Samarqand davlat universiteti nazariy va amaliy mexanika kafedrasi
Xasanov Askar Zabiyevich
+998979273733
Texnika fanlari doktori, profesor Askar Xasanov O‘zbekiston Respublikasi Geotexnika jamiyati prezidenti. Madaniy meros ob’yektlarini saqlashning geotexnik muammolari bo‘yicha xalqaro texnik kengash a’zosi. 1996 yildan Nyu-York geologiya fanlari Akademiyasining a’zosi. 2012 yilda Geotexnika sohasidagi ilmiy - amaliy ishlari uchun N. M. Gersevanov nomidagi, Rossiya tuproq mexanikasi, Geotexnika va poydevor qurilishi jamiyati medaliga sazovor bo‘lgan.
2022 yilda Geotexnika sohasidagi ilmiy-amaliy ishlari uchun T. J. Junisov, Qozog‘iston Geotexnika jamiyati medaliga sazovor bo‘lgan.
2022 yilda Geotexnika sohasidagi ilmiy-amaliy ishlari uchun Rossiya, Sibir Geotexniklari shirkatining medali bilan taqdirlangan.
Hozirgi vaqtda u SamDU "nazariy va amaliy mexanika" kafedrasi mudiri bo‘lib, ayni paytda "Geofundamentproyekt" MCHJ loyiha-qidiruv institutiga rahbarlik qiladi, u erda O‘zbekiston hududida sanoat va fuqarolik maqsadlari uchun murakkab, ba’zan noyob loyihalar amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining murakkab muhandislik - geologik sharoitlarida barpo etilgan 300 dan ortiq poydevor loyihalari va 10 dan ortiq patentlar muallifi. Profesor Askar Xasanov raxbarligida O‘zbekiston geotexnika muammolariga bag‘ishlangan 3 dan ortiq respublika va 5 dan ortiq xalqaro konferensiyalar o‘tkazgan. Bir qator o‘quv va uslubiy ko‘rsatmalar muallifi.
1) https://www.issmge.org/publications/publication/foundations-on-artificial-bases-stabilized-by-vertical-armo-elements-vae-with-a-seismic-protective-damping-layer
2) https://doi.org/10.1201/9780429351860
3) https://yo-1.ct.ntust.edu.tw:8887/tgssp/file/16ARC/file /ATC7-010.pdf
4) https://www.issmge.org/publications/publication/alternative-concepts-of-the-theory-of-strength-of-sand-soil
Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi a’zolari
Dusmatov Olimjon Musurmonovich Fizika-matematika fanlari doktori, professor. 1988-yildan buyon nazariy va amaliy mexanika kafedrasida faoliyat yuritib keladi. 2000-yilda “Математическое моделирование выброзащитных систем методами графов связи и их исследование” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Olimjon Dusmatov faoliyati davomida 3 oʼquv qoʼllanma, 3 monografiya, 15 uslubiy qoʼllanma, xorijiy va boshqa turdagi jurnallarda 100 ga yaqin ilmiy ishlar eʼlon qilgan. doi:10.1088/1757-899X/1030/1/012069 |
|
Abdullaev Obid Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1977-yildan buyon nazariy va amaliy mexanika kafedrasida faoliyat yuritib keladi. 1994-yilda “Murakkab shakldagi chiziqli elastiklik nazariyasi masalalarini aralash chekli elementlar metodi yordamida yechish usuli” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Obid Abdullaev 1 oʼquv qoʼllanma, 2 uslubiy qoʼllanma, xorijiy va boshqa turdagi jurnallarda 40 ga yaqin ilmiy ishlar eʼlon qilgan. |
|
Buranov Xudoyar Mahmadiyarovich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2000-yildan buyon nazariy va amaliy mexanika kafedrasida faoliyat yuritib keladi. 2010-yilda “Gisterezis tipidagi elastikdempferlovchi xarakteristikali va suyuqlikli boʼgʼinlarga ega boʼlgan tebranishlardan himoyalanuvchi sistemalarning ustuvorligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Xudoyar Buranov faoliyati davomida 1 oʼquv qoʼllanma, 6 uslubiy qoʼllanma, xorijiy va boshqa turdagi jurnallarda 40 ga yaqin ilmiy ishlar eʼlon qilgan. |
|
Nishonov Oʼtkir Аnjiboevich Fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD). Nazariy va amaliy mexanika kafedrasida 2002-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2019-yilda “Qobirgʼali plastinka va sferik qobiqlarning nochiziqli deformatsiyalanishi” mavzusida fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Oʼtkir Nishonov faoliyati davomida 1 oʼquv qoʼllanma, 3 uslubiy-koʼrsatma va 40 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 2 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar eʼlon qilgan. |
|
Xudayberdiev Zokir Bozorboevich Fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD), kafedra dotsenti. SamDU Muhandislik fizikasi instituti nazariy va amaliy mexanika kafedrasida 2012-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2019-yilda "Uch qatlamli kompozit plastinkaning nostatsionar tebranishlari" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Zokir Xudayberdiev faoliyati davomida 3 oʼquv qoʼllanmalar, xorijiy va boshqa turdagi jurnallarda 35 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 2 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar eʼlon qilgan. |
|
Xoliqov Dilshod Shukurullaevich Fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD). Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti nazariy va amaliy mexanika kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Doiraviy konussimon elastik qobiq va sterjenlarning nochiziqli simmetrik tebranishlari” mavzusida fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Xoliqov Dilshod faoliyati davomida 1 oʼquv qoʼllanma, 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar 2 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar eʼlon qilgan. |
|
Аbdurazzaqov Jamshid Norbutaevich abdurazzoqovjamshid2688@gmail.com Fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD). Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti nazariy va amaliy mexanika kafedrasida 2022-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Doiraviy silindrik elastik qobiq va sterjenlarning nochiziqli simmetrik tebranishlari” mavzusida fizika-matematika fanlari boʼyicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Jamshid Аbdurazzaqov faoliyati davomida 1 darslik, 20 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar eʼlon qilgan. |
|
Xudayberdieva Shohsanam Maxmudjon qizi Kafedra assistenti. 2018-yildan buyon SamDU nazariy va amaliy mexanika kafedrasida faoliyat yuritib keladi. “Doiraviy konussimon qobiqlar va sterjenlarning qovushoq siqiluvchan suyuqlik bilan oʼzaro nostattsionar taʼsirlashuvi” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi boʼyicha ilmiy izlanish olib bormoqda. Shohsanam Xudayberdiyeva faoliyati davomida 4 xorijiy va 9 respublika jurnallarida ilmiy maqola va tezislar eʼlon qilgan. |
|
Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi tarixidan Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi Samarqand davlat universitetining tarixiy kafedralaridan biridir. 1946-yilda professor I.S.Kukles tashabbusi bilan nazariy mexanika kafedrasi, 1950-yilda mexanika bo’limi tashkil etilgan. Kafedrada faoliyat olib borgan I.S.Kukles, fizika-matematika fanlari doktori professor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, O’zbekiston Respublikasi FA akademigi (1960 y.) darajasiga ega bo’ladi. |
|
Turli yillarda nazariy mexanika kafedrasida I.S.Kukles, X.R.Raximov, I.I.Shirov, N.A.Tubasov, M.B.Gukyamuxov, I.M.Dorfman, A.F.Jyutunji, B.U.Usmonov, L.M.Kucherenko, E.N.Rudenko, A.M.Matviyenko T.N.Nurov, J.Qayumov, O.M.Do’smatov, R.Sh.Indiaminov, A.Tilavov, F.A.Amirqulova, F.Sattorov, M.Raxmatovlar faoliyat ko’rsatishgan. Mexanika bo’limidan akademik T.Sh.Shirinkulov, professorlar: F.B.Badalov, K.Sh.Bobomurodov, H.T.To’rayev, A.I.Latipov, J.Akilov, B.X.Xo’jayorov, X.X.Xudoynazarov, O.M.Do’smatov va bir qancha fan nomzodlari dotsentlar yetishib chiqdilar. |
|
1977-1995-yillarda kafedrani dotsent T.N.Nurov, 1995-2013 yillarda texnika fanlari doktori, professor X.X.Xudoynazarov, 2013-2018 yillarda dotsent Sh.D.Berdiyevlar boshqarib kelishdi. 2018-yildan boshlab kafedraga professor X.X.Xudoynazarov kafedra mudiri etib tayinlandi. Hozirgi kunda kafedrada 10 nafar professor-o`qituvchi faoliyat olib boradi. Xalqaro hamkorlik: Kafedra tashkil etilgan kundan boshlab uning a’zolari chet davlatlar oliygohlariga muntazam ravishda ilmiy safarlarda bo‘lib kelmoqda. Bu an’ana hozirgi kunda ham davom etmoqda. Kafedra a’zolar O’zR FA, Moskva DU, Tomsk DU, Kaliforniya universiteti (AQSh), Okland universiteti (Yangi Zelandiya) olimlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. |
|
Kafedra a’zolari materiallarning aniqlashtirilgan fizik-mexanik xarakteristikalarini hisobga olishga asoslangan, konstruksiya va uning elementlarining, ayniqsa, modda strukturasining regulyarligi buzilgan lokal zonalarda, kuchlangan-deformatsiyalanganlik holati to’g’risida aniq ma’lumot beruvchi eksperimental-nazariy, yangi, mukammallashtirilgan metodlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, tekis va fazoviy sistemalarda armaturalarni optimal joylashtirish va effektiv loyihalash metodlari, o’rab turuvchi deformatsiyalanuvchi muhit, ichki va tashqi ideal va qovushoq suyuqliklar bilan o’zaro ta’sirlashuvchi silindrik qatlam, qobiq va sterjenlarning o’qqa nisbatan simmetrik va simmetrikmas tebranishlari nazariyalarini yaratish bilan shug’ullanadilar. |
|
Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari Bakalavr
|
|
Magistratura
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar