SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI INNOVATSIYA VA TEXNOLOGIYALAR TRANSFERI 

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot sohalariga innovatsiyalar mexanizmlarini joriy etishni takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3698-sonli qarori hamda 2019-yil 11-yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiya yig’ilishi 3-sonli Bayonining 41-bandiga asosan ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, innovatsiyalarni transfer qilish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, universitet va ishlab       chiqarishning       samarali hamkorligini tashkillashtirish, xorijiy universitetlarning ta’lim uslubiyoti va ilg’or pedagogik texnologiyalarni hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tadbiq etish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Samarqand davlat universitetida “Xalqaro innovatsiya va texnologiyalar transferi” markazi tashkil etildi.

    Markazning rasmiy nomi:  Samarqand davlat universiteti “Innovatsiya va texnologiyalar transferi” 

    Markazning rasmiy sayti: http://transfer.samdu.uz/

    Samarqand davlat universiteti “Innovatsiya va texnologiyalar transferi” markazining boshlig’i fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Fayziyev Bekzodjon Murtazayevich

+998 (97) 915-10-78, fayzievbm@samdu.uz

Innovatsiya va texnologiyalar transferi markazining asosiy vazifalari

    Markazning asosiy maqsadi innovatsion faoliyatni rivojlantirish, universitet va ishlab chiqarishning samarali hamkorligini tashkillashtirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish.

    SamDU bazasida innovatsion va texnologik kichik korxonalar va kompaniyalar tashkil etish hamda grantlar asosida mablag’larni jalb qilish. Xorijiy universitetlarning ta’lim uslubiyotini va ilg’or texnologiyalarni respublika oliy ta’lim muassasalariga joriy qilish.

    Ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish strategiyasini ishlab chiqish, istiqbol texnologiyalarni baholash va marketing orqali intellektual mulkni boshqarish.

    Tayyor ishlanmalar va texnologiyalar bo’yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

    Ishlab chiqarish korxonalari bilan grantlar va kontraktlarni jalb qilishga ko’maklashish, intellektual mulkni boshqarish borasida maslahatlar berish.

    Innovatsion faoliyatni rivojlantirish va texnologiyalarni transfer qilish bo’yicha tadqiqotlar olib borish.

    Texnologiyalarni tijoratlashtirish masalalari bo’yicha seminar va konferensiyalar tashkil qilish.

    Texnologiyalar transferi sohasini samarali faoliyati maqsadida qo’shimcha resurslarni jalb qilish.

    Yosh mutaxassislarni ilmiy-texnik sohalarga jalb qilish uchun sharoitlar yaratish.

    Texnologiyalarni transfer yetish sohasida, innovasion loyihalarni biznes rejalarni tayyorlash, ITI natijalarning huquqiy himoyasini ta’minlash, potensial investorlarni izlashda konsultativ xizmatlar ko’rsatish.

    Patent-lisenzion, innovatsion tadbirkorlik va texnologiyalar transferi bo’yicha takliflar tayyorlash va kirish.

    Intellektual mulk obyektlardan foydalanish, ularni yaratish, himoya qilish bilan bog’liq masalalar to’g’risida hujjatlarni ishlab chiqish.

    Innovatsiya faoliyatini jadallashtirishga ko’maklashish, ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish maqsadida mahalliy va xorijiy texnologiyalar transferini tashkil yetish.

    Mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini tez va samarali hal qilish uchun ilmiy xizmat ko’rsatishni tashkil yetish va innovatsion loyihalarini shakllantirishda ko’maklashish.

Markazning huquqlari va majburiyatlari

    Universitetni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini aniqlash maqsadida davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, ishlab chiqarish korxonalaridan ma’lumotlar olish.

    Universitet rahbariyatiga intellektual mulk obyektlarini yaratish, himoya qilish va tijoratlashtirish faoliyatlari samaradorligini oshirish bo’yicha takliflarni kiritish.

