Samarqand davlat universtiteti

tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari kafedrasi mudiri

Xo`jaqulov Sirojiddin Xolmahmatovich

+998915367488 sirojiddinxujaqulov1976@gmail.com

    Sirojiddin Xo‘jaqulov, filologiya fanlari doktori (DSc). Samarqand davlat universitetida 2000-yildan buyon turli lavozimlarda faoliyat yuritib keladi. 2023-yildan SamDU tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari kafedrasi mudiri.

    2008-yilda "Milliy uyg‘onish davri tojik adabiyotining janriy va uslubiy xususiyatlari» mavzusida nomzodlik, 2022-yil “XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari tojik adabiyotida lirik janrlarning tadrijiy takomil tamoyillari (an’ana va novatorlik)" mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.

    Olimning 50 dan ortiq ilmiy ishlari turli xorijiy va milliy nashrlarda chop etilgan. 2 monografiya, 4 darslik muallifi. 50 ga yaqin maqolalari, 8 ilmiy axborot va ma’ruza tezislari nashr etilgan.

link

https://www.google.com/search?q=SSN%3A+2249-7137  

https://www.google.com/search?q=SSN%3A+2278-4853

https://www.google.com/search?q=Vol.+8+No.+12

Tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillar kafedrasi a`zolari

Sa`diyev Sadri

sadiev_sadri@gmail.uz

Taniqli adabiyotshunos olim Sadri Sa’diev filologiya fanlari doktori. 1971-yilda XII asr mashhur hajvnavis shoiri Suzaniy Samarqandiy ijodi bo‘yicha  “Suzaniy va XII asr Samarqand adabiy muhiti” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. “XVII asr tojik adabiyoti” kitobi muallifi. 1990-yilda XVII asr tojik adabiyotiga doir o‘z izlanish va tadqiqotlari asosida “XVII asr tojik adabiyoti taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.  

Sadri Sa’diev muallifligidagi  “Tojik adabiyoti” (XVI-XIX va XX asrlar boshi), “Adabiy asar shakli va mazmuni” kitoblari ham oliy o‘quv yurtlarida “Adabiyot nazariyasi” faniga doir asosiy o‘quv qo‘llanma sifatida foydalanib kelinadi.

Olim hozirgi paytda “Samarqandda tojik adabiyoti” mavzusi ustida ilmiy-tadqiqot olib bormoqda. 8 monografiya va alohida kitoblar, shuningdek 100 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi.

 

Juma Hamroyev

juma_hamroh@gmail.com

Juma Hamroyev filologiya fanlari doktori, professor. 1970-yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritb keladi.

Olimning asosiy ilmiy-tadqiqot mavzusi fors-tojik adabiy tanqidchiligi va uning rivojlanish bosqichlari, xususan, yangi davr tojik prozasi va poeziyasi tanqidchiligi masalalariga bagʼishlangan. 1990-yilda “XX asr 60-70 yillar tojik prozasi” mavzusida nomzodlik, “XX asr 60-80 yillar tojik adabiy tanqidchiligi tarixi (Tanqidda oʼzlikni anglash, proza va poeziya tanqidchiligi)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Juma Hamroyev 200 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy va ommabop maqolalar, monografiya, darsliklar va oʼquv qoʼllanmalar muallifi. Shuningdek, “Tojik adabiy tanqidchiligi tarixi”, “Аsrori naqd”, “Naqdi sheʼr”, “Naqdi nasri badeii tojiki”, Taʼrixi adabiyoti navini tojik”, “Аsrori sheʼri shoir”, “Nazariyai adabiyot” kabi fundamental tadqiqiy ishlarini nashr ettirgan. 

 

Shernazarov Akmal Andiyoqulovich 
akmalshernazarov@gmail.com

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2018-yilda “Qashqadaryo tojik marosim folklorida ikki tillilik va adabiy taʼsir” mavzusida filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini himoya qilgan. Hozirgi kunda “Oʼzbekistonda ikki tilli folklor genezisi, janrlar tipologiyasi va poetik lokal xususiyatlari (oʼzbek hamda tojik folklori misolida)” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. Mazkur tadqiqot Oʼzbekistonda yashovchi oʼzbek va tojik xalqining ikki tillilik (zullisonaynlik) anʼanasi asosida tojiklarning oʼzbek tilida, oʼzbeklarning tojik tilida yaratilgan hamda ogʼzaki ijro qilinib kelinayotgan poetik namunalari genezisi, janrlar tipologiyasi, lokal xususiyatlari masalalariga bag‘ishlangan.

Akmal Shernazarov 1 o‘quv, 2 o`quv uslubiy qo`llanma, 1 ilmiy ishlanma va 40 dan ziyod ilmiy va ilmiy-ommaviy maqolalar muallifi hisoblanadi. Shulardan 5 tasi xorijning nufuzli ilmiy jurnallarda nashr qilingan.

https://doi.org/10.5281/zenodo.1341403
https://www.psychosocial.com/article-category/issue-9 

Adashulloyeva Gulnoza
gulnoza-a@umail.uz

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2018-yilda “Tojik va o‘zbek tillarida shaxs xususiyatini ifodalovchi frazeologizmlarning qiyosiy-tipologik tahlili” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi dissertatsiyasini himoya qilgan.

 Faoliyati davomida 60 dan ortiq ilmiy ish e’lon qilgan. 2 ilmiy risola, 48 ilmiy va uslubiy xarakterdagi maqola, 3 o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 3 darslik muallifi.
https://filologiyameseleleri.com/pdf/2012/2.
https://samxorfil.uz/images/source/magazine_issues/2011/4-41
https://novateurpublication.com/12/2020
http://dx.doi.org/10.31838/jcr.07.11.66
https://arm.samdchti.uz/library/download/593
https://slib.uz/en/journal/view?id=131 
http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/   
http://dx.doi.org/10.31838/jcr.07.11.66  

Majidova Sabohat Jamilovna
manija_2006@mail.ru

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2019-yilda “Jomiy g‘azaliyotidagi ramziy istilohlarning lug‘aviy va majoziy ma’nolarini talqin qilish usullari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktoriligi (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Sabohat Majitova 3 monografiya, 2 darslik, 4 o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi. 50 dan ziyod ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari respublika va xorijiy nashrlarida e’lon qilingan.

Hozirgi vaqtda Sabohat Majitova “Abdurahmon Jomiy va Alisher  Navoiy g‘azallarida “inson” konseptining lingvopoetik tadqiqi” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Vohidov Abduvahob
vahidov19@mail.ru

SamDU tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi. Mazkur kