlik qiladi.

Islom Karimov Android qurilmalar uchun bir qancha loyihalar (“SamDU baholar”, “Learn UZ”) ishlab chiqqan. Hozir kunda kompyuter lingvistikasi, robotexnika, IoT texnologiyalari va sun’iy intellekt bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib bormoqda. 

Christo Ananth

dr.christoananth@gmail.com

 

Texnika fanlari bo’yicha fan doktori (DSc), professor. 2022-yildan beri Samarqand davlat universiteti dasturiy injiniring kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda.

2017-yilda muhandislik boʻyicha doktorlik darajasini himoya qilgan.

3 milliy darajadagi texnik simpoziumlarda, 9 milliy darajadagi konferensiyalarda, 31 ilmiy maqolalarda, xalqaro darajadagi konferensiyalarda, 56 ilmiy va indekslangan xalqaro jurnallarda o'rnatilgan tizimlar, tarmoqlar, raqamli jurnallarda maqolalar chop ettirgan.

AQShda 20 xalqaro kitob bo'limiga hissa qo'shgan va 7 milliy va xalqaro darajadagi muhandislik darsliklari muallifi.

381 ta SCI/ISI/Scopus/Web of Science indekslangan xalqaro jurnallar va 155 ta hakamlik, indekslangan va obro‘li xalqaro jurnallarning tahririyat kengashi a’zosi.

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57198803549  

https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0929139324004839

https://www.nature.com/articles/s41598-024-66554-4

https://www.nature.com/articles/s41598-024-52727-8

https://www.worldscientific.com/doi/10.1142/S0219477524400558?srsltid=AfmBOopFKMPcHu0UrF3jp_Ve-3bdEmWVGJYgqjXFAey-ePoirPPfTsGb

https://www.worldscientific.com/doi/10.1142/S0219467823400016?srsltid=AfmBOop5tvIt3SVkeJJ1Ylo_goqhsHdP-KcSOJjrWNBCIG4xVSjhWjSQ

link

Valeriy Vasilyevich Starovoytov

 

2024-yildan beri Samarqand davlat universiteti dasturiy injiniring kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Texnika fanlari doktori, professor. Belarus Milliy Fanlar akademiyasining informatika muammolari birlashgan instituti bosh ilmiy xodimi.

1990-yildan texnika fanlari nomzodi, 2000-yildan texnika fanlari doktori darajasiga ega bo’lgan.

5 monografiyasi chop etilgan Ilmiy jurnal va konferensiya materiallarida 150 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan, h-indeksi 22.

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=7004180393

https://link.springer.com/article/10.1134/S1054661824700135

https://ieeexplore.ieee.org/document/10531720

https://www.researchgate.net/publication/374875196_No-reference_quality_assessment_of_medical_images_using_contrast_enhancement

https://scindeks.ceon.rs/article.aspx?artid=1821-32512302032G&lang=en

https://link.springer.com/article/10.1134/S1054661822020195

https://ieeexplore.ieee.org/document/9983762

link

https://link.springer.com/chapter/10.1007/978-3-030-98883-8_11

Karpenko Anatoliy Pavlovich

 

2024-yildan beri Samarqand davlat universiteti dasturiy injiniring kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Avtomatik boshqaruv nazariyasi, matematik modellashtirish, optimallashtirish usullari, parallel hisoblash usullari va dizaynni avtomatlashtirish sohasida 370 dan ortiq ilmiy maqolalari e’lon qilingan. "Axborot texnologiyalari" jurnali tahririyati a'zosi. “Informatika va kompyuter injiniringi” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv-uslubiy kengash raisi.

Olim 1980-yilda Moskva davlat texnika universitetida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=36561665200

https://www.mdpi.com/2227-7390/12/3/426

https://link.springer.com/article/10.1007/s11590-023-01971-4

https://www.mdpi.com/2227-7390/10/19/3589

https://link.springer.com/chapter/10.1007/978-3-030-87178-9_25

https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1877050921010504

https://link.springer.com/chapter/10.1007/978-981-16-1395-1_12

https://link.springer.com/chapter/10.1007/978-3-030-68172-2_

Borzenko Yevgeniy Ivanovich

2024-yildan beri Samarqand davlat universiteti dasturiy injiniring kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Fizika-matematika fanlari doktori, dotsent va Tomsk davlat universitetining amaliy gaz dinamikasi va yonish kafedrasi mudiri. Shuningdek, Mudofaa va davlat xavfsizligini ta'minlash sohasidagi fan, texnologiyalar va ta'limni rivojlantirish markazida joylashgan tibbiy asbobsozlik laboratoriyasi da katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritadi.

https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=55511747615

https://pubs.aip.org/aip/acp/article-abstract/3244/1/060034/3322918/Exploring-the-potential-of-an-exoprosthesis-for?redirectedFrom=fulltext

https://link.springer.com/article/10.1134/S0015462824603073

https://mech.novtex.ru/jour/article/view/1499

https://jacm.scu.ac.ir/article_17686.html

https://link.springer.com/article/10.1134/S0015462822600961

Dasturiy injiniring kafedrasi haqida

Kafedra O‘zMU (O’zbekiston milliy universiteti), TATU (Toshkent axborot texnologiya universiteti) kabi bir qator universitetlar hamda TATU qoshidagi AKT ilmiy-innovatsion markazi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda ilmiy uslubiy ishlar olib bormoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar fan doktori, 8 nafar fan nomzodi, 5 nafar assistent, 2 nafar kabinet mudiri faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedrada 70610101 – Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yoʻnalishlar boʻyicha), 70610701 – Sunʼiy intellekt mutaxassisligi bo‘yicha magistratura faoliyat olib bormoqda. Magistrantlar kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari S.Qobilov, I. Turakulov, O.Yusupov, J.Uribboyev, U.Shodiyev, A.Axatov, S.Axatqulovlar rahbarligida ilmiy izlanish olib borayaptilar. Kafedra professor-o‘qituvchilari “Amaliy matematika va informatika”, “Dasturiy injiniring”, “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari”, “Dasturlash asoslari”, “Algoritmlar va ma’lumotlar strukturalari”, “Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari”, “Tizimli dasturlash”, “Ma’lumotlar bazasi texnologiyalari”, “Oracle ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi”, “Axborot tizimlarini loyihalash”, “Tarmoq operatsion tizimlari”, “Ma’lumotlarning intelektual tahlili”  kabi bir qator  fanlardan ta’lim berib kelishmoqda.

Kafedra  a’zolari О‘zMU, FarDU, ToshpDU, GulDU, BuxDU, QarDU, TerDU, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va boshqa xorijlik mutaxassis olimlar bilan yaqin aloqalar olib bormoqda. Hozirda kafedrada  xorijlik professor Christo Ananth faoliyat yuritmoqda.

Kafedra qoshida “Dasturlash asoslari” va “Robototexnika” o‘quv to‘garagi faoliyat yuritadi. Kafedraning iqtidorli talabalari turli xil xalqaro va respublika tanlovida ishtirok etib kelmoqda. Kafedra talabalari orasida respublika miqyosidagi olimpiadialar g‘oliblari yetishib chiqqan.

Kafedra о‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 2 ta darslik,   7 ta  о‘quv qо‘llanma, 50 dan ortiq ma’ruzalar matni, о‘quv-uslubiy qо‘llanma, majmua va kо‘rsatmalar  yaratilgan. Shuningdek, 1 ta monografiya, 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etilgan.

Kafedrada bugungi kunda “Ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish usul algoritmlari va dasturiy tizimlarni tadqiq etish” mavzusi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kafedrada oʻqitiladigan fan dasturlari

Bakalavr

  • Dasturlash asoslari
  • Algoritmlar va ma’lumotlar strukturalari
  • Parallel dasturlash
  • Python dasturlash tili va kutubxonalari
  • Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari
  • Linux operasion tizimida administratorlik
  • Ma’lumotlar bazalari texnologiyasi
  • Tizimli dasturlash
  • Mobil ilovalar yaratish  
  • UML  tilida vizual modellashtirish
  • Dasturiy injiniring
  • Dasturiy ta’minot arxitekturasi
  • MRP/ERP-tizimlar
  • Robototexnika uchun dasturlash
  • Ma’lumotlarga noravshan to‘plamlar usullari asosida ishlov berish  
  • Mobil tizimlar uchun dasturlash
  • Web ilovalarni uchun freymvorklar
  • Big data va ma’lumotlar tahlili
  • Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalari
  •  

Magistratura

 

  • Bulutli hisoblashlar
  • Case vositalari va modellashtirish
  • Dasturlash paradigmalari va texnologiyalari
  • Mobil ilovalarni yaratish texnologiyalari
  • Pythonda ma‘lumotlarni vizuallashtirish
  • Raqamli tasvirlarga ishlov berish
  • Tasvirlarni tahlil qilish va tanib olish
  • Web ilovalarni yaratish texnologiyalari
  • Big data
  • Chuqur-o‘qitish usullari
  • Ma’lumotlarni boshqarish va tahlil etish
  • Mashinaviy o‘qitish
  • Netron tarmoqlari
  • Web mining
  • Raqamlarni tahlil qilish va tanib olish

Kafedra hayotidan fotolavhalar