Samarqand davlat universiteti odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi mudiri
Kuziyev Mirzohid Sadulloyevich
+99894 287-43-26 mkuziev.4326@gmail.com
Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2015-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritadi. 2018-yildan Samarqand davlat universiteti odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi mudiri. 2018-yilda “Ratsionida ammoniylashgan ozuqalardan foydalanilgan echkilarning ovqat hazmi jarayonlari va mahsuldorligi” mavzusida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Faoliyati davomida 1 uslubiy qo‘llanma, 3 o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro ilmiy texnik bazaga kiruvchi jurnallarda 60 ga yaqin ilmiy maqolalar e’lon qilgan.
https://scholar.google.com/citations?user=qncotjEAAAAJ&hl=ru
DOI: 10.5958/2320-3188.2022.00011.0
Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi a’zolari
Rajamuradov Zayniddin Turabovich Biologiya fanlari doktori, professor. Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 2000-yildan faoliyat yuritib keladi. Hayvonlarning oziqlanishi, ovqat hazmi, fiziologiyasi, biokimyosi, mikrobiologiyasi hamda olinadigan mahsulotlar miqdori va sifatiga ta’sir mexanizmlari yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Zayniddin Rajamuradov faoliyati davomida 4 darslik, 6 uslubiy qo‘llanma, 6 o‘quv qo‘llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 120 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan. DOI: 10.5958/2320-3188.2022.00029.8; https://doi.org/10.4236/ojas.2022.123038; DOI: 10.5958/2320-3188.2022.00010.9 |
|
Safin Mars Gabdulxakovich
Biologiya fanlari nomzodi, professor. Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 1991-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib keladi. 1985-yilda mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Mars Safin faoliyati davomida 1 monografiya, 2 darslik, 17 uslubiy qo‘llanma, 15 o‘quv qo‘llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 15, respublika jurnallarida 165 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan. |
|
Rajabov Asatillo Irgashevich
Biologiya fanlari nomzodi, professor. Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 1974-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2000-yilda “Агроэкологическое аспекты и эффективность применения микроэлементов в табакаводстве Ургутского района” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Asatillo Rajabov faoliyati davomida 2 monografiya, 10 darslik, 6 uslubiy qo‘llanma, 21 o‘quv qo‘llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 50 va boshqa jurnallarda 125 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan. DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.627 DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.626
|
|
Aminjonov Sharifqul Abbosovich
Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1988-yilda “Возрастная динамика адаптивных реакций у детей и подростков по вегетативным показателям” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Sharifqul Aminjonov faoliyati davomida 5 monografiya, 15 uslubiy qo‘llanma, 1 o‘quv qo‘llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 9 va boshqa turdagi jurnallarda 70 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan. |
|
Bazarov Baxritdin Maxammadiyevich
Biologiya fanlari nomzodi, dosent SamDU odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 2000-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2002-yilda "Yozgi va qishki uyquga ketuvchi ayrim umurtqalilar vakillarida oliy nerv faoliyati, uyqu jarayonlari va ularning boshqariluvida bombezin neyropeptidining roli" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Baxritdin Bazarov faoliyati davomida 2 darslik, 1 monografiya, 6 uslubiy qo‘llanma, 3 o‘quv qo‘llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 45 va boshqa turdagi jurnallarda 110 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan. |
|
Ismayilova Marhamat Abdirashidovna
Biologiya fanlari nomzodi, dosent. SamDU odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 1996-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Marhamat Ismayilova 2012-yilda "Indusirlangan kanserogenez sharoitida gipo- va giperterioz holatini modellashtirishda timus involyutsiyasini o‘rganish" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Marhamat Ismayilova faoliyati davomida 1 monografiya, 4 uslubiy qo‘llanma, 1 o‘quv qo‘llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 30 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan. |
