Samarqand davlat universiteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi mudiri
Negmatov Isoqjon
+99894 5353602 n-isoq@samdu.uz
Isoqjon Negmatov falsafa fanlari nomzodi, dotsent. 1985-yilda “Taraqqiyotning tizimiyligi muammosi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Olimning “Iqtisodiy madaniyat va davr” monografiyasi, “Hayotim falsafasi” risolasi “Ijtimoiy ish etikasi” nomli darsligi va “Ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etilgan.
Olim o‘zining ilmiy-pedagogik faoliyatida falsafa, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari, sotsiologiya va ijtimoiy ish sohasida olib borilayotgan ishlarning ilmiy- nazariy jihatlarini chuqur asoslashga bag‘ishlangan 20 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 1 darslik, 1 o‘quv qo‘llanma, 1 monografiya, 5 risolalar muallifi. 200 dan ortiq ilmiy maqolalari e’lon qilingan. 4 Scopus va 15 xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar nashr ettirgan.
Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi a’zolari
Raximjon Karimovich Yusupov Tarix fanlari nomzodi, dotsent. “O‘zbekiston ishchilari tarixi 1945-1950-yillar” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ayni vaqtda “O‘zbekiston demografik tarixi XX asr oxiri-XXI asr boshi” mavzusida tadqiqot olib bormoqda. Raximjon Yusupov 4 o‘quv qo‘llanma, 6 risola, 8 ilmiy to‘plam, 270 ga yaqin ilmiy-uslubiy va ommabop maqolalar muallifi. Tarix, demografiya, sotsiologiya, ijtimoiy ish tarixi va nazariyasi, jamoatchilik fikrini o‘rganish, tarbiyaning hozirgi zamon konsepsiyasi, ijtimoiy ish kasbining hozirgi zamon nazariyasi va metodologiyasi sohasida fundamental tadqiqotlar olib bormoqda. O‘zining o‘quv va ilmiy-pedagogik faoliyatida “Arxivshunoslik”, “Tarix o‘qitish metodikasi”, “Tarixshunoslik”, “Ijtimoiy ishga kirish”, “Ijtimoiy ishning tarixi va nazariyasi”, “Demografiya” fanlaridan va aholishunoslik tarixi sohasida olib borilayotgan ishlarning ilmiy-nazariy jihatlarini chuqur asoslashga bag‘ishlangan 12 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va o‘quv - amaliyot dasturlari chop etgan. |
|
Normamatova Maxsuda Nurmamatovna Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti. 2020-yilda "Virtualistikada postnoklassik epistemologiya g’oyalari" mavzusida falsafa doktori (PhD) doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Maxsuda Normamatova 1 darslik, 2 monografiya, 1 o‘quv qo‘llanma, 2 o‘quv uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar 10 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy ilmiy nashrlarda e’lon qilingan. |
|
Sherov Ma’ruf Boltayevich
|
|
Dilfuza Baxriyeva
|
|
Gulsun Tagiyeva Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi dotsenti. Samarqand davlat universiteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasida 2014-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “Xalq bilan muloqotda ijtimoiy hamjihatlik tamoyillarini takomillashtirish” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. |
|
Mavjuda Tangirova tangirovamavjuda1976@gmail.com
|
|
Eshmurodov Nabillo Ibodullo o`g`li
|
|
|
|
Toshpo’latov Dostonjon Nodir o’g’li
|
|
Sotsiologiya va ijtimoiy ish tarixi kafedrasi haqida Samarqand davlat universiteti sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi 1994-yilda tashkil topdi va sotsiologiya kafedrasi nomi bilan faoliyat ko‘rsatdi. 2005-2017-yillarda esa ijtimoiy ish kafedrasi nomi bilan faoliyatini davom ettirdi. 2017-2020-yillarda ijtimoiy fanlar kafedrasi nomiga o‘zgartirildi. 2020-yil 1-iyuldan boshlab, sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi nomi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra a’zolari Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda. Hozirda kafedrada Severo-Kavkaz federal universiteti professori Dmitriy Lushnikov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat boshqaruv akademiyasi boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri, sotsiologiya fanlari doktori, professor M.Bekmurodovlar faoliyat yuritmoqda. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 30 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar yaratilgan. Shuningdek, 10 dan ortiq monografiya, 20 ga yaqin ilmiy ommabop risola, 20 dan ziyod ilmiy to‘plam, 300 ga yaqin ilmiy maqola va 100 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etilgan. Kafedrada bugungi kunda “Yangi O‘zbekistonda sotsiologiya va ijtimoiy ishni o‘qitish hamda sotsial tadqiqotlarni tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. |
|
Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari
Bakalavr
|
|
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar