Samarqand davlat universiteti

Ingliz tili, tilshunosligi va adabiyoti  kafedrasi mudiri

Surena Zanjani

+998944740482
kymya6099@6099@yahoo.com

    Ingliz adabiyoti bo'yicha fan doktori (DSc). 2024-yildan beri Samarqand davlat universiteti iIngliz tili, tilshunosligi  va adabiyoti kafedrasida faoliyat yuritadi. 

    Surena Zanjani 2022-yilda “Adabiyotda sassiz tovushlar (Shekspirning Qish ertagi va O. Uayldning "Salome" asarlari femenistik tadqiqi )” mavzusida fan doktorligini (DSc) himoya qilgan. Faoliyati davomida 3 ta kitob,  2 o‘quv qo‘llanma va 20 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi.

 

Ingliz tili tilshunosligi va adabiyoti kafedrasi a’zolari

 

 

Atayeva Gulbaxor Mirsafayevna

atayeva.gulbaxor@samdu.uz

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU ingliz tili kafedrasida 1980-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1990-yilda "Междоменные единицы в фразеологии" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.  10 o‘quv, uslubiy qo‘llanma va 50 dan ortiq maqolalar muallifi. 1  maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnalda e’lon qilingan.

 

 

Isakova Nodira Azzamovna
isakovanodira4@gmail.com

 

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2005-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Ingliz tili,tilshunosligi va adabiyoti  kafedrasida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. 2021-yilda “Mustaqillik yillarida o‘zbek tiliga kirib kelgan xorijiy so‘zlarning tarkibiy-mazmuniy tahlili (“Xalq so‘zi” gazetasi materiallari asosida)” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.Faoliyati davomida 1 monografiya, 1 o‘quv qo‘llanma va 10 uslubiy qo‘llanma, va 2 ta darslik  muallifi. Shuningdek, olima bugungi qadar 12 dan ortiq  Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda hamda boshqa nashrlarda 40 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

https://scholar.google.com/citations?user=IFrI5msAAAAJ&hl=en

 

 

Ruziyeva Sitora Asrorovna

    

 Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent. 2014-yildan beri Samarqand davlat universiteti ingliz tili  kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlab keladi. 2020  yilda “ KONSEPT « КОНЦЕПТ «СЕМЬЯ» И ЕГО ОТРАЖЕНИЕ В АНГЛИЙСКОЙ И УЗБЕКСКОЙ ЯЗЫКОВЫХ КУЛЬТУРАХ”  mavzusida (PhD) filologiya fanlari falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.  1 o‘quv qo‘llanma va 6  uslubiy qo‘llanmalar, 40  dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Olima bugunga qadar Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda 1 maqola e’lon qilgan.

 DOI: 10.5281/zenodo.7554332

     Urazkulova Aziza Anqayevna

urazkulovaaziza5@gmail.com

Ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1998-yildan buyon Samarqand davlat universiteti ingliz tili kafedrasida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. Aziza Urazkulova faoliyati davomida 3 uslubiy qo‘llanma muallifi. Shuningdek,  bugungi qadar 2 nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda hamda 30 dan ortiq boshqa nashrlarda ilmiy maqolalar e’lon qilgan. 

Rofeyeva Shohida Davronovna

 

Ingliz tili,tilshunosligi va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi  2019-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Ingliz tili,tilshunosligi va adabiyoti kafedrasida katta o'qituvchi lavozimlarda ishlab kelmoqda. 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Faoliyati davomida 7 nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. Hozirda Ingliz va o'zbek tillarida “bilim” konseptining semantik maydoniI va lingvomadaniy xususiyatlari mavzusida ilmiy tadqiqot olib boryapti.

Toxirova Sarvinoz Xusenovna

tkhirovasarvinoz29@gmail.com

Toxirova Sarvinoz SamDU Ingliz tili,tilshunosligi va adabiyoti kafedrasida 2018-yildan buyon ishlab keladi.  2024-yilda “Sadriddin Ayniy  asarlarining Yevropa adabiyotiga ta'siri va tarjimasi” mavzusida filologiya fanlari doktori (PhD) nomzodi bo'ldi

Sarvinoz Toxirova faoliyati davomida 1ta o‘quv qo‘llanma, 20 ta ilmiy maqola va 3 ta Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

Kadirova Feruza Rustamovna
firuza.kadirova.2020@mail.ru

Kadirova Firuza SamDU Ingliz tili,tilshunosligi va adabiyoti kafedrasida 2019-yildan buyon katta o‘qituvchi lavozimida ishlab keladi. Mustaqil tadqiqotchi sifatida ushbu mavzuda “Teaching English Reading skills to the students of higher education” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Firuza Kadirova faoliyati davomida xalqaro va OAK bazasiga kiruvchi jurnallarda 15 ga yaqin ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

Nurova Gulchexra Tishabayevna

gulanurova_19972@gmail.com

 2020-yildan beri SamDU Ingliz tili, tilshunosligi va adabiyoti kafedrasi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent lavozimida faoliyat yuritadi. 2024-yil 3-noyabrda "Qiyosiy adabiyot, qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi" bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borgan. Shu kunga qadar 15 xalqaro maqola, 2 ta manografiya chop etgan.

https://multijournals.org/index.php/excellencia-imje/indexvv

 

Sobirova Dilshoda Abrorovna
sabirovadilshoda368@gmail.com

 

1997-yildan buyon Samarqand davlat universiteti ingliz tili, tilshunosligi va adabiyoti  kafedrasida katta o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. "Ingliz tili darsida talabalarning kompitentligi" mavzusida tadqiqot olib bormoqda.  1 darslik, va 10 uslubiy qo‘llanma, va 50 dan ortiq  maqolalar  muallifi. 