    O’zbekiston Respublikasi qonunchilik aktlari talablarining yoki intellektual mulk sohasida kelishilgan majburiyatlarning buzilishi kuzatilganda, ularni bartaraf yetish uchun zarur bo’lgan choralarni ko’rish to’g’risida rahbariyatga ma’lumot berish.

    O’z kompetentlik doirasida va rahbariyatning topshirig’iga asosan SamDU nomidan tashqi tashkilotlar bilan ish olib borish.

Samarqand Davlat universiteti “Innovatsiya va texnologiyalar transferi markazi” ning faoliyati

    Samarqand davlat universitetining “Innovatsiya va texnologiyalar transferi markazi” bugungi kunga qadar reja asosida faoliyat olib bordi. SamDU olimlarining 69 ta ilmiy ishlanmalari bo’yicha ish olib borildi. Ishlanmalarning taqdimotlari yaratildi. Ularning taqdimotlari alohida veb sahifada (http://transfer.samdu.uz/) yoritildi va ularni amaliyotga tatbiq qilish bo’yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

    Universitet fakultet va kafedralaridagi ilmiy tadqiqot ishlanmalar umumlashtirilib, markaz bazasiga yig’ildi. Ulardan jami 12 ta loyihalar tanlab olinib viloyat hokimiyatiga moliyalashtirish uchun taqdim etildi.

    Jumladan, Aprabodiyon o’simligidan efir moyi olish texnologiyasi, Zararli moddalarni kamaytirish va hidsizlantirish texnologiyalarini joriy etish, Changlarni yuqori samarada ushlab qoluvchi matoli filtrli uskuna, Changsimon moddalarni suvli tozalash, Tuproqni mulchalash orqali innovatsion issiqxonalarda ekinlar xosildorligini oshirish texnologiyasini joriy etish, Sho’rlangan tuproqlar va ularning meleorativ xolatini ilmiy asosda yaxshilash zarurati, Marjumak (grechixa) yetishtirish texnologiyasi, To’ldiruvchi materiallar yordamida chang gazlarini tozalash uskunasi, Tabiiy gazdan aramatik uglevodorodlar olishda xorijiy texnologiyalarni mahalliylashtirishni kengaytirish zaruriyati, chiqindilarni qayta ishlash va kam chiqindili texnologiyalarni joriy etish, Asetilendan vinilasetat olish innavatsion texnologiyasi va ishlab chiqishni yo’lga qo’yish, tejamkorlik sug’orishning innovatsion texnologiyasiga ehtiyojning mavjudligi kabi loyihalar taqdim qilindi.

    Qishloq xo’jaligi, veterinariya va atrof-muhit muhofazasi sohasiga mo’ljallangan (Loyiha rahbari: Xoliqulov Shodi Turdiqulovich, qishloq xo’jalik fanlari doktori, professor) Tuproq xossalarini yaxshilash va tamaki hosildorligini oshirish uchun mulchalash agrotexnologiyasini joriy etish” loyihasi moliyalashtirildi. Moliyalashtirish hajmi qariyb 500 mln. so’mni tashkil etadi. Tamakini O’zbekiston sharoitida hosildorligi kam bo’lganligi va sifatini pastligi sababli dunyo bozoridagi xaridorgirligi ham yuqori emas. Bunda tamaki mahsulotning asosiy kamchiliklaridan biri unda uglevod va nikotin miqdorining kamligidir. Mulchalash agrotexnologiyasi natijasida tamakining hosildorligi o’rtacha 30% oshadi va uning sifati ham yaxshilanadi. Tamakining ildizlari yaxshi rivojlanadi bu holat tamaki tarkibidagi nikotin miqdorini oshishiga olib keladi. Bu esa tamakining jahon bozorida xaridorgirligini oshiradi. Yuqorida keltirilgan masalalar tamakichilikda dolzarb hisoblanadi.

