Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi mudiri
Tuxtayev Davlat Bobomurodovich
+998973917833 davlatuzb@mail.ru, tukhtaevuz@gmail.com
Davlat Tuxtayev kimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2012-yildan beri Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasida turli lavozimlarda faoliyat yuritib keladi. 2022-yildan beri Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi mudiri. 2021-yilda “Aminokislotalar va gomoveratrilamin asosida azot saqlagan geterotsiklik birikmalar sintezi” mavzusida kimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. Turli biofaollikka ega azotli geterotsikllar dizayni va sintezi yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib boradi. Olim respublika ilmiy jurnallarida 10 ga yaqin maqolalar e’lon qilgan. Shuningdek, 1 oʻquv qoʻllanma muallifi. Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 4 maqolasi chop etilgan.
Davlat Tuxtayevning Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalari:
https://link.springer.com/article/10.1007/s10600-019-02782-9
https://link.springer.com/article/10.1007/s10600-019-02908-z
https://iucrdata.iucr.org/x/issues/2019/10/00/vm4042/index.html
https://ejchem.journals.ekb.eg/article_153911.html
Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi a’zolari
Bozorov Xurshed Abdullayevich Kimyo fanlari doktori, professor. 2011-yilda “5,6-Dialmashgan-2,3-polimetilen-3,4-digidrotiono[2,3-d]pirimidin-4-onlarning elektrofil almashinish va kondensatsiya reaksiyalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2019-yilda “Biofaol purinlar va ularning analoglari” tadqiqotlarini oʻtkazish uchun Xitoy Fanlar akademiyasi prezidentining xalqaro grantiga ega boʻlgan. 2021-yil “Yangi annelirlangan pirimidinlar sintezi, modefikatsiyasi va biologik faolligi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Azot, oltingugurt va kislorodli pirimidinlar, turli biofaol geterotsikllar hamda kichik tabiiy birikmalar dizayni va sintezi yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi. Xurshed Bozorov ilmiy faoliyati davomida dunyoning nufuzli ilmiy nashrlarida maqolalar e’lon qilib kelmoqda. Jumladan, bugunga qadar Scopus ва Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 30 ga yaqin maqolasi e’lon qilingan. 10 xalqaro patentlar muallifi. Shuningdek, 15 mahalliy ilmiy jurnalllarda maqolalar e’lon qilgan. 70 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy konferensiya va simpoziumlarda tezislari bilan ishtirok etgan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: https://urlis.net/wiyuowsz |
|
Turayeva Dilbar Akmalovna Kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 1988-yilda “Реакции N-оксидов пиридиновых оснований с металл-кетиламин и дианионами ароматических кетонов” 1973-yildan Samarqand davlat universiteti оrganik kimyo kafedrasida laborant, stajyor-tadqiqotchi, assistent, katta oʻqituvchi, dotsent va professor lavozimlarida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida koʻplab o‘quv-uslubiy ishlanmalar muallifi va yetakchi xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar eʻlon qilgan. Jumladan, Scopus ва Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 7 maqolasi e’lon qilingan. Asosiy ilmiy yoʻnalishi aromatik birikmalarni piridin asoslarining N-oksidlar bilan degidrogenlash, anion-radikal va dianion aromatik va alifatik o‘rin olish (SAR-reaksiyalar), analogik qaytarilish-o‘rin olish, qaytarilish-degidrodimerizasiya, anion-radikal birikish, anion-radikal disproporsiyalanish, aromatik qaytarilish radikal-nukleofil o‘rin olish, anion-radikal kondensatsiyasi reaksiyalari tadqiqidan iborat. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: https://link.springer.com/article/10.1007/s11178-005-0100-7
|
|
Zohidov Qosim Oqilovich Qosim Zohidov kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 1994-yilda “2-Okso-, tiokso-, selenokso-, aminopirimidinon-4 lar sintezi va ularning polidentli anionlarining alkillanishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2010-yildan buyon Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Pirimidin va uning kondensirlangan analoglarining sintezi va kimyoviy o‘zgarishlari yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi. Olim 1 monografiya va 4 oʻquv-qoʻllanma muallifi. Olim shuningdek, koʻplab ilmiy maqolalar nashr ettirgan va xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarda ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etgan. Olimning Scopus ва Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 1 maqolasi e’lon qilingan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: https://link.springer.com/article/10.1007/s10924-023-02866-2 |
|
Baratov Norjigit Umirovich Kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 1992-yilda “Синтез физиологических активных соединений изохинолинового ряда” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2019-yildan Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Olimning asosiy ilmiy yoʻnalishi kichik molekulyar izoxinolin alkaloidlari sintezi, modefikatsiyasi va biologik faolliklarini tadqiqidan iborat. Norjigit Baratov faoliyati davomida 20 ga yaqin ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlanmalar muallifi. Scopus ва Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 2 maqolasi e’lon qilingan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: |
|
Ibrohim Erol Polimerlar kimyosi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. 2022-yildan beri Samarqand davlat universiteti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasida ishlab kelmoqda. Ibrohim Erol 2002-yilda "1,2,3,4-tetrahidronaftalin, 1,3,3-metakrilat monomerlari va polimerlari bo'lgan Mezitil halqalari trisubstitue siklobutan ketoetil sintezi va xarakteristikasi" mavzusi bo‘yicha kimyo fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. Ibrohim Erolning 84 ilmiy tadqiqot maqolalari Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan. H-indeks qiymati 18. Scopus bazasi nashrlarida 80 dan ortiq maqolalari chop etilgan. Milliy va xalqaro simpozium va konferensiyalarda 30 dan ortiq maqolalari bilan ishtirok etgan. Ibrohim Erol hozirgacha 24 tadqiqot loyihasini amalga oshirgan. 14 darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifi. https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85135961930&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85139238330&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85117053810&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85132188469&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85123798733&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85125421893&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85139208351&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85134168607&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85133292173&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85126867717&origin=resultslist&sort=plf-f https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85126199575&origin=resultslist&sort=plf-f |
|
Nasrullayev Azizbek Ozodovich
Kimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2018-yilda “2,3-tri, -tetrametilen-3,4-digidroxinazolin-4-tionlarning kimyoviy oʻzgarishlari” mavzusida kimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. 2020-yildan buyon Samarqand davlat universiteti оrganik sintez va bioorganik kimyo kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Olimning asosiy ilmiy yoʻnalishi xinazolintionlar sintezi, modefikatsiyasi va biologik faolliklari tadqiqiga bagʻishlanadi. Azizbek Nasrullayev faoliyati davomida 3 ta oʻquv qoʻllanma nashr etgan. Uning Scopus va Web of Science xalqaro bazalariga kiruvchi ilmiy jurnallarda 4 ta, respublika ilmiy jurnallarida 10 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: https://doi.org/10.1007/s11164-018-03731-x http://scripts.iucr.org/cgi-bin/paper?S1600536812021228 https://scripts.iucr.org/cgi-bin/paper?S2056989022007800 https://scripts.iucr.org/cgi-bin/paper?BT5913 https://scripts.iucr.org/cgi-bin/paper?WM5655 |
|
Yusupov Alisher Berdiyor oʻgʻli Kimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), assistent. 2022-yilda “N(O, S)-saqlagan ba’zi geterohalqali mono- va dikarbon kislotalar qatori amidlarining sintezi” mavzusida kimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. 2021-yildan buyon Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasida faoliyat yuritib keladi. Olimning asosiy ilmiy yoʻnalishi “Geterohalqali amidlar, azotli geterotsikllar sintezi va biofaolligini oʻrganish” mavzusida. Alisher Yusupov faoliyati davomida 2 oʻquv va uslubiy qoʻllanmalar muallifi. Uning Scopus va Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy nashrlarda 1, respublika ilmiy jurnallarida 10 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. Xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 25 dan ortiq tezislari bilan ishtirok etgan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: |
|
Xudaynazarov Jaxongir Ortiq oʻgʻli
Kafedra assistenti. 2019-yildan buyon Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda. Asosiy ilmiy yoʻnalishi biodegidratatsiyalanuvchi materiallar, suvni tozalovchi sorbentlar sintezi va texnologiyasi bo‘yicha. Jaxongir Xudaynazarov faoliyati davomida xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy nashrlarda 10 dan ortiq maqolalar e’lon qilgan. Jumladan, Scopus va Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy nashrlarda 2 ta maqolasi e’lon qilingan. Xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 15 dan ortiq tezislar bilan ishtirok etgan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: |
|
|
|
Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi haqida
1933-yilda kimyo fakulteti tashkil qilingan. Ikki yil o‘tgandan keyin fakultet qoshida kimyo ilmiy tekshirish instituti ish boshladi. Institut laboratoriyalarida kimyo fanining 4 ta muhim bo‘limlari: organik, analitik, fizikaviy va kolloid kimyo bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. Organik kimyo bo‘yicha ilmiy izlanishlarni 1920-yillarda professor L.N. Parfentev boshlab bergan. 1933-1941-yillar davrida sintez sohasida, ayrim fosfororganik birikmalarning xossalari (L.N. Parfentev, M.X. Shodiev, A.A.Shamshurin), natriyorganik (S.P. Lagerev, A.N. Bin), olefinlar (K.M. Shodmonov) va ularning hosilalari (A.A. Shamshurin, R.A.Ibodulin) ga oid tadqiqotlar olib borilgan. Zarafshon vodiysidagi o‘simliklar resurslari to‘g‘risida qilingan ilmiy tadqiqot ishlari juda muhim o‘rin egallaydi (M.M.Abramov, S.M.Strepkov) o‘simliklar moddalari kimyosi sohasidagi tadqiqotlarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlardan prof. G.V. Lazurevskiy (keyinchalik Moldova Respublikasining akademigi) va akademik O.S. Sodiqovlar bo‘lib, O‘rta Osiyo respublikalaridagi o‘simliklar xomashyosi alkaloidlarini o‘rganishga dastlab asos soladilar. |
|
Organik kimyo kafedrasining gullab yashnashiga O’zRFA akademigi O.S. Sodiqovning shogirdi prof. Y.V. Kurbatovning xizmatlari beqiyosdir. Uning rahbarligida ass. E.V. Sukervanik, dots. Sh.V. Abdullayev, A.S. Kurbanova, dots. F.M. Saidova, dots. E.O. Oripov, dots O.S. Bajenova, M.A. Solixova, dots. A. Sattiqulov, dots. D.A. Toʻrayeva, dots. M.J. Alimova, ass. S.M. Babajonova, ass. Q.O. Zoxidov, katta laborant S.N. Kasimovlar biofaol geterostiklik birikmalar sintezi va ularning modifikatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan. Piridin, xinolin, izoxinolin, pirimidin, xonozolinlar hamda flavonoidlar kimyosi soxasida juda katta yutuqlarni qo’lga kiritishdi. Kafedrada bitta doktrlik va 10 dan ziyod nomzodlik disertatsiyalari yoqlandi. Prof Y.V.Kurbatovdan keyin kafedrani uzoq yillar davomida dots. D.A. To’rayeva boshqardi. Undan keyin dots. M.J. Alimova, dots. Z.U. Samarov, S.U. Tillayevlar, xozirda esa dots. D.B. Tuxtayev boshqarib kelmoqda. Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi bir necha yillar tabiiy fanlar fakulteti tarkibida, keyinchalik biologiya va kimyo fakulteti tarkibida organik va noorganik kimyo kafedrasi maqomida faoliyat olib bordi. 2018-yil sentyabr oyidan boshlab kimyo fakulteti qoshida organik va bioorganik kimyo kafedrasi maqomida faoliyatini davom ettirgan boʻlsa, 2019-yildan buyon organik sintez va bioorganik kimyo maqomida faoliyat koʻrsatmoqda. |
|
Kafedrada «5140500-Kimyo», «5320400-Kimyoviy texnologiya» va «5320100-Materialshunoslik va yangi materiallar kimyosi» yo’nalishlari bo’yicha bakalavr, «70530101-Kimyo» mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasida 13 ta professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda, shulardan 3 ta fan doktori professorlar, 9 ta fan nomzodi va falsafa doktori dotsentlar va 1 ta assistent faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedraning bugungi kundagi ilmiy salohiyati 93 % ga teng. Kafedrada 2020-yilga qadar “Ikkita geteroatom saqlagan geterohalqali biologik faol moddalar sintezi” mavzusida fundamental grant bo’yicha ilmiy ishlar olib borildi. Bu mavzu ikki yo’nalishda bo’lib trisiklik xinazolin-4-onlar sintezi va izoxinalin halqasi saqlagan birikmalar sintezi va kimyoviy o’zgarishlari deb nomlangan. Ayni vaqtda “Tabiiy birikmalar kimyosi” nomli ilmiy laboratoriyani tashkil etish jarayoni amalga oshmoqda. Universitet rektori, prof. R.I. Xalmuradovning tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Tabiiy birikmalar kimyosi” ilmiy laboratoriyasiga kafedramiz professori, k.f.d. X.A. Bozorov mudir etib tayinlandi. |
|
Kafedramizning professor-o’qituvchilar jamoasi O’zRFA S.Yu. Yunusov nomidagi “O’simlik moddalari kimyosi” instituti, O.S. Sodiqov nomidagi “Bioorganik kimyo” institutlari va Xitoy fanlar akademiyasi, Turkiyaning xorijdagi 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot markazlari bilan o’zaro samarali hamkorlik o’rnatilgan. Kafedrada oʻqitiladigan fan dasturlari Bakalavr • Organik kimyo • Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi • Organik kimyoning tanlangan boblari • Bioorganik kimyo • Biofaol birikmalar kimyosi • Biotibbiy materiallar kimyosi • Geterotsiklik birikmalar kimyosi • Organik kimyodan masalalar yechish • Umumiy oʻrta ta’lim darsliklarining mazmuni |
|
Magistratura • Koʻp halqali azotli geterotsiklik birikmalar sintezi va xossalari • Organik materiallar kimyosi • Tibbiy kimyo • Organik birikmalar tuzilishi va reaksion qobiliyati • Organik sintez • Organik kimyoda xromatografik va spektroskopik usullar |
Kafedra hayotidan fotolavhalar