Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudiri
Qobilov Ergash Egamberdiyevich
+99897 285 59 26 Ekobilov.1961@samdu.uz
Tibbiyot fanlari doktori, professor. 2017-yildan Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida professor, 2021-yildan kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Ergash Qobilov 1995-yil Toshkent Pediatriya tibbiyot insititutida tibbiyot fanlari nomzodligiga bag'ishlangan "Bolalarda o'tkir destruktiv pnevmoniya kasalligini davolashda differentsial yondoshuv" mavzusida va 2006-yil Rossiya davlat tibbiyot univerisiteti ilmiy kengashida "Bolalarda o'tkir ichak tutilishi, diagnostikasi va davolashda laparoskopiyaning roli" mavzusidagi doktorlik dissertasiyalarni muvoffaqiyatli himoya qilgan. U 2004-yildan Rossiya bolalar xiruruglari assotsiatsiyasi, 2017 - yildan Yevropa bolalar vrachlari assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi. Rossiya va O'zbekiston tibbiyot fanlari doktori.
Faoliyati davomida 5 monografiya, 5 o'quv qo'llanma, 6 darslik, 80 dan ortiq o'quv-uslubiy qo'llanmalar nashr etgan. Shuningdek, 3 ta patent, 30 ta takomillashtirilgan takliflar, maqola va tezislar hamda 350 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi. Xalqaro jurnallarda 10 dan ortiq maqolalari nashr etilgan. 2021-yilda "O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan. SCOPUS bazasiga kiruvchi jurnallarda 2 maqolasi e'lon qilingan.
https://scholarexpress.net/index.php/wbph/about/editorialTeam, https://iaeme.com/ijaret/index.asp
Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi aʼzolari
Zuvayd Izzatullayev
Biologiya fanlari doktori, professor. 1992-yildan boshlab, Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1970-yilda “Hisor tizma tog’lari va yondosh hududlari quruqlik mollyuskalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1981-1983- yillar Rossiya Zoologiya instituti (ZIN) doktoranturasida o’qigan. 1988-yil “O’rta Osiyo va uning yondosh hududlari suv mollyuskalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Olim tadqiqotlar natijasida Markaziy Osiyo suv molyuskalarining to’liq turlar tarkibini aniqladi va fan uchun 100 ga yaqin molyuskalarning yangi turlarini fanga kiritdi. O’zbekiston malakologlari maktabi asoschisi. Olim tomonidan 600 dan ortiq ilmiy, uslubiy va ommabop ishlar chop etilgan. Shu jumladan, 3 monografiya, 4 darslik, 20 ga yaqin o’quv qo’llanmalar, risolalar, ma’ruza matnlari va 2 Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalari nashr etilgan. |
|
Botirov Xidir Fayziyevich
Qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor. Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1980-yilda “Zarafshon vohasi sharoitida qand lavlagidan ko'chatsiz urug' olish” bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini va 1996-yilda "Zarafshon vohasida qishki o'simlikshunoslikning ilmiy asoslari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1998-2005-yillarda OAK ekperti, 2005-yildan xalqaro MANEB va "Nuri Xo'jand" akademiyalari a'zosi sifatida ham faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Shu kunga qadar olimning 100 ga yaqin tavsiya, darslik, o'quv qo'llanma, monografiya, 400 ga yaqin ilmiy va ommabop maqolalari e’lon qilingan. |
|
To’xtayev Mustafo Qurbonovich
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. 2018-yildan Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritadi. 1996-yilda "Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligini mediko-sotsial aspektlari va unda davolash va profilaktika ishlarini tashkillashtirish" mavzusi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Mustafo To’xtayev muallifligida jami 50 dan ziyod ilmiy ishlar nashr etilgan. |
|
Akzamov Valeriy Baxriddinovich
Pedagogika fanlari nomzodi. SamDU maktabgacha ta’lim kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1995-yilda “Bлияние различаных концентрации NaCl на пищеварительного и транспортнего конвейера желудочного кишечного тракта у крыс” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Valeriy Akzamov o‘z faoliyati davomida AQSH va Rossiya Federatsiyasining yuqori reytingga ega bo‘lgan nufuzli jurnallarida 4 maqola chop ettirgan. |
|
Madjidova Tanzila Raximovna
2002-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2007-yilda “Влияние биогумуса на некоторые агрохимические показатели почвы и продуктивност томатов в условиях защищенного грунта” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Tanzila Madjidova muallifligida jami 60 dan ziyod ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan 2 darslik, 2 o’quv qo’llanma, 2 monografiya, 10 o’quv-uslubiy qo’llanmasi nashr etilgan. Shuningdek, 2 Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolasi e’lon qilingan. |
|
Niyazova Oybaxor Baxritdinivna
Biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent. 1998-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2020-yilda “Zarafshon vodiysi mevali bog'lari tuproq makrofaunasi sistematikasi, bioekologiyasi va xo'jalikdagi ahamiyati” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Oybahor Niyozova tomonidan 10 ga yaqin monografiya, o‘quv, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar, 20 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar nashr etilgan. |
|
Belyalova Leylya Enveronva
Biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent. 2001-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2001-yilda “Shimoliy-g’arbiy Turkiston tizmalarida ornitofaunasi va uning ekologik xususiyatlari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. O’zbekiston Respublikasi qushlarni muhofaza qilish jamoasi Ijroiya kamitetining a’zosi, NNT “Zarafshonning NNT kengash” raisining o’rinbosari. Zarafshon milliy tabiat bog’ining ilmiy kengashining a’zosi. Flamingo klubining rahbari. 15 loyiha ijrochisi va rahbarligida o’zining ishini olib borgan. Leylya Belyalova tomonidan 100 dan ortiq o’quv, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalari hamda ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar nashr qilingan. |
|
Rafikova Nodiraxon A’zamovna Nodiraxon Rafikova geografiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim. SamDU ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida 2024 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2020 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06 Ilmiy kengashda “Tabiat va jamiyat munosabatlarini optimallashtirishning ekologik-geografik asoslari” mavzusida 11.00.05-Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi bo‘yicha geografiya fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Nodiraxon Rafikova tomonidan 50 dan ortiq ilmiy maqolalar hamda 2 ta o‘quv qo‘llanma chop etgan. |
|
Keldiyarova Gulmira Farxodovna
Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, (PhD). 2021-yildan boshlab SamDU Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2021-yilda “Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalaridan hosil bo’ladigan zararli moddalarning atrof-muhitga ta’sirini baholash” mavzusidagi falsafa doktori ilmiy darajasini olish bo’yicha ilmiy ish yoqladi. Gulmira Keldiyarova tomonidan 1 monografiya, 1 o‘quv – uslubiy qo‘llanma, 70 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi. Xalqaro va mahalliy konferensiyalarda 45 dan ortiq maqolalari nashr etilgan. Jumaladan, 3 ta patentni qo’lga kiritgan. Scopus jurnallarida 5 maqolasi e'lon qilingan.
|
|
Suyarov Sulton Allaberdiyevich
2022-yildan boshlab, Samarqand davlat universiteti ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Sulton Suyarov muallifligida jami 20 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan 1 ta tavsiya muallifi. Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda 1 maqolasi e'lon qilingan. https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57224823529 |
|
Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi tarixi
1997-yilning avgust oyida SamDU rektori vazifasida faoliyat olib borgan akademik J.Sattorovning tashabbusi bilan ilk bor “Tuproqshunoslik va ekologiya” fakulteti sifatida ochilgan. Bu fakultet Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo‘lib, keyinchalik uning tarkibida SamDU biologiya fakultetiga qarashli ekologiya, tabiatni muhofaza qilish va o‘simliklarni uyg‘unlashgan tizimda himoya qilish kafedrasi negizida yangi yo‘nalishdagi ekologiya va tabiatni muhofaza qilis kafedrasi tashkil etildi. Kafedra 2001-yilda SamDU biologiya fakulteti tarkibiga birlashtirildi. 2005-yilda tuproqshunoslik va agrokimyo kafedrasi bilan qo‘shilgan holda ekologiya va agrokimyo kafedrasi nomi bilan yuritiladi. Kafedrani 1997-2011 yillarda professor Zuvayd Izzatullayev, 2011-2020-yillarda biologiya fanlari doktori, professor H.Boymurodov boshqardi. 2020-yildan boshlab ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi nomi bilan faoliyat ko’rsatib kelmoqda. |
|
Hozirgi kunda kafedrada 10 professor-o`qituvchi faoliyat olib bormoqda. Xalqaro hamkorlik: Kafedra tashkil etilgan kundan boshlab, uning a’zolari chet davlatlar oliygohlariga muntazam ravishda ilmiy aloqalarda bo‘lib kelmoqda. Bugungi kunda kafedraning Rossiya xalqlar do'stligi universiteti (RUDN), Ukrainaning Jitomir davlat pedagogika universiteti, Rossiya fanlar akademiyasi Zoologiya instituti, Belarus davlat universiteti, Tojikiston davlat meditsina universiteti, Tojikiston davlat universiteti, Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Irkutskiy davlat universitetlari bilan doimiy hamkorlik aloqalari bor. |
|
Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari Bakalavr 60710400 (5630100) – Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi o’qitilib kelinmoqda.
|
|
|
|
Magistratura
|
|
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar