Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi
Eshquvvatov Bekzod Beqqulovich
Samarqand davlat universiteti geografiya va
tabiiy resurslar kafedrasi mudiri
Bekzod Eshquvvatov geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2024-yildan Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. 2020-yil “Tog‘oldi tekislik va yoyilma landshaft komplekslarini mikrozonalashtirish hamda xo‘jalik maqsadlarida baholash” (O‘rta Zarafshon misolida) mavzusida 11.00.01 ‒ Tabiiy geografiya ixtisosligidan geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2004 yildan buyon Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasida laborant, assistent, katta o’qituvchi, dotsent, geografiya va ekologiya fakulteti dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 80 dan ortiq ilmiy maqolalar, shu jumladan o’quv qo’llanmalar, va elektron darslik muallifi.
Bugungi kunda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida B.B.Eshquvvatov “Umumiy tabiiy geografiya” “Topografiya, kartografiya va GAT”, “Biogeografiya”, “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi”, “Geosistemalar nazariyasi” kabi fanlardan geografiya yo‘nalishi talabalari va magistrlariga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda.
B.B.Eshquvvatovning asosiy ilmiy izlanishlari landshaftlardan xo’jalikda oqilona foydalanish hamda ularni baholash, kichik daryo va soy oqimlari hosil qilgan konussimon yoyilmalarni tadqiq qilish, soy xo’jaliklarini rivojlantirish, landshaftlarni rayonlashtirish va GIS dasturlari asosida kartalashtirish hisoblanadi. Hozirgi kunda “Janubi-g‘arbiy O‘zbekiston tog‘ va tog‘ oldi tekislik hamda yoyilma landshaft komplekslarini mikrozonal differentsiyatsiyalanishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda. Shu sohada 1 monografiya, 15 dan ortiq ilmiy maqolalari respublikamiz OAK jurnallari va xorijning nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan.
Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi a’zolari
Abdulqosimov Ali Abdulqosimovich Geografiya fanlari doktori, professor. 1959-yildan Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda. Professor Ali Abdulqosimov 5 darslik, 10 dan ortiq oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar muallifi. Shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 200 dan ortiq maqolalar e’lon qilgan. Xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 150 dan ortiq tezislar bilan ishtirok etgan. |
|
Nazarov Xolmirzo Tirkashevich Nazarov Xolmirzo Tirkashevich biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1960 yilda Samarqand viloyatida tug’ilgan. 1983 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 1983 yilda Samarqand davlat universitetini tugatib, Universitet yo‘llanmasi bilan Butunittifoq Qorakulchilik ilmiy – tadqiqot institutiga ishga yuborildi. Dastlab institutning introduksiya bo‘limida katta laborant vazifasida ishlagan. 1984 – yilda institut qoshidagi “Seleksiya va urug‘chilik” ixtisosligi bo‘yicha aspiranturaga tanlov asosida qabul qilindi va 1987 yilda aspiranturani tugatgan. 1993 yilda Sankt – Peterburgdagi Butunittifoq o‘simliklar ilmiy – tadqiqot institutida “Cho‘l – yaylov ozuqabob o‘simliklarini O‘zbekiston tog‘ oldi chala cho‘llarida qiyosiy baholash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi. 1993 - 1996 yilda Samarqand davlat universiteti Tabiiy geografiya kafedrasi o‘qituvchisi. 1996 - 2000 yillarda Samarqand davlat universiteti Geografiya fakulteti dekan o‘rinbosari. 2001 - 2002 yillarda Samarqand viloyat o‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi boshqarmasi bosh mutaxassisi. 2008 - 2011 yilda Samarqand davlat universiteti Tabiiy geografiya va geoekologiya kafedrasi dotsenti. 2011-2019 yillarda Samarqand davlat universiteti Geografiya kafedrasi mudiri. Hozirgi kunda geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Xolmirzo Nazarov ilmiy faoliyati davomida 1 sort(«Nortuya»), 1 daslabki patent, 2 ta oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar muallifi boʻlgan. Shuningdek, Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 300 dan ortiq maqolalar e’lon qilgan. Xalqaro hamda Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalarida 130 dan ortiq maqolalar bilan ishtirok etgan. |
|
Mamajanov Rasuljon Ibragimovich +99893 3366353 rasul.mamajanov@mail.ru Rasuljon Mamajanov geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2022-yildan Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. 2021-yil “O‘rta Zarafshon havzasining elektr energiya beradigan shamol resurslari va ularni kartalashtirish” mavzusida geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi (PhD)ni himoya qilgan. |
|
Davronov Kamoliddin Qulpiddinovich Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1994-yildan mazkur kafedrada turli lavozimlarda faoliyat yuritib keladi.
|
|
Rafikov Vahob Asomovich Vahob Rafikov geografiya fanlari doktori, professor. SamDU geografiya va tabiiy resurslar kafedrasida 2024 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Quruqlik gidrologiyasi, suv resurslari, gidrokimyo ixtisosligi bo‘yicha “Эффекты электроимпульсного воздействия на гидрохимические поля орошаемых массивов” mavzusida bajarilgan dissertatsiyasini 1999 yilda himoya qilgan. |
|
Ganiyev Ziyodulla Akramovich Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi dotsenti. Geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). Samarqand davlat universitetida 2013-yildan faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Amudaryo hozirgi deltasi geotizimlari ekologik holatini yaxshilashning geografik asoslari” mavzusida geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ziyodulla Ganiyev ilmiy faoliyati davomida 1 monografiya, 1 oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar muallifi. Shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 20 dan ortiq maqolalar, 30 dan ortiq tezislar e’lon qilgan. Hozirgi kunda Ziyodulla Ganiyev “Orolqum cho‘lining cho‘llanish qonuniyatlari va rivojlanish tendensiyalari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. |
|
Jo‘raqulova Dilbar Xayrullaevna Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi o‘qituvchisi, dotsenti. Geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). Samarqand davlat universitetida 2006-yildan faoliyat yuritib keladi. 2023-yilda “Antropogen landshaftlarning shakllanishini tarixiy-genetik davrlashtirish (Surxondaryo havzasi misolida)” mavzusida geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Dilbar Jo‘raqulova ilmiy faoliyati davomida 1 monografiya, 4 o‘quv-uslubiy qo`llanmalar muallifi hisoblanadi va yetakchi xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. Jumladan, Scopus bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallarda 4 maqola chop ettirgan. Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 60 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan Scopus va Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari |
|
Fozilov Azamat Sobirovich Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi dotsenti. Samarqand davlat universitetida 2015-yildan faoliyat yuritib keladi. 2023-yilda “Ohangaron havzasi yer osti suv resurslariga Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ta’sirini baholash” mavzusida geografiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvafaqqiyatli himoya qildi. Azamat Fozilov hozirgi kunda “Ohangaron havzasida texnogen jarayonlarning atrof-muhitga salbiy ta’siri va optimallashtirish choralari” mavzusida Doctor of Science (DSc) dissertatsiyasini yozish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Azamat Fozilovning Scopus va Web of science ma’lumotlar bazasiga kiruvchi jurnallarda 7 ta maqolasi e’lon qilingan va faoliyati davomida 1 oʻquv-uslubiy qoʻllanma muallifi. Shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 20 fa yaqin ilmiy maqolalar, 15 dan ortiq tezislar e’lon qilgan. |
|
Sabirova Nilufar Tairovna Geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. Samarqand davlat universitetida 2009-yildan faoliyat yuritib keladi. 2020-yilda “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining landshaftlar transformatsiyasiga ta’sirini baholash va geoekologik vaziyatini optimallashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Nilufar Sabirova ilmiy faoliyati davomida 1 monografiya, 1 o‘quv-uslubiy uslubiy koʻrsatmalar nashr ettirgan. Xalqaro va respublika ilmiy jurnallarda 20 dan ortiq maqolasi e’lon qilingan. 30 dan ortiq konferensiya va simpoziumlarda tezislari bilan ishtirok etgan. Аsosiy ilmiy yoʻnalishi tabiiy geografiya, landshaftshunoslik, limnologiya, GIS, masofaviy zondlash, geoekologiya hisoblanadi. |
|
Valiyeva Shaxnoza Islomovna Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi dotsenti Samarqand davlat universitetida 2017-yildan beri faoliyat yuritib keladi. Shaxnoza Valiyevaning Scopus va Web of Science bazalarida indekslanadigan ilmiy jurnallarda 2 ta maqolasi e’lon qilingan. 30 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy konferensiyalarda tezislari bilan ishtirok etgan. 2023-yilda “Samarqand viloyati joy nomlarining tabiiy geografik xususiyatlari” mavzusida geografiya fanlari boʻyicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ayni vaqtda “O’zbekiston viloyatlari geografik obyekt nomlarini toponimik tahlil” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda
|
|
Xudoyberdiyev Oxunjon Istam o’g’li Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi assistenti Xudoyberdiyev Oxunjon Istam o’g’li. Samarqand davlat universitetida 2023-yildan faoliyat yuritib keladi. Oxunjon Xudoyberdiyev ilmiy faoliyati davomida, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 10 dan ortiq maqolalar chop etilgan. Hozirgi vaqtda “Malik cho’lining landshaft-meliorativ holati va geoekologik muammolari” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. |
|
Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi haqida Samarqand davlat universiteti geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi 1934-yilda Geologiya-geografiya fakulteti qoshida umumiy tabiiy geografiya kafedrasi sifatida tashkil topgan. Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasining shakllanishi va rivojlanishida turli yillarda V.A.Lopato, K.F.Kondratyeva, Ya.A.Leven, N.I.Leonov, M.U.Umarov, Z.Sultonov, L.A.Alibekov, S.B.Abbasov, X.T.Nazarovlar, Q.S.Yarashev va R.I.Mamajanovlarning xizmatlari kattadir. Bugungi kunda geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi professor-o‘qituvchilari «Janubi-G‘arbiy O‘zbekiston geosistemalarini xaritalashtirish, ulardan foydalanish va ekologik baholash» mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari Janubi-G‘arbiy O‘zbekiston tabiati, tabiiy resurslardan rasional foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, geoekologik muammolar, landshaftlarni inson hayoti uchun optimallashtirish, tabiatdagi bo‘lajak o‘zgarishlarni bashoratlash kabi masalalariga qaratilgan. Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi professor-o‘qituvchilari 1995-yildan boshlab respublikamizda birinchilardan bo‘lib xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Kafedra professori A.Abduqosimov boshchiligida Yevropa Ittifoqining Tasic dasuri doirasidagi xalqaro loyihada qatnashgan. 1995-1998-yillar davomida turizm, urbanizm, shahar transporti va shahar ekologiyasi muammolari bo‘yicha Yevropaning nufuzli oliy o‘quv yurtlari va markazlari bilan jumladan, Bryusseldagi La-Kambra oliy arxitektura instituti (Belgiya), Kotoloniya politexnika universiteti (Ispaniya), Milan politexnika universiteti (Italiya) xodimlari bilan ilmiy hamkorlikda tadqiqot ishlarini olib borgan. |
|
