Samarqand davlat universiteti

 Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi mudiri
Usmanov Ma`rufdjan Rustamovich

+99890 4546408 usmonovmarufjon@samdu.uz, usmaruf1974@gmail.com

Ma’rufdjan Usmanov geografiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasida 1997-yildan faoliyat yuritib kelmoqda. 2003-yilda “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning mintaqaviy xususiyatlari (Samarqand viloyati misolida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2020-yildan ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi mudiri. Ayni paytda “Janubi-g‘arbiy O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning geografik xususiyatlari va istiqbollari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. Mazkur sohada 1 monografiya, 2 o‘quv qo‘llanma, 5 uslubiy qo‘llanma muallifi. 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari respublika OAK jurnallari va xalqaro nashrlarda chop etilgan.

Olimning asosiy ilmiy yoʻnalishi Janubiy-g‘arbiy O‘zbekiston mintaqasining turistik salohiyati va ulardan foydalanishning geografik xususiyatlari hisoblanadi.

 

                                                                                         Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi a’zolari

 

Kadirov Murodillo Aslamovich

kodirovmurodillo@gmail.com

Geografiya nomlari nomzodi, dotsent. 1994-yilda “Samarqand viloyatida aholi joylashuvining shakllanishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Murodillo Kadirov Samarqand viloyatida aholi va aholi punktlari joylashuvi, aholining milliy, ijtimoiy holati, yoshi, jinsiy tarkibi, aholining tabiiy va mexanik harakati, mehnat resurslari, urbanizatsiya jarayoni va shaharlar geografiyasi, qishloqlar geografiyasi, aholi joylashuvining hududiy tiplari yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi.

 “Turon” fanlar akademiyasining faxriy akademigi. 1 o‘quv qo‘llanma, 4 monografiya, 7 uslubiy qo‘llanma va 100 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.

Bugunga qadar Scopus va Web of Science bazalari ilmiy nashrlarida 3 maqolasi e’lon qilingan. Faoliyati davomida 50 mahalliy ilmiy jurnalllarda maqolalar e’lon qilgan. 70 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy konferensiya va simpoziumlarda tezislari bilan ishtirok etgan.

Scopus va Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari:

 

Muxamedov  Odil  Lapasovich

muxamedovodil@samdu.uz

Geografiya fanlari nomzodi, dotsent. 2001-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritadi. 2007-yilda “Aholi tabiiy harakatining hududiy tafovutlari (Samarqand viloyati misolida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.    

Odil Muxamedov shu kungacha 1 darslik, 2 monografiya, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan. “Qishloq joylar demografiyasi” monografiyasi muallifi.  2017-yildan  “Aholi tabiiy xarakatining hududiy tafovutlari (Samarqand viloyati misolida) mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Jumabayev Tashpulat

jumaboyevtoshpulat@samdu.uz

Geografiya fanlari nomzodi, dotsent. 1968-yildan Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. 1969-yilda “Sangzor havzasiga qarashli landshaftlarda yer tiplari va ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanish” mavzusida nomzodlik ishini himoya qilgan.   

Toshpulat Jumabayev O‘zbekiston Geografiya jamiyatining faol a’zosi, hozirgi Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyati hududlarini qamrab olgan Janubiy-g‘arbiy O‘zbekistonning tabiiy resurslari va ulardan xalq xo‘jaligida foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi.

Olim faoliyati davomida 2 o‘quv qo‘llanma, 10 ga yaqin uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar muallifi. 100 dan ortiq ilmiy maqolalari respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan.

Ibragimov Lutfullo Ziyodullayevich

ibragimovlutfullo@gmail.com

Geografiya fanlari doktori, professor. 2013-yildan Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritadi. 2017-yilda nomzodlik, 2022-yil doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. “Janubiy-g’arbiy O’zbekistonda aholi bandligining iqtisodiy geografik xususiyatlari” yo‘nalishida ilmiy faoliyat olib boradi.  

Lutfullo Ibragimov faoliyati davomida 1 monografiya, 5 uslubiy va 2 o’quv qo’llanma, 2 darslik muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda 60 dan ortiq ishlari e’lon qilingan.

Scopus va Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari:

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85122563978&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85078724215&origin=resultslist&sort=plf-f

Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya kafedrasi haqida

1961-yilda Samarqand davlat universitetining geografiya kafedrasi bazasida iqtisodiy geografiya kafedrasi ochiladi. Kafedra tashkil topgan yillari F.Baxriyev kafedra mudiri bo‘lib ishlagan. 1961-yildan Leningrad injenerlik-iqtisodiyot institutidan kelgan olim dotsent Sergey Fedorovich rahbarlik qilgan.

Bu davrda geografiya bo‘limida faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh mahalliy millat vakillaridan iborat bo‘lgan yosh olimlar Moskva davlat universitetiga aspiranturaga o‘qishga yuborildi. Ana shular ichida M.Xalimov, M.Umarov va boshqa yosh o‘qituvchilar borgan edi. Ular yosh olimlar hisoblanib, o‘z vaqtida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib kelgan. 1975-1981 yillar davomida kafedra mudiri sifatida G‘.Ashurov faoliyat olib bordi. O‘sha yillari kafedrada ta’lim tarbiya ishlari bilan birga ilmiy tadqiqot ishlari borasida ham katta o‘zgarishlar bo‘ldi.

