Samarqand davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri
Mirzayev Ibodulla Kamolovich
+998911915272 Ibodullamirzayev@samdu.uz
Ibodulla Mirzayev filologiya fanlari doktori, professor. 1969-yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritib keladi. 1975-yilda “Проблемы передачи слов, обозначающих реалии французской жизни, на узбекский язык” mavzusida nomzodlik, 1992-yilda “Проблемы лингвопоэтической интерпретации стихотворного текста (на материале современной узбекской поэзии)” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan.
Ibodulla Mirzayev o‘z faoliyati davomida 14 monografiya, 5 darslik, 12 o‘quv qo‘llanma, (tarjima asarlari bilan birga) 10 dan ortiq dastur va uslubiy qo‘llanma, 600 dan ortiq ilmiy maqola, jumladan, Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda ilmiy maqolalar e’lon qilgan, “O‘zbek tili”, “Fransuz tili grammatikasi (Morfologiya)”, “Tahliliy o‘qish” kabi darsliklar muallifi. “Alisher Navoiy hayoti va ijodining Rossiyada o‘rganilishi” monografiyasini, “Modern trends of linguistics” (“Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari”) nomli ma’ruzalar matnini nashr ettirgan. Ibodulla Mirzayev 40 dan ortiq mashhur rus va xorijiy adabiyotshunos hamda tilshunoslar maqolalarini fransuz tiliga tarjima qilgan.
1997-2018-yillarda olimning sa’y-harakatlari va mas’ul muharrirligida “Filologiya” nomli ilmiy maqolalar to‘plamining 13 jildi chop etilgan. Ayni paytda Ibodulla Mirzayev rahbarligida “Til.Ta’lim.Tarjima” va “Alisher Navoiy” xalqaro elektron jurnallari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ikkala jurnal ham OAK tomonidan e’tirof etilgan.
Professor Ibodulla Mirzayev Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib “Lingvopoetika” ilmiy tadqiqot yo‘nalishi va “Tahliliy o‘qish” nomli innovatsion ta’lim metodiga asos solgan.
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi a’zolari
Suvanova Jumagul Rashidovna
Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU filologiya fakultetida 1996-yildan beri faoliyat yuritib keladi. 2000-yilda “Hozirgi o‘zbek she’riyatida badiiy izlanishlar” (Usmon Azim ijodi misolida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Jumagul Suvanova faoliyati davomida 1 monografiya, 1 ilmiy-ommabop risolalar to‘plami, 1 o‘quv, 1 uslubiy qo‘llanmalar chop ettirgan. Hozirgi kunda uning 20 dan ortiq maqolalari xorijiy va respublika jurnallarida, xalqaro anjuman va konferensiyalar to‘plamlarida e’lon qilingan. 200 dan ortiq badiiy publitsistik maqolalari, 18 adabiy-badiiy, she’riy va nasriy to‘plamlari nashr etilgan.
|
|
Muhitdinova Badea Muslixiddinovna badeamuhitdinova1978@gmail.com Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida 2001-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2009-yili “Sayidahmad Vasliy Samarqandiy merosi va uning adabiy muhitdagi o‘rni” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Faoliyati davomida 2 monografiya, 1 ilmiy risola, 1 o‘quv qo‘llanma va 4 uslubiy qo‘llanma, 1 Scopus hamda xorijiy va respublika jurnallarda 100 dan ortiq ilmiy maqolalari e’lon qilingan. |
|
Narziyeva Ma’mura Norpulatovna Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). SamDU o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida 2018-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2022-yilda “Badiiy qiyofa va manzara yaratishning adabiy-poetik tadqiqi (Abdulla Oripov she’riyati misolida)” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Ma’mura Narziyeva faoliyati davomida 1 o‘quv, 2 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Hozirgi kunda o‘qituvchining 20 ga yaqin maqolalari xorijiy va respublika jurnallarida e’lon qilingan. |
|
Qodirova Barno Ibragimovna Filologiya fanlari bo‘yiicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida 2018-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2021-yilda “O‘zbek va qozoq tilshunoslik terminlarining qiyosiy-tipologik tahlili (o‘zbek va qozoq maktab darsliklari asosida)” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Faoliyati davomida 1 darslik, 1 o‘quv qo‘llanma, 1 monografiya, 1 lug‘at, 1 o‘quv uslubiy ko‘rsatma hamda 50 dan ortiq maqolalari nashr qilingan. Shuningdek, bugungi kunga qadar Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi xalqaro jurnallarda 2 maqolasi e’lon qilingan. |
|
Ubaydullayeva Maftuna Azamatovna maftunaubaydullayeva08@gmail.com Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD. Kafedra dotsenti. SamDU o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida 2018-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2021-yilda “O‘zbek va qirg‘iz adabiyotshunoslik terminlarining qiyosiy-tipologik tahlili (maktab darsliklari misolida)” mavzusida dissertatsiya himoya qilgan. Maftuna Ubaydullayeva faoliyati davomida 30 dan ortiq xorijiy va respublika jurnallarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan. Shuningdek, xalqaro nufuzli infafaktorli jurnallarda bugungi kunga qadar 3 ta maqolasi e’lon qilingan. 3 uslubiy qo‘llanma, 1 lug‘at, 1 monografiya muallifi. |
|
Mavlonov Ahmadjon Xoshimovich Kafedra assistenti. Samarqand davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonida qo‘llanilgan terminlarning tarkibiy-mazmuniy tahlili” mavzusi (PhD) bo‘yicha ilmiy izlanish olib bormoqda. Ahmadjon Mavlonov faoliyati davomida 1 xorijiy va 2 respublika OAK jurnallarida, 1 respublika konferensiyasida ilmiy maqolalar e’lon qilgan. |
|
|
Hasanov Ahmad Isa o‘g‘li
|
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi haqida SamDU o‘zbek filologiyasi fakulteti qoshida faoliyat ko‘rsatgan, kafedraga professorlar H.Berdiyorov va X.Doniyorovlar rahbarlik qilgan. “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi vorisi sifatida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan 1990-yilda tashkil etilgan o‘zbek tili kafedrasi o‘tgan davr mobaynida “Fakultetlararo o‘zbek tili”, “Fakultetlararo o‘zbek tili va adabiyoti”, “Amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi” nomlari bilan yuritilib kelindi. 2021-yilda yana “O‘zbek tili va adabiyoti” deb qayta nomlandi. Kafedrada professorlar H.Berdiyorov, X.Doniyorov, N.Rajabov, N.Turniyozov, B.O‘rinboyev, M.Nusharov, dotsent A.Abdusaidov, M.Yo‘ldoshev, Sh.Mahmatmurodov, M.Abdiyev, R.Hojiyeva, J.Xoliqulov, S.Tursunov, A.Asrorov, R.Suvonova, J.Suvonova, N.Shoyimova, M.Rahmonova, Boboxo‘jayev, M.Boltayev, Gʻ.Hamroyev, A.Sobirov, Sh.Temirov, o‘qituvchilar V.Samadova, E.Rahmatova, S.Mirzayeva, Gʻ.Gʻaniyeva, O‘.Kenjayev, K.Meliyev, Y.Rustamova, R.Eshnazarova, N.Ernazarov, M.Ochilov, Sh.Soriyev, M.Gʻulomova, Sh.Oxunova, E.Qulahmedov, A.Tursunov, N.Ubaydullayev va boshqalar faoliyat ko‘rsatganlar.
|
|
Kafedraga 1990-1996-yillarda prof.N.Rajabov, 1996-yildan 2012-yilgacha prof.I.Mirzayev, 2012-yildan 2015-yilgacha dotsent B.Muhitdinova mudirlik qilgan. 2015-yil may oyida o‘zbek filologiyasi fakulteti tarkibidagi uchta kafedra birlashtirilib, unga prof. D.Salohiy rahbarlik qilgan. 2017-yilda kafedralar ajralib o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi sifatida tashkil etildi va bugunga qadar professor I.Mirzayev rahbarlik qilib kelmoqda. 2021-yildan boshlab, ushbu kafedraning nomi o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedra dastlab rus va tojik guruhlarida “O‘zbek tili” fanidan darslar o‘tgan. Kyeyinchalik fanlar soni ortib bordi. Hozir kafedrada o‘zbek guruhlariga “O‘zbek tili”, “Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi”, “Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik”, “O‘qituvchining nutq madaniyati”, “O‘zbek adabiyoti”, “Terminologiya va davlat tilida ish yuritish asoslari”, “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi”, “Matnning filologik tahlili”, “Ferdinand de Sossyurning lingvistik ta’limoti mohiyati”, “Ona tili ta’limining dolzarb muammolari”, “Adabiyot ta’limining dolzarb muammolari”, “Mumtoz adabiyotining asosiy yo‘nalishlari va ta’limi”, “Madrasa ta’limi”, “O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi”, “Tahliliy o‘qish” fanlari o‘tiladigan bo‘ldi. |
|
Kafedrada “O‘zbek filologiyasi masalalari”, “Filologiya”, “Lingvopoetika masalalari” nomlari bilan 13 ta ilmiy maqolalar to‘plami chop etildi. 1997-yildan «Til va adabiyot muammolari», 2013-yildan «Onomastika» ilmiy maqolalar to‘plamlari nashr ettirildi. Shuningdek, 3 xalqaro va 3 ta respublika ilmiy-nazariy anjumani o‘tkazildi. 2006-yilda prof.I.Mirzayev hamda dots.M.Boltayevlarning «O‘zbek tili» elektron darsligi, dos.M.Boltayevning «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi»dan elektron qo‘llanmasi chop etildi. 2012-yilda Samarqand davlat universiteti rektori, professor U.N.Tashkenbayevning buyrug‘iga asosan kafedra qoshida prof.I..Mirzayev rahbarligida «Ilmiy tarjima» laboratoriyasi tashkil etildi. |
|
Prof.I..Mirzayev akademiklar E..Bertels, E.Lotman, L.Shcherba, professorlar Boduen du Kurtenye, V.Kudryavsyev, A.Bogoroditskiy, S.Karsyevskiy, S.Ivanov, V.Gak, I.Kovtunova, L.Zubova, J.Layonz, L.Blumfild, V.Humboltlarning ilmiy va didaktik asarlari, K.Batyushkov, A.Pushkin, Yu.Lermontov, A.Blok, N.Nekrasov, S.Yesenin, A.Axmatova, M.Svetayeva, N.Gumilyov, V.Visotskiy, A.Voznesenskiy, Mopassan, A.Kamyu, Sh.Bodler, Apolliner, A.Dotel, Edgar Po va boshqalarning nazmiy va nasriy asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi. Prof.I.Mirzayev hamkasblari Asror Narziqulov, Nematulla Elmurodov, Salohiddin Ismoilov, Muxtor Begmatov (SamDCHTI), Abdurahmon Nurmuhammedov, Odiljon Rahmonov va shogirdlari Mardon Boltayev, Badia Muhiddinova, Erkin Qulahmedov, Rohila Ro‘zmonova, Nodira Isoqova, Sayyora Tog‘ayeva, Gʻofir Hamroyev, Normuhammad Ubaydullayev, Sherali Temirov (SamDU), Nafisa Qosimova, Dilafruz Xo‘jayeva (BuxDU),Vazira Nafasova (QarDU), Gavharoy To‘xliyeva (ToshDPU), Fazilat Qodirova (ToshDRDI) va bilan hamkorlikda darsliklar, ulardan parchalar, monografiya va ilmiy maqolalar tarjima qilishdi. 2012-yildan kafedrada “Pedagogik mahorat” ilmiy to‘garagi faoliyat olib boradi. To‘garak majlislarida talabalarning yigirmadan ortiq ilmiy ma’ruzalari eshitilib, muhokama etiladi. Ulardan eng yaxshi deb topilganlari maqolalar to‘plami yoki nufuzli jurnallarda nashr etishga tavsiya etiladi. |
|
Kafedra a’zolari O‘zMU, FarDU, AnDU, ToshPDU, GulDU, BuxDU, QarDU, TerDU, Navoiy va Jizzax OTM lari va respublikadagi boshqa oliy o‘quv yurtlaridagi turdosh kafedralar, Angliyaning Oksford universiteti, AQSH, Garvard universiteti, Germaniyaning Berlin va Humboldt universitetlari, Vena (Avstriya) universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti hamda xorijlik mutaxassis olimlar bilan ilmiy aloqalar o‘rnatgan. Kafedrada MDU professori Aleksandr Kadirbayevlar faoliyat yuritib keldilar. Hozirgi kunda kafedrada 1 ta fan doktori, professor, 2 nafar fan nomzodi dotsent, 1 nafar PhD dotsent, 3 nafar PhD o‘qituvchi va 2 nafar o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedrada “O‘zbek tili va adabiyoti ta’limining dolzarb masalalari” bosh mavsusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra qoshida tashkil etilgan “So‘z” ilmiy-uslubiy seminari mashg‘ulotlarida nafaqat kafedra olimlari, balki boshqa oliy o‘quv yurtlarining yetakchi olimlarining dolzarb mavzulardagi ma’ruzalarini muhokama etib kelinmoqda. Prof.I.K.Mirzayev rahbarligida 10 dan ortiq PhD dissertatsiyalari himoya qilinmoqda. Kafedrada 20 dan ortiq fan nomzodi va doktorlar tayyorlandi. |
|
2019-yilda kafedrada prof.I.Mirzayev tashabbusi bilan “Til, ta’lim, tarjima” hamda 2020-yildan “Alisher Navoiy” xalqaro ilmiy jurnallari ta’sis etildi va O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi. Kafedra YevroOsiyo turkshunoslik instituti (ta’lim muassasa, direktor prof. Eunkyung Oh) bilan oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida 5 yilga hamkorlik shartnomasi tuzgan. Bundan tashqari, Sankt Peterburg, Minsk oliy ta’limlari bilan ilmiy tadqiqotlar sohasida shartnomalar tuzilgan. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan 12 ta darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va majmualar, 20 dan ortiq monografiya, 13 ta ilmiy to‘plam, 1000 ga yaqin ilmiy maqola chop etildi. |
|
Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari Bakalavr
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar