Samarqand davlat universiteti genetika va biotexnologiya kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
genetika va biotexnologiya kafedrasi mudiri
Ruziyev Farid Ashurovich
Kafedra dotsenti. Genetika va biotexnologiya kafedrasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan genetik tadqiqotlar, xususan boshoqli ekinlarning sifat belgilari irsiylanishi, molekulyar darajadagi gen tahlillari bo‘yicha ilmiy faoliyat yuritib kelmoqda. “Bahorgi yumshoq bug‘doy turichi duragaylarida don sifat ko‘rsatkichlarning irsiylanishi” mavzusida b.b.f.d. PhD. ni himoya qilib, hozirda keyingi bosqichdagi ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqda. Pedagogik va ilmiy tadqiqotlari ishi natijasida 4 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta ilmiy maqola (Scopus, WoS), 40 dan ortiq tezislar nashr ettirgan.
Genetika va biotexnologiya kafedrasi a'zolari
Maxmudova Zahro Vahabovna
Biologiya fanlari nomzodi, professor. 1966-yildan buyon kafedrada faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Uzum genetikasi va seleksiyasi” mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Olima ilmiy izlanishlari yuzasidan ko‘plab maqolalar chop etgan, 1 monografiya, 2 darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratgan. |
|
Ismailov Zafar Fayzullayevich Biologiya fanlari nomzodi, professor. Universitetda biotexnologiya yo‘nalishining asoschisi. 1983-yilda "Tn1 transpozoning E. coli hujayrasida translyasiyasini genetik nazorat qilish" mavzusida nomzodlik va 1996-yilda "Tuproq bakteriyalarini genetik va biokimyoviy tadqiqotlari-fitogen mikrofloraning antagonistlari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1997-yildan hozirgi kunga qadar O‘zRFA Mikrobiologiya ITI, 2019-yildan Buxoro davlat universitetida doktorlik dissertatsiyalarni himoya qilish bo‘yicha Ilmiy kengash a’zosidir. 2001-yilda Germaniya, Isroil, va AQSH olimlari ishtirokida O‘zbekistonda biotexnologiyaga bag‘ishlangan «Achievements of biotechnology for the future of mankind» mavzusidagi birinchi xalqaro konferensiya tashkilotchisi, va genetika, biotexnologiya va biologiyaga oid dolzarb muammolar bo‘yicha MDH mamlakatlarida va nufuzli jahon jurnallarida 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, 1 darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etgan. https://doi.org/10.1128/JB.186.15.4986-4993.2004 https://doi.org/10.1128/aem.61.5.1720-1726.1995 https://doi.org/10.1007/s002849900037 |
|
Djabborov Ibrohim Shodmonovich
Biologiya fanlari doktori, professor. Markaziy Osiyo yumshoq bug‘doyi genofondidan seleksiyada foydalanish sohasida maqsadli ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda. 1992-yilda “Изучение популяции ржи по признаку псевдосамосовместимости” mavzusida nomzodlik, 2019-yilda “O‘zbekiston janubiy-g‘arbiy mintaqasidan qadimiy mahalliy bahorgi yumshoq bug‘doyning namunalari genetik va fiziologik xilma-xilligi” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. Olimning 55 dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilingan. |
|
Kan Svetlana Vladimirovna
Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1988-yilda “Исследования различных генетических тест-систем для оценки генотоксичности сотчных вод” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Svetlana Kanning ilmiy ishlari asosan ekologiya, tibbiyot, gen muhandisligi va biotexnologiya muammolariga bag‘ishlangan. Kafedraning ilmiy izlanishlari va bosh ilmiy mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etib keladi. Asosan bolalar va katta yoshdagi insonlarda uchraydigan onkologik kasalliklarning tashxisi bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot ishlarida qatnashib bugunga qadar 50 ga yaqin ilmiy maqolalar chop etgan va ko‘plab o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratgan. |
|
|
Alikulov Begali Saydullayevich Biologiya fanlari fanlari nomzodi (PhD), dotsent. Uning yaqin yillardagi ilmiy faoliyati choʻl va unga yaqin hududlardagi aholining energiya bilan ta’minlanishini barqarorlashtirish uchun muqobil energetik manbalarni tadqiq qilish hamda galofit o‘simliklar endofit bakteriyalarining biotexnologik potensialini aniqlashga asoslangan. Olim tomonidan O‘zbekistonning adir mintaqalarida keng tarqalgan, iqtisodiyot tarmoqlarida maqsadli foydalanilmaydigan ayrim galofit o‘simliklar muqobil energetik va endofit bakteriyalarning yangi manbasi sifatidagi potensialini baholash bo‘yicha keng qamrovli tadqiqotlar olib borilmoqda. Begali Alikulov tomonidan 1 monografiya, 18 ilmiy maqola, 30 ga yaqin tezislar chop etgan. 2 ta ixtiroga patent egasi. Begali Alikulov "O‘zbekiston cho‘l yaylovlaridan oqilona foydalanishning integrallashgan va ekologik samarali usullarini ishlab chiqish (Qarnobcho‘l misolida)" mavzusidagi amaliy va "Galofit o‘simliklar biomassasi va chorvachilik chiqindilaridan bioyoqilg‘ilar olishning kompleks texnologiyasini ishlab chiqish" mavzusidagi innovatsion loyihalar doirasidagi tadqiqotlarda faol ishtirok etib, loyiha natijalari asosida hammualliflikda cho‘l hududlardagi aholi xonadonlari va fermer xo‘jaliklariga joriy qilish uchun “Galofit o‘simliklar biomassasi va chorvachilik organik chiqindilaridan bioyoqilg‘ilar olishning kompleks texnologiyasi” bo‘yicha amaliy tavsiyanoma ishlab chiqqan va nashr qilgan. Olim samarali ilmiy ishlari bilan birgalikda, pedagogik faoliyatda ham bir qator yutuqlarga erishgan. O‘zining pedagogik faoliyati davomida 2 darslik, 3 o‘quv, 3 uslubiy qo‘llanmalarni chop etgan. |
Dushanova Gavhar Abdukarimovna Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 2006-yildan beri Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti genetika, biokimyo va fiziologiya kafedrasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 2018-yildan buyon Samarqand davlat universiteti genetika va biotexnologiya kafedrasi mudiri. 2006-yilda Samarqand shahar va Jomboy tumanida istiqomat qiluvchi aholi qonida immun tizim ko‘rsatkichlarini I va II darajali testlarda o‘rgangan, ushbu va immun tizimning genetik boshqarilishi, immunogenetik ko‘rsatkichlar gistomansublik antigenlarining I (A, V) va II (DR) sinflarini serologik uslublarda tadqiqot ishlarini o‘tkazib nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy tadqiqot ishlarini O‘zFA Immunologiya va inson genomikasi ITI va RF Ilmiy markazi-Immunologiya ITI da olib borgan. Gavhar Dushanovaning hozirgi kundagi ilmiy tadqiqot ishlari limfopoez hujayralari differensiatsiyasining epigenetik boshqarilishiga bag‘ishlangan. 50 dan ortiq ilmiy maqolalar, 1 monografiya, va 3 ta o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Gavhar Dushanovaning Scopus va Web of Science xalqaro bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan maqolalari: |
|
Niyozov Ulug‘bek Ravshanovich Kafedra assistenti. 2020-yildan beri genetika va biotexnologiya kafedrasida faoliyat yuritib keladi. “Dorivor o‘simliklarni mikroklonal ko‘paytirish texnologiyasini takomillashtirish va joriy etish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Ferula sumbulning dorivorlik xususiyatlari, tarqalish areali, biologik faol moddalari va mikroklonal ko‘paytirish xususiyatlari bilan shug‘ullanib kelmoqda. Mavzu yuzasidan 3 maqola va 5 tezis muallifi. |
|
Genetika va biotexnologiya kafedrasi haqida Genetika ilmiy maktabining tarixi “Genetika, seleksiya va darvinizm” kafedrasining tashkil etilishidan boshlangan. Kafedra 1948-yilda tashkil etilgan bo‘lib, birinchi kafedra mudiri S.Z.Jalilov edi. Olim rahbarligidagi ilmiy jamoa tut ipak qurti genetikasi va seleksiyasini o‘rganish sohasida ko‘plab ilmiy ishlar olib borishgan. Bu ilmiy maktab faoliyati 1965-yildan professor P.K.Soldatov tomonidan davom ettirilgan. Bunda taniqli genetiklar, jumladan Novosibirskda yangi tashkil etilgan Fanlar akademiyasi Sitologiya va genetika institutining xodimi V. V. Xoxlovalarning hissasi katta. Fanlar Akademiyasi Sitologiya va genetika institutida boshqa genetiklar va ilg‘or o‘quv kurslari bilan aloqalar Samarqand davlat universitetida Genetika ilmiy jamoasining shakllanishiga hissa qo‘shdi, uzum radiasiya mutagenezi bo‘yicha sitogenetik yo‘nalish va tadqiqotlar olib borila boshlandi. SamDU Genetika, seleksiya va darvinizm kafedrasida P.K.Soldatov rahbarligida olimlar, jumladan, Z.V.Maxmudova, A.A.Azizov, Yu.V.Voinov, V.B.Epshteyn A.K.Aleksanyan, R.S. Gaybullayeva, N.I. Davidenkolar tadqiqot ishlari olib borishdi va dissertasiyalar himoya qilishdi. Ular atrof-muhitni ifloslantiruvchi antropogen omillarning, jumladan, pestitsidlarning mutagen ta’sirini o‘rganish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishdilar. Bu vaqtda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy yo‘nalishi mutatsion va modifikasion o‘zgaruvchanlik muammolarining ilmiy asoslarini yaratishini qamrab olgan bo‘lib, bu borada olib borilgan ilmiy ishlar natijalari yoqlangan dissertasiyalarda o‘z ifodasini topgan. |
|
O‘tgan asrning 80-90-yillarda kafedra qoshida S.V.Kan, F.Ismailov, I.Davronov va boshqalar ishtirokida genetik monitoring va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar jadal olib borildi. 1983-1986-yillarda professor P.K. Soldatov rahbarligida ilmiy jamoa Eksperimental metrologiya instituti bilan birgalikda «Paxtachilikda qo‘llaniladigan pestisidlar va mineral o‘g‘itlarning mutagen ta’sirini o‘rganish» mavzusidagi xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha ilmiy ish olib borgan. Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari Bakalavr • Hujayra biologiyasi • Genetika • Biotexnologiya • Bioinformatika • Genomika asoslari • Biotexnologiyaga kirish |
|
• Agrobiotexnologiya • Nanobiotexnologiya -Tibbiyot biotexnologiyasi -BJJ -BTU -Gen va hujayra muhandisligi -Oqsillar va fermentlar muxndisligi -Biostatistika -Evolyusion nazariya -Sanoat biotexnologiyasi -Sitologiya va genetika asoslari -Mikrob biotexnologiyasi |
|
Magistratura -Biospesifiklik asoslari -Immunobiotexnologiya -Molekulyar biotexnologiya -Bioinformatika va genomika va asoslari -Nanobiotexnologiya -Zamonaviy genetika asoslari -Irsiyat va o‘zgaruvchanlik -Evolyutsion genetika -Biologik faol va dorivor moddalar olib biotexnologiyasi -Oqsillar va fermentlar muhandisligi |
Kafedra hayotidan fotolavhalar