link

Xushmurodova Shahnoza Shaymonkulova
khushmurodova.shakhnoza@gmail.com

 

Filologiya fanlari  doktori (DSc), dotsent. 2013-yildan buyon Samarqand davlat universiteti ingliz tili, tilshunosligi va adabiyoti  kafedrasida ishlab kelmoqda. 2024-yilda “Linguistic and Cognitive Features of the Secondary Language Identity Formation in Bilingual Students” mavzusida filologiya fanlari  doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Ispaniya,Ruminya, Buyuk Britaniya davlatlarida malaka oshirgan.1 darslik, 1 monografiya, 2 o‘quv qo‘llanma va 4  uslubiy qo‘llanma muallifi. 70 dan ortiq maqolasi xalqaro va mahalliy jurnallarda e’lon qilingan.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=Shakhnoza+Khushmurodova&btnG=

Saidova Aziza Davlatovna 


Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2006 yildan buyon kafedrada turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. 2024 yilda “Ilmiy-texnik terminlarning lingvosemiotik mavqei va yasalish jarayonlari (“ingliz tili misolida)” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.  4  o‘quv qo‘llanma va 3 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. 30 dan ortiq maqolasi xalqaro va mahalliy jurnallarda e’lon qilingan.

Rasulova Inobat Ilxomovna
  ilxomovna1992@gmail.com

SamDU ingliz tili,tilshunosligi va adabiyoti kafedrasida 2020-yildan buyon katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi. Inobat Rasulova  faoliyati davomida xorijiy jurnallarda 12 tadan ko'p  ilmiy maqolalar,1 ta o'quv qo'llanma va 1 ta uslubiy qo'llanma e’lon qilgan.

Samarqand davlat universiteti ingliz  tili kafedrasi haqida

Samarqand davlat universiteti ingliz   tili kafedrasi chet tili kafedrasi nomi bilan 1962-yil SamDU chet tillar fakulteti qoshida tashkil topgan. Bu kafedra fakultetlararo kafedra bo‘lib, asosan talabalarga ingliz  tilidan saboq bergan. Kafedraga dastlab professor L.A.Kletnova, katta o‘kituvchi R.M.Mamatov, dotsent B.T.Tursunov, keyinchalik professor A.M.Bushuy, professor Safarov Sh.S, dotsent A.N.Nurmuxamedov,  dotsent M.B.Begmatov, dotsent Atayeva G.M, dotsent T.S.Ismailov  mudirlik qilgan bo‘lsa, hozirgi kunda kafedrani professor R. Gargesh  boshqarmoqda.

Ingliz  tili kafedrasi o‘z faoliyati davomida M.M.Nusharov, A.M.Bushuy, B.T.Tursunov kabi taniqli professorlarni, A.Nurmuxamedov, Poshali Usmon kabi taniqli yetuk mutaxassislarni yetkazib berdi. Kafedrada dotsent L.L.Arustamyan, dotsent Yuzlikayeva A.M, dotsent D.I.Faxrutdinova, katta o‘qituvchilar: X.Mirmuxammedova, D.Sh.Mamajonova, K.Z.Xodjayeva, Kushshayeva M.S,  K.O.Mamadaliyevalar talabalarga ingliz tilidan saboq berganlar. Hozirgi kunda kafedrada Ravinder Gargyesh professor lavozimida,  G.M.Atayeva N.Isakova, Sh.Xushmurodova, S.Ruziyeva  dotsent lavozimida, N.Xolmurodova, B.Azizova, O.Umarova, S.Usmonov, K.Mahkamova, F.Negova, S.Sodikova, D.Sobirova, A.Urazkulovalar katta o‘qituvchi lavozimida,  M.Akabirova, N.Kuchimova, S.Toxirova, Sh.Rofeyeva, F.Kadirova, A.Burxanova, D.Rasulova, I.Rasulova, S.Xasanovalar o‘qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

 

Kafedra Yaponiyadan  kelgan o‘qituvchi Nozomi Kusaka talabalarga dars berib kelmoqda.

Kafedraning o‘qituvchilari xalqaro ilmiy konfrensiyalarda  o‘z maqolalari bilan muntazam ishtirok etib kelmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 26%.

Ingliz tili kafedrasi umumiy ilmiy mavzusi “Zamonaviy tilshunoslik masalalari va xorijiy tillarni o‘qitish uslubiyati” mavzusida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda kafedra ilmiy ishlarini saviyasini oshirish maqsadida so‘nggi uch yil davomida  3 ta monografiya,   20 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar yaratildi. Kafedra a’zolarining 100 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro konferensiya to‘plamlarida, 50 ta xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan. Kafedraning yosh assistentlari doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari

Bakalavr

  •  Ingliz tili
  •  Asosiy o‘rganilayotgan til
  •  Ingliz tili frazeologiyasi va stilistikasi
  •  Sohada yo‘naltirilgan ingliz tili
  •  Umumiy o‘rta ta’limda ingliz tili
  •  Ingliz tili adabiyoti va tarixi
  •  Amaliy grammatika
  •  Nazariy grammatika
  •  Stilistika
  •  Tarjimashunoslikka kirish.
  •  Amerika adabiyoti tarixi

 

Magistratura

  •  Badiiy tarjimaning kognitiv masalalari
  •  Qiyosiy adabiyotshunoslik kognitiv masalalari
  •  Fonetika fonologiya va umumiy tilshunoslik masalalari
  •  Amaliy badiiy tarjima
  •  Tarjima amaliyoti va badiiy tahlil
  •  Tarjimon mahorati va etikasi

Kafedra hayotidan fotolavhalar