SamDU Innovatsiya va texnologiyalar transferi markazi  xodimlari, prof-o’qituvchilar bilan hamkorlikda quyidagi ilmiy va amaliy ishlanmalari ishlab chiqarish korxonalari bilan shartnoma tuzilib moliyalashtirildi.

    Ekologiya kafedrasi katta o’qituvchisi E.Qurbonov “Texnologiya” XK korxonasi bilan “Loyiha qilinadigan inshoatlarda ekologik xujjatlarni ishlab chiqish” mavzusida 10.05.2019-31.12.2022 yillarga mo’ljallangan qiymati 20 million so’m bo’lgan shartnoma imzolandi.

    Ekologiya kafedrasi o’qituvchisi X.Boymurodov “Bo’ston Samarqand servis” shirkati bilan “Bo’stonsaroy Samarqand servis shirkati hududida obodonlashtirish va chiqindilar bo’yicha ekologik pasport ishlab chiqish” mavzusida 15.03.2020-31.12.2022 yillarga mo’ljallangan qiymati 50 million so’m bo’lgan shartnoma imzolandi.

    Huquqshunoslik va huquq ta’limi kafedrasi o’qituvchisi Quvondiqov Zokir MChJ  “Boydovur qo’sh servis” korxonasi bilan “MChJ  “Boydovur qo’sh servis” korxonasida shartnomaviy munosabatlarga oid hujjatlarni yuritishda huquqiy va ilmiy-metodik maslahat berish va xizmat ko’rsatish” mavzusida 25.10.2021-31.07.2021 yillarga mo’ljallangan qiymati 5 million so’m bo’lgan shartnoma imzolandi.

    Fizikaviy kimyo kafedrasi o’qituvchisi Tillyayev Abidjon “Samarqand viloyat xokimligi”  bilan “Termokley” mavzusida 15.12.2020-31.12.2021 yillarga mo’ljallangan qiymati 250 million so’m bo’lgan shartnoma imzolandi, va 250 million so’m SamDU hisob raqamiga o’tkazildi.

    Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi o’qituvchisi Sh.Xolikulov Narpay tumani "Maroqand sifat" MChJ bilan “G’o’za parvarishida agrobiotexnologik tadbirlarni o’tkazish tartibi” mavzusida 27.04.2021-30.12.2021 yillarga mo’ljallangan qiymati 10 million so’m bo’lgan shartnoma imzolandi.

    Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi o’qituvchisi B.Boboqulov Tayloq tuman hokimligi bilan “Tayloq tumanining 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo’nalishlari” mavzusida 01.06.2021-01.01.2022 yillarga mo’ljallangan qiymati 70 million so’m bo’lgan shartnoma imzolandi, va 70 million so’m SamDU hisob raqamiga o’tkazildi.

    Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi o’qituvchisi Fayzullayev Normurod “Sho’rtangaz kimyo majmuasi” MChJ bilan "Katalizator" ilmiy tadqiqot laboratoriyasini jihozlash mavzusida 15.12.2020-31.12.2021 yillarga mo’ljallangan qiymati 400 million so’m bo’lgan shartnoma imzolandi, va 400 million so’m SamDU hisob raqamiga o’tkazildi.

    Analitik kimyo kafedrasi professori E.Abduraxmonov AO SP “UzBAT AO” bilan “Utilizasiya nikotina v propanole” mavzusida 20.01.2021-31.12.2021 yillarga mo’ljallangan qiymati 12,5 million so’m bo’lgan shartnoma imzolandi, va 12,5 million so’m SamDU hisob raqamiga o’tkazildi.

    Samarqand shahrida joylashgan “COLOR FORSE” MJCh bilan lak-bo’yoq mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etish bo’yicha xo’jalik shartnomasi tuzildi. Hamkorlik natijasida “FARVEN” savdo belgisi ostida lak-bo’yoq mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.

    Markaz mutaxassislari tomonidan “Shaydo-med” xususiy klinika wyeb platformasi yaratildi va amaliyotga joriy qilindi. Shuningdek, HELPMED Shifoxonalar ish faoliyati va kasallik tarixini avtomatlashtirish orqali boshqarish tizimi yaratildi.

SamDU Innovatsiya va texnologiyalar transferi markazi xodimlari, prof-o’qituvchilar bilan hamkorlikda quyidagi tadbirlar o’tkazildi.

    Lyublin Texnologiya Universiteti (LTU) bilan hamkorlikda 2021 yil 23 apreldan boshlab "3D Digital Silk Road" NAWA loyihasi O’zbekistonning boshqa oliy o’quv yurtlari xodimlari uchun masofadan turib tashkil qilingan "Arzon narxlardagi skanerlardan foydalangan holda kichik artefaktlarni 3D skanerlash" veb-treninglari o’tkazildi.

    Trening doirasida ishtirokchilar LTU tomonidan Samarqand Davlat Universitetida (SamDU) yuborilgan “Rangevision NEO” skaneri bilan ishlashni o’rganishdi. Trening dorasida quyidagi ishlar kiradi: skaner bilan ishlash  ish joyini tashkil etish, ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotni qo’llab-quvvatlash, qurilmalarni kalibrlash, skanerlash jarayonini amalga oshirish va LTU mutaxassislari tomonidan SamDUda skanerlangan ma’lumotlarni qayta ishlashni tashkil etish. Trening LTU xodimlarining NAWA loyihasi doirasida O’zbekistonga birinchi ilmiy ekspedisiya oldidan vazifa bo’lib, global Covid-19 pandemiyasi sababli 2021 yil may oyida virtual ekspedisiya sifatida masofadan turib amalga oshirdi.

    2021 yil 14-23 avgust kunlari Lyublin texnologiyalar universiteti (Polsha), "3D raqamli Ipak yo’li" loyihasi doirasida (NAWA), O’zbekistonga tashrif buyurib, Doktor. Elżbieta Milos – loyiha menejeri, professor Jerzi Montusevich, professor Marek Milos, doktor Mariush Dzienkovski, doktor Marcin Barsch, doktor Kshishtof Dziedichlar tashrif chog’ida O’zbekiston tarix davlat muzeyi, Samarqand Mirzo Ulug’bek madrasasi, Samarqand Tillo-Kori madrasalarida bo’lib, ARTEC EVA, FARO Focus S 360 skanerlari yordamida madrasalarning 3D modellarini yaratish uchun hamkorlikda skanerlash ishlari olib borildi. SamDU va LTU xodimlari birgalikda SamDU muzeylaridagi tanlangan eksponatlarni skanerlash, so’ngra skanerlangan ma’lumotlarini LTU mutaxassislari tomonidan 3D modellar ko’rinishidagi eksponatlarning virtual to’plamini yaratishda foydalanish bo’yicha kelishuvga erildi. Shuningdek, Toshkent shahridagi O’zbekiston tarixi davlat muzeyi bilan eksponatlarning virtual to’plamini yaratish bo’yicha xo’jalik shartnomasi tuzish bo’yicha kelishuvga erishildi.

    Mini quyosh elektr stansiyalarini joriy etish hamda o’rnatish bo’yicha Germaniya texnologiyasi o’rganib chiqilib, ushbu texnologiyalarni O’zbekistonda joriy etish samaradorligini baholash bo’yicha tadqiqot o’tkazilib, loyiha tayyorlanmoqda, Shu bo’yicha Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan mini quyosh paneli yaqindan tanishib ish faoliyati o’rganildi.

    Samarqand viloyatining Nurobod hamda Qo’shrobot tumanlarida chorvachilikni rivojlantirish bo’yicha kerakli ma’lumot hamda fikrlar jamlanib, 50 ga yerni o’zshatirib, 100 bosh qoramol boqishga mo’ljallangan namunaviy chorvachilik fermasi loyihasi tayyorlandi.

    2021 yilning noyabr oyida Samarqand davlat universiteti Ilmiy-amaliy muzey-laboratoriyasi hamda Xalqaro innovatsiya va texnologiyalar transferi markazi xodimlarining Polsha Respublikasiga xizmat safarida bo’lib, unda Polshaning Lyublin texnologiyalar universitetida loyiha doirasida rejalashtirilgan ishlar davom ettirildi. Polshaning Lyublin texnologiya universitetida o’zbekistonlik hamkasblar bilan birgalikda o’tkazilayotgan “3D raqamli ipak yo’li” loyihasi doirasida “Kichik obektlarni skanerlash” mavzusida o’quv seminar-trening bo’lib o’tdi. Akademik almashinuv milliy agentligi (NAWA) tomonidan Akademik xalqaro hamkorlik dasturi doirasida o’tkazildi. O’quv seminarida loyiha hamkorlari bo’lgan O’zbekiston universitetlarining axborot texnologiyalari bo’yicha yetakchi mutaxassislari: M.Ulug’bek nomidagi Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Chirchiq davlat pedagogika instituti va Urganch davlat universiteti.  O’quv seminarida nazariy ma’ruzalar, Lab3D laboratoriyasida amaliy mashg’ulotlar, shuningdek, dala mashg’ulotlari (ya’ni Polshaning Kazemir shahridagi obektlarni skanerlash) o’tkazildi. Bundan tashqari, ishtirokchilar o’quv dasturidan tashqari YuNESKOning nomoddiy jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan jahonga mashhur o’zbek raqsi “Lyazgi”ning harakatlanish texnologiyasidan foydalangan holda 3D skanerlash sessiyasida ham ishtirok yetdilar. Bundan tashqari, o’quv-seminar ishtirokchilari o’z sayohatlari doirasida har yili o’tkaziladigan “Bioinformatika va tibbiyot yangiliklari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok yetdilar va taqdimotlar qildilar. Mazkur anjumanda SamDU ilmiy axborot kutubxonasi sharq qo’lyozmalari fondidan “XV asr tibbiyoti darsligi – Samarqanddagi Mirzo Ulug’bek madrasasiga” ilmiy ma’ruzasi muallifi mazkur fond rahbari M. Buzrukov taqdim yetildi. Ushbu loyiha Polsha Akademik almashinuv milliy agentligi (NAWA) tomonidan 2019 yilda qo’llab-quvvatlangan va 2021 yil oxirigacha bo’lgan davr uchun hisoblangan. Covidorm bilan bog’liq karantin tufayli loyiha 1 yilga uzaytirildi. O’tgan davr mobaynida loyiha ishtirokchilari tomonidan 3D skanerlash texnologiyasini o’rgatish va o’zlashtirish hamda ularni yangi texnologiya yordamida qayta ishlash, Toshkent, Samarqand, Urganch, Xiva, Chirchiq va boshqa shaharlardagi muzey ashyolari va me’moriy yodgorliklarini 3D skanerlash bo’yicha katta ishlar amalga oshirildi. o’tkazildi. Buning uchun polshalik mutaxassislar 3 ta ilmiy yekspedisiya tashkil yetishdi. Ularning ishida O’zbekiston oliy o’quv yurtlari vakillari ham ishtirok yetdi. Bundan tashqari, loyiha doirasida ilmiy konferensiyalar tashkil yetildi, 3 jildlik ilmiy monografiyalar, bir necha seminar-treninglar chop yetildi, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop yetildi. Ularning har biridan so’ng ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

    Loyiha yakunlangunga qadar ishtirokchilar Polsha va O’zbekistonda yana ikkita ilmiy anjuman o’tkazadi, Polshada fotoko’rgazmalar, samarqandlik kulolchilik rassomi Haydar Boturov asarlari va O’zbekiston milliy bosh kiyimlari virtual ko’rgazmasini tashkil yetadi.