Loyiha doirasida kafedra xodimlari Bryussel La-Kambra oliy arxitektura institutida uch oylik xalqaro malaka oshirish kurslarini tamomlagan, 3 kishi 1997-yilda Milan politexnika universitetida axborot texnologiyalari bo‘yicha 6 oylik malaka kurslar va seminarlarda ishtirok etib xalqaro sertifikat sohibi bo‘lishgan. Kafedrani ko‘p yillar boshqargan professor Lafas Alibekov bir necha yillar davomida NATOning atrof-muhit muhofazasi komissiyasi a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Ilmiy tadqiqot sohalaridagi xizmatlari inobatga olinib Lafas Alibekovga "O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi" unvoni berilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlarini bajarishda ham faol ishtirok etgan. Jumladan, dotsent Rasul Mamajanov “Samarqand viloyatining o‘lkashunoslik atlasini tuzish”, Samarqand viloyatining “Atrof-muhit muhofazasi”, “Ekologik”, “Ichimlik suvlar sifati”, “Maishiy xo‘jalik chiqindilarining tarqalishi”, “Yangi stasionar postlar yordamida Samarqand viloyatining elektr energiya beradigan shamol resurslarini o‘rganish va kartasini tuzish” bo‘yicha loyihalarda, dotsent X.Nazarov “Zarafshon vodiysining rekreasiya, turistik va ekologik kartalarini tuzish” mavzusidagi grantlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajargan. |
|
Kafedra xorijiy davlatlar bilan aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Slupskdagi Pomeraniya akademiyasi (Polsha), Ruminiyaning Aleksandr Ioan Kuza universiteti (Ruminiya), Moskva davlat universiteti, Oltoy davlat universiteti, Shimoliy Kavkaz Federal universiteti, Chuvash davlat universiteti (Rossiya), O‘sh davlat universiteti (Qirg‘iziston), Qozog‘iston milliy pedagogik universiteti (Olmaota), Boku davlat universiteti (Azarbayjon) va ko‘plab xorijiy Ruminiya, Chexiya, Slovakiya davlatlarining oliy o‘quv yurtlari va markazlari bilan aloqalar o‘rnatilgan. So‘nggi yillar davomida kafedra xodimlari tomonidan 150 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar, 6 ta darslik, 14 ta o‘quv qo‘llanma va 10 ta monografiya nashr ettirildi. Ushbu ilmiy tadqiqot natijalaridan respublikamiz barcha oliy o‘quv yurtlarida foydalanib kelinmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 1 ta fan doktori, professor, 3 ta fan nomzodi, dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi va 3 nafar assistentlar faoliyat yuritishmoqda. Kafedrada o‘rindoshlik asosida xorijiy Rossiya, Qirg‘iziston, Hindiston davlatlari professor-o‘qituvchilari ishga qabul qilingan. Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasida 5A140602-Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha) yo‘nalish bo‘yicha magistratura mavjud bo‘lib, bugungi kunda 30 nafar magistrant tahsil olmoqda. Kafedra qoshida «Joy plani va mo‘ljal olish» nomli talabalar ilmiy to‘garagi faoliyat yuritib kelmoqda. To‘garakka geografiya bo‘limining 50 ga yaqin talabalari a’zo hisoblanib, ular o‘zlarining dolzarb mavzulari bilan ma’ruza qilib kelmoqda. |
|
Kafedrada oʻqitiladigan fan dasturlari Bakalavr Yer bilmi asoslari Umumiy yer bilimi Geografiyada amaliy mashg‘ulotlar Inson va tabiat Geoekologiya asoslari Topografiya kartografiya va GIS Geografiya tarixi va metodologiyasi Toponimika Landshaftshunoslik Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi Antropogen landshaftshunoslik Tabiat va geografiya o‘qitish metodikasi Umumta’lim darsliklar mazmuni O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi O‘zbekiston tabiiy geografiyasi |
|
Geografik tadqiqot metodlari Amaliy geografiya Geografik rayonlashtirish asoslari Geografiyani o‘qitishda innovasion texnalogiyalar Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari Cho‘llanish muammolari Magistratura Geografiya tarixi, nazariyasi va metodologiyasi Geotizimlar haqida ta’limot Tabiiy fanlarda GIS texnologiyasi Amaliy landshaftshunoslik Global va regional geoekologik muommolar Tabiatdan foydalanish strategiyasi Barqaror rivojlanish konsepsiyasi Tabiiy geografik jarayonlar va ularni modellashtirish |
Kafedra hayotidan fotolavhalar