2000-yildan N.Mamatqulov kafedra mudiri lavozimiga saylandi va 2009-yilgacha shu lavozimda samarali faoliyat olib bordi. Bu davrda kafedra ilmiy salohiyati yanada oshirishga erishildi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillarida jahon ilm-fani yutuqlarini o‘rganish maqsadida xorijiy davlatlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Jumladan, Yevropa Ittifoqining “Tasis” Tempus dasturi bo‘yicha urbanizatsiya jarayonini tartibga solish, shaharsozlik muammolari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordi hamda Yevropa davlatlarida ilmiy safarlarga borishga erishdi.

Kafedraning xorijiy aloqalarini mustahkamlashda 2011-2015-yillar davomida mudirlik vazifasini bajargan dotsent M.Usmonovning mehnatlari beqiyos bo‘ldi. Shu yillar davomida xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy aloqalarni yaxshi yo‘lga qo‘yishga harakat qilindi. Jumladan, Ruminiya, Chexiya, Latviya kabi davlatlarga doktoranturaga va stajirovkaga iqtidorli yoshlar yuborildi. Jumladan, dotsent L.Z.Ibragimov 2014-2017-yillarda Yevropa Ittifoqining Erasmus Mundus dasturi SILKROUTE loyihasi doirasida Ruminiyaning Aleksandr Ioan Kuza universitetida  “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, 2017-yil PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Shuningdek, mazkur grant dasturi asosida 2014-2015 yillar davomida dotsent M.R.Usmonov ham faol qatnashib, Ruminiyaning Aleksandr Ioan Kuza universitetida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. Kafedra assistenti Z.Razikova 2015-yilda Yevropa Ittifoqining “Erasmus Mundus CASIA” grant loyihasida ishtirok etib, Chexiyaning “Chexiya qishloq xo‘jalik universitetining stajyor-tadqiqotchisi, 2016-yildan doktoranturasiga qabul qilinib, ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Kafedrada Moskva davlat universiteti bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Moskva davlat universiteti dotsenti M.D.Goryachko xorijlik o‘qituvchi sifatida kafedrada rus guruhlariga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda va ilmiy ishlarda hamkorlik qilmoqda. 

Bugungi kunda kafedra respublikamiz bo‘yicha ko‘pgina universitetlaridagi olimlar bilan ilmiy hamkorlikni ham yo‘lga qo‘ygan.
Hozirda kafedra professor o‘qituvchilar tomonidan darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va uslubiy ko‘rsatmalar chop etilgan. Kafedrada o‘tiladigan fanlarning hammasidan o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan. Shuningdek, kafedra o‘qituvchilari tomonidan “Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”, “Aholi geografiyasi demografiya asoslari”, “Shaharlar geografiyasi”, “Demografiya va Samarqand viloyati geografiyasi”, “Turizm geografiyasi”, “Xalqaro turizm geografiyasi”, “Jahon iqtisodiy geografiyasi”, “Nozogeografik vaziyatning hududiy jihatlari”, “Tibbiyot geografiyasi va global salomatlik”, “Siyosiy geografiya”, “Employment of population in Samarkand and its economic - geographical aspects” kabi darslik va o‘quv qo‘llanmalar chop etilgan. 
So‘nggi ikki yilda kafedrada 2 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta monografiya, 10 dan o‘quv uslubiy qo‘llanma va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun uslubiy ko‘rsatmalar yaratildi. Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan jahonning yuqori reytingli ilmiy jurnallarida 40 ga yaqin maqolalar, respublikamiz OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda 50 ga yaqin maqolalar nashr etildi. Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlarining bosh mavzusi  “Janubiy-g‘arbiy O‘zbekiston geosistemalarini barqaror rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy geografik xususiyatlari” deb nomlangan bo‘lib, u respublika hududlarini kompleks  rivojlantirishning ilmiy-nazariy va amaliy masalalariga bag‘ishlagan. “Ijtimoiy-iqtisodiy geografiya” kafedrasida asosiy shtatda 6 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda, shulardan 1 ta fan doktori, 5 ta fan nomzodi hisoblanadi. Kafedraning bugungi kundagi ilmiy salohiyati 100 % ga teng.

 Kafedrada oʻqitiladigan fan dasturlari      
Bakalavr

• Iqtisodiy-ijtimoiy geografiya
• Aholi geografiyasi va demografiya asoslari.
• Turizm geografiyasi
• Jahon iqtisodiy geografiyasi
• O‘rta Osiyo iqtisodiy geografiyasi
• O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasi
• Siyosiy geografiya
• Sanoat geografiyasi
• Servis geografiyasi             

Magistratura
Servis geografiyasi
Xalqaro turizm geografiyasi
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya metodologiyasi
Geodemografiya va mehnat bozori
Iqtisodiy geografik statistika
Nozogeografiya

Kafedra hayotidan fotolavhalar