Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasi mudiri

Sharifov Gayrat Nabiyevich

+998912976212 ngayrat@rambler.ru

 

G‘ayrat Sharifov fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasida 2009-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2021-yilda “Aromatik uglevodorodlarning protonodonor va protonoakseptor xususiyatlari va ularning kombinatsion sochilish spektrlarida namoyon bo‘lishi” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 2021-yildan Samarqand davlat universiteti optika kafedrasi mudiri.

G’ayrat Sharifov faoliyati davomida 1 darslik, 2  o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 65 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etgan. 4 maqolasi  Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

https://doi.org/10.1016/j.vibspe

https://doi.org/10.1080/15421406.2022.2068479

https://doi.org/10.1080/15421406.2022.2068478

 

                                                                     Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasi a’zolari

 

Abduvaxid Jumabayev 

jumabayev2@rambler.ru

Fizika-matematika fanlari doktori, professor. SamDU Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasida 1973-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1982-yilda "Исследование структуры и формы крела линии релеевского и комбинационного рассеяния света маловязких жидкостей и растворов" mavzusida nomzodlik, 1993-yilda “Kondensirlangan muhitlardagi molekulyar relaksatsion jarayonlarni Releycha va kombinatsion sochilish spektrlari bo‘yicha o‘rganish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Faoliyati davomida 3 monografiya, 3 darslik, 7 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 250 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr ettirgan.

 50 dan ortiq maqolalari Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan. 2016-yildan buyon OAK ekspert a’zosi hisoblanadi. 2022-yil O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan fundamental fanlar bo’yicha tanlovda g’olib bo’lib, 2 milliard 700 million so’mlik ilmiy grantni qo’lga kiritgan.

https://doi.org/10.1016/j.vibspe

https://doi.org/10.1080/15421406.2022.2068479

https://doi.org/10.1080/15421406.2022.2068478

 

 

 

 

Negmat Nizomov 

nnizomov@yandeks.ru

Fizika-matematika fanlari doktori, professor SamDU Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasida 1969-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1970-yilda "Спектроскопические исследования процессов межмолекулярных взаимодействий в растворах ксантеновых красителей" mavzusida nomzodlik, 1985-yilda “Спектроскопические исследования процессов межмолекулярных взаимодействий и фотопревращении в растворах и пленках органических красителей” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Negmat Nizomov faoliyati davomida 1 monografiya, 10 o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar va 10 patent muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr ettirgan. 

 55 maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

https://doi.org/10.1016/j.saa.2020.119177
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2019.127395
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2019.02.084
https://doi.org/10.1007/s11182-016-0688-9
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2014.04.077
https://doi.org/10.1007/s10812-014-9883-z
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2012.07.008
https://doi.org/10.1016/j.jlumin.2012.03.054
https://doi.org/10.1134/S0022476611010264
https://doi.org/10.1016/j.saa.2011.06.036
https://doi.org/10.1007/s10895-011-0866-7
https://doi.org/10.1016/j.molliq.2010.10.007
https://doi.org/10.1134/S0006350910020168
https://doi.org/10.1117/12.840722
https://doi.org/10.1007/s10812-009-9238-3
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2009.07.040

 

Jurayev Ural Boyirovich

u.jurayev@rambler.ru

Fizika-matemakti fanlari nomzodi, dotsent. SamDU Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasida 1970-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1977-yilda “Yorug‘likning sochilish usuli bilan polimerli eritmalardagi tasirini o‘rganish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Ural Jurayev faoliyati davomida 2 darslik, 10 dan ortiq o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop qilgan. 

 7 maqolasi  Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

G’ulomxon Murodov 

mgulamhon@rambler.ru

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. SamDU Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasida 1982-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1985-yilda “Исследование колебательных спектров комплексов со слабой водородной связи” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

G’ulomxon Murodov  faoliyati davomida 2 darslik, 7 o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr ettirgan.

25 maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

https://doi.org/10.1080/15421406.2022.2068478

Abdujalol Shodiyev 

shodiyevabdujalol@gmail.com

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. SamDU Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasida 1982-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1990-yilda “Влияние давления на оптика-акустеческие параметры ряда маловязких органических жидкостей” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Abdujalol Shodiyev  faoliyati davomida 1 darslik, 3 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 35 ilmiy maqola va tezislar e’lon qilgan.

Absanov Ahmad Abdusattarovich

absanovakhmad@gmail.com

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. SamDU Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasida 1999-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2006-yilda “Спектроскопическое проявление и расчеты межмолекулярных взаимодействий в некоторых низкомолекулярных соединениях” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Ahmad Absanov faoliyati davomida 2 monografiya, 4 o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan,

 30 maqolasi  Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

https://doi.org/10.1016/j.vibspe

https://doi.org/10.1080/15421406.2022.2068479

https://doi.org/10.1080/15421406.2022.2068478

 

 

 

Kurtaliyev Eldar Nuriyevich

kurtaliev@rambler.ru

Fizika-matematika fanlari doktori, professor SamDU Muhandislik fizikasi instituti optika va spektroskopiya kafedrasida 2007-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2012-yilda "Спектроскопическое проявление взаимодействия родаминовых красителей с госсиполом и протеинами" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2017-yilda “Stiril bo'yoqlar va unga yaqin birikmalar molekulalari fotonikasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Eldar Kurtaliyev faoliyati davomida 1 o‘quv, uslubiy qo‘llanma va 1 patent muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 120 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan.

20 maqolasi Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan.

https://doi.org/10.1016/j.saa.2020.119177
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2019.127395
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2019.02.084
https://doi.org/10.1007/s11182-016-0688-9
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2014.04.077
https://doi.org/10.1007/s10812-014-9883-z
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2012.07.008
https://doi.org/10.1016/j.jlumin.2012.03.054
https://doi.org/10.1134/S0022476611010264
https://doi.org/10.1016/j.saa.2011.06.036
https://doi.org/10.1007/s10895-011-0866-7
https://doi.org/10.1016/j.molliq.2010.10.007
https://doi.org/10.1134/S0006350910020168
https://doi.org/10.1117/12.840722
https://doi.org/10.1007/s10812-009-9238-3
https://doi.org/10.1016/j.molstruc.2009.07.040

Optika va spektroskopiya kafedrasi haqida

Optika kafedrasi 1935-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar Respublikada ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shish bilan birgalikda, ko‘plab yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab kelmoqda. Bu kafedraning tashkil etilishida prof. A.M.Titov, prof. M.F.Vuks, prof. M.V.Chulonovskiy, prof. M.M.Mo‘minov, prof. A.N.Tekuchov, prof. S.U.Umarov, prof. M.S.Saidov va akademik A.K.Otaxo‘jayevlarning xizmatlari kattadir.

Akademik A.Q.Otaxo‘jayev tomonidan yaratilgan Samarqand “Optiklar maktabi” ni nufuzi nafaqat O‘zbekistonda balki chet mamlakatlarda ham tan olingan. Bugungi kunda bu ilmiy maktabning faoliyatini akad. A.Q.Otaxo‘jayevning shogirdlari muvaffaqiyat bilan davom ettirib kelmoqda va olingan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari «Raman spectroscopy», «Molecular Structura», «Molecular Liquids», «Оптика ва спектроскопия» kabi xalqaro va Respublika miqiyosidagi ilmiy jurnallarda chop etilmoqda. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini umumlashtirgan holda, 1981-yilda «Спектральное распределение интенсивности в крыле линии рассеяния жидкостей и растворов», 2009-yilda «Динамика молекул в жидкостях», 2014-yilda «Структура молекулярных агрегатов в жидкостях и их проявления в спектрах комбинационного рассеяния» nomli monografiyalar «FAN» nashriyotida chop etilgan, bundan tashqari kafedra xodimlari tomonidan Tojikiston Milliy universitety olimlari bilan hamkorlikda 2019-yilda tojik tilida “Optika” darsligi chop etilgan bo‘lsa, 2021-yilda esa “Mexanika” darsligi chop etildi. Shuningdek, 2021-yilda 1 ta o’quv va 4 ta uslubiy qo‘llanma chop etilgan.

1996, 2001, 2006, 2013-yillarda Samarqand «Optiklar maktabi» bazasida «Molekulyar spektroskopiyaning dolzarb muammolari» ga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar o‘tkazildi. Ushbu konferensiyalarda AQSh, Germaniya, Polsha, Rossiya, Ukarina va boshqa davlatlarda sohasining yetuk olimlari ishtirok etishdi.

Kafedraga hozirgi kunda fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori G‘.Sharifov rahbarlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda kafedrada ilmiy, o‘quv uslubiy va ta’lim tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda: professorlar – N.Nizomov, A.Jumabayev, H.A.Xushvaqtov, E.Kurtaliyev, dotsentlar - U.B.Jurayev, M.Hamraqulov, M.Kuliyeva, G‘.Murodov, A.Shodiyev,  A.A.Absanovlar faoliyat yuritmoqdalar. Kafedraning bir qator texnik–xodimlari ham o‘quv jarayonini tashkil etishda xizmat qilib kelmoqda.

2021-yilda kafedraning 2 nafar xodimi: Xushvaqtov H.A. fizika-matematika fanlari doktori (DSc) va Sharifov G’. fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va 2022-yilda Xudaykulov B. muddatidan oldin fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kafedrada 5 nafar tayanch doktorant va 2 nafar stajyor-tadqiqotchilar tahsil olmoqda.

Kafedraning xalqaro hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Sankt-Peterburg davlat universitetidan prof. K.G.Toxadze va Kiev Milliy universitetidan prof. I.Doroshenkolar talabalar va magistrlarga ma'ruzalar o‘qishmoqda. Bundan tashqari, doktoranturaga talabgorlar ilmiy tadqiqotlarini Sankt-Peterburg davlat universitetida ham olib boradilar.

Kafedrada o‘qitiladigan fan oquv dasturlari

Bakalavriat ta’lim yo'nalishi oquv rejasi

  • Mexanika
  • Molekulyar fizika
  • Optika
  • Amaliy optika
  • Mexanika va molekulyar fizika
  • Tanlov fan (molekulalarning tuzilishi va fizik xossalari 2 kurs)

 

Magistratura mutaxassisligi oquv rejasi

  • Spektroskopiya asoslari
  • Molekulalarning elektron spektrlari
  • Molekulyar spektroskopiyaning dolzarb muammolari
  • Molekulalarning tebranish spektrlari
  • Suyuqliklar va real gazlar fizikasi
  • Elektromagnit nurlanishlarning muhitlar bilan o’zaro ta’sirlashuvi
  • Molekulyar optika

Kafedra hayotidan fotolavhalar