|
Ruziyev Yunus Samandarovich
Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 2006-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2002-yilda “Zarafshon vodiysida yashovchi emizikli ayollarda essensial gemopoetik mikroelement-temir almashinuvi” mavzusida falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Yunus Ruziyev faoliyati davomida 1 uslubiy qo‘llanma, 6 o‘quv qo‘llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 12 va respublika jurnallarida 60 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan. |
|
Hayitov Davron Gʻaybullayevich
Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 2005-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2019-yil “Quyon zotlari organizmining fiziologik-biokimyoviy va chidamlilik statuslariga noqulay omillarning ta’siri” mavzusida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Davron Hayitov o‘zining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida jami 80 dan ortiq, jumladan, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar, 50 dan ortiq xalqaro va respublika konferensiya materiallarida tezislar, hammualliflikda 1 darslik, 2 o‘quv qo‘llanma va 4 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etgan. |
|
Tojikulova Oysora Jurakulovna
Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2019-yilda "Og‘ir metallar ta’sirida indusirlangan mitoxodriya disfunksiyasi mexanizmlari va ularni o‘simlik birikmalari bilan korreksiyalash" mavzusida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. SamDU odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Oysora Tojiqulova faoliyati davomida 1 monografiya, xorijiy ilmiy nashrlarda 10 va respublika jurnallarida 34 maqola e’lon qilgan. |
|
Haydarov Dilovar Yaqubovich
Kafedra assistenti. SamDU odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi Dilovar Haydarov “Syellyulozalitik faollikka ega probiotikli ozuqaviy qo‘shimchalarning tovuqlar hazm jarayonlari va mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri” mavzusi doirasida tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Faoliyati davomida 1 uslubiy qo‘llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 3, respublika nashrlarida 20 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan. |
|
Raxmatova Nigora Botirovna Kafedra o'qituvchisi. Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasida 2013-yildan faoliyat yuritib keladi. "Probiotikli ratsionlarning quyonlar qonini morfo-biokimyoviy ko'rsatgichlariga va ularning mahsuldorligiga ta'siri" yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Raxmatova Nigora faoliyati davomida 1 uslubiy qo‘llanma, 2 o‘quv qo‘llanma, xorijiy ilmiy nashrlarda 40 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan. https://smujo.id/biodiv/article/view/17485
|
|
Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi haqida Samarqand davlat universiteti odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi 1934-yilda tashkil etilgan. Kafedra tashkil qilingan paytda kafedra mudiri lavozimida V. Popov ishlagan. 1944-yilda mazkur kafedra bilan biokimyo kafedrasi qo‘shilib odam hamda hayvonlar fiziologiyasi va biokimyosi deb nomlangan va kafedrani prof. P.Faktorovich boshqargan. 1970-yilgacha kafedrani professor Bahrom Yusupovich Hamraqulov boshqargan. Bu davrda kafedrada «Oziqlanish fiziologiyasi», «Elektrofiziologiya», «Gematologiya» hamda «Mikroyelementlar biokimyosi» bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan, ushbu ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha kafedrada Chianurov, Mamayeva, Ataullaxanov, Abdullayeva, Qodirova, Isaqov, Baqoyev, A.Sh. Tog‘aynazarov, M.Safin kabi taniqli professor-o‘qituvchilar o‘zlarining ilmiy tadqiqotlarini olib borgan. 1970-1972-yillarda kafedrani universitetning rektori lavozimida ishlagan, taniqli akademik Yo.X. To‘raqulov boshqargan. 1972-1993-yillarda kafedra mudiri lavozimida prof. M.Rish davom ettirgan va «O‘zbekistonning biokimyoviy mintaqalarida chorvachilikni rivojlantirishda mikroyelementlardan foydalanish» mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilib, «Mikroelementlar biokimyosi» muammoviy laboratoriyasini tashkillashtirgan. Taniqli olimning rahbarligida 6 nafar fan doktori va 60 nafarga yaqin fan nomzodlari tayyorlangan. |
|
1993-1998-yillarda kafedrani professor Y.Nuritdinov boshqargan. Bu davrda «Oliy nerv faoliyatining neyropeptidli boshqaruvi mexanizmi» mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. 1998-yilda kafedraga sobiq Samarqand davlat pedagogika instituti «Odam anatomiyasi va fiziologiyasi» kafedrasining qo‘shilishi munosabati bilan kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati yanada oshgan. 1999-2005-yillarda kafedrani professor M.O‘ralov boshqaragan. Bu davrda kafedrada «Hayvonlar biologiyasining evolyutsion, eko-fiziologik va biokimyoviy asoslari» mavzusida ilmiy izlanishlar olib borilib, kafedra a’zolaridan A.Rajabov (ilmiy rahbari prof. M.A. Rish), B.Bozorov (ilmiy rahbari prof. Y. Nuritdinov), G.Dushanova (ilmiy rahbari prof. N.Xayitova)lar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2005-yilda kafedraga genetika va biotexnologiya kafedrasi birlashtirildi va uning nomi fiziologiya, genetika va biokimyo kafedrasi bilan ataldi. 2005-2011-yillarda kafedraga dotsent M.G. Safin mudirlik qilgan. U kishi kafedrani boshqargan paytda professor M.Urolov bilan birgalikda №31.04 xalqaro grant loyihasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Shuningdek, shu davrda ya’ni 2009-yilda kafedra aspiranti M. Ioselevich nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Shu yillar davomida kafedrada 3 ta mutaxassislik (5A420105-Odam va hayvonlar fiziologiyasi, 5A420109-Biokimyo, 5A420110-Biotexnologiya) bo‘yicha magistratura mavjud bo‘lgan. |
|
Ushbu kafedrada bugungi kunda 1 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan nomzodi, professor, 3 nafar fan nomzodi dotsent, 4 nafar PhD va 3 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra a’zolari SamDTU, SamVMBI, O‘zMU, FarDU, AnDU, ToshPDU, GulDU, BuxDU, QarDU, TerDU, Navoiy va Jizzax pedagogika universitetlari kabilar hamda Fanlar akademiyasiga huzuridagi Mikrobiologiya ilmiy tekshirish instituti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo ilmiy tekshirish instituti, Isayev nomidagi Parazitologiya ITI, Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti va Veterinariya ilmiy tekshirish institutlarining tegishli laboratoriyalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan va tuzilgan shartnomalar doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari kabi tadqiqotchilari o‘zlarining tadqiqot ishlarini olib bormoqda, shu bilan birgalikda AQSHning “VetVittles” kompaniyasi, Akademik L. Ernst nomidagi Chorvachilik federal ilmiy tadqiqot markazi filiali Butunrossiya Hayvonlarning fiziologiyasi, biokimyosi va oziqlanishi ilmiy-tadqiqot instituti va Rossiya Fanlar Akademiyasining Butunrossiya parrandachilik ilmiy-tadqiqot va texnologik instituti, Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot akademiyasi tegishli kafedralari va ilmiy laboratoriyalari bilan ham xamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Hozirda kafedrada “VetVittles” kompaniyasi boshlig‘i, biologiya fanlari doktori, professor E. Gurman faoliyat yuritmoqda. |
|
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 50 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar yaratilgan. Shuningdek, 20 ga yaqin monografiya, 900 ga yaqin ilmiy maqola va 150 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etganlar. Kafedrada bugungi kunda “Zarafshon vohasida (o‘rta oqimi) qishloq xo‘jaligi hayvonlarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirishning morfo-biokimyoviy va fiziologik jihatlari” mavzusi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Kelajakda kafedrada iqtidorli bakalavrlarni, magistrantlarni tanlab olib, tegishli ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura, doktoranturani (DSc) davom ettirish orqali kafedraning ilmiy salohiyatini oshirib borish, respublika va xorijiy yetakchi OTMlar, ITIlari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash orqali kafedrada bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarining salmog‘ini oshirib borish orqali xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy loyihalar hamda innovatsion loyihalari bajarilishida ishtirok etish, xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish rejalashtirilgan.
|
|
Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari Bakalavr
|
|
Magistratura
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar