ILMIY LOYIHALAR
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan loyihalar
Fundamental loyiha ismi: FZ-20200929224 - Panjaradagi chekli sondagi zarralar sistemalari modellari va ularga mos Shryodinger operatorlarining muhim va diskret spektrlari.
Loyiha rahbari: Laqayev Saidahmat Norjigitovich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik.
Loyihaning umumiy mablag‘i: 2 mlrd.152 mln. 160 ming so‘m.
Bajarish muddati: 2022-2027 yillar.
Fundamental loyiha nomi: FZ-20200929385 - Biologik ob’ektlarning nanoo‘lchamli molekulyar klasterlarini o‘rganish va tatbiq qilishnnig spektroskopik hamda noempirik tahlil usullarini ishlab chiqish.
Loyiha rahbari: Jumaboyev Abduvaxid, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Loyihaning umumiy mablag‘i: 2 mlrd. 685 mln. 925 ming. 300 so‘m.
Bajarish muddati: 2022-2027 yillar
Fundamental loyiha nomi: FZ-2020092877 - Birjinslimas g‘ovak muhitlarda anomal moddalar ko‘chishi va suyuqliklar sizishi jarayonlarining matematik modellarini tuzish va sonli tadqiq etish.
Loyiha rahbari: Xujayorov Baxtiyor, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Loyihaning umumiy mablag‘i: 2 mlrd. 27 mln. 23 ming 400 so‘m.
Bajarish muddati: 2022-2027 yillar
Fundamental loyiha nomi: ФЗ-20200929385 - Eynshteyn tenglamalarining Qora tuynuklar (Black Holes) va Yumronqoziq inlari (Wormholes) uchun yangi yechimlari.
Loyiha rahbari: Ibodov Rustam Mustafayevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Loyihaning umumiy mablag‘i: 899 mln. 990 ming so‘m.
Bajarish muddati: 2022-2026 yillar.
Fundamental loyiha nomi: IL-5421101901-Kritik nuqta atrofida termodinamik fluktuatsiyalar o‘zaro ta’sirlashuvining lazer spektrоskopiyasi.
Loyiha rahbari: Sabirov Leonard Muhammedjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Loyihaning umumiy mablag‘i: 1 mlrd. 579 mln. 570 ming so‘m.
Bajarish muddati: 2023-2027 yillar.
Fundamental loyiha nomi: IL-4821091593 – Gigant kombinatsion sochilishi va fluoressent spektroskopiyasi usullari yordamida biomolekulalarni aniqlash tizimlarida foydalanish uchun plazmonik gibrid nanomateriallarni yaratish va organik bo‘yoqlarni modifikatsiyalash.
Loyiha rahbari: Kurtaliyev Eldar Nuriyevich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Loyihaning umumiy mablag‘i: 694 mln. 702 ming so‘m.
Bajarish muddati: 2022-2024 yillar.
Amaliy loyiha nomi: ALM-202303153-01 - O‘zbekiston zuluklari (Hirudinea): turlar tarkibi, bioekologik xususiyatlari, suv tiplarida tarqalishi, xo‘jalikdagi ahamiyatini o‘rganish va noyob turlarni muhofaza qilish choralarini ishlab chiqish.
Loyiha rahbari: Zuvayd Izzatullayev, biologiya fanlari doktori, professor.
Loyihaning umumiy mablag‘i: 1 mlrd. 709 mln. 851 ming so‘m.
Bajarish muddati: 2023-2026 yillar
Amaliy loyiha nomi: UZB-Ind-2021-95 - Koronal massa tashlanmalarining kosmik ob-havoga ta’siri.
Loyiha rahbari: Mirtoshev Zavqiddin Davronovich, Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Loyihaning umumiy mablag‘i: 525 mln. so‘m.
Bajarish muddati: 2021-2023 yillar.
Amaliy loyiha nomi: Saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini yaratish laboratoriyasini tashkil qilish.
Loyiha rahbari: Bozorov Xurshed Abdulloyevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Loyihaning umumiy mablag‘i: 7 mlrd. 837 mln. 577 ming so‘m.
Bajarish muddati: 2023-2025 yillar
Amaliy loyiha nomi: Organik bo‘yoqlar bilan modifikatsiyalangan galoid perovskit kvant nuqtalarining optik xususiyatlarini sintez qilish va tadqiq qilish.
Loyiha rahbari: Kurtaliyev Eldar Nuriyevich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Loyihaning umumiy mablag‘i: 4 mlrd. 851 mln. 164 ming so‘m.
Bajarish muddati: 2023-2025 yillar
Startap loyiha nomi: S-2022 - Mahalliy xom-ashyolardan termoyelim ishlab chiqarish.
Loyiha rahbari: Tillyayev Abidjon Djurakulovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Loyihaning umumiy mablag‘i: 270 mln. so‘m
Bajarish muddati: 2022-2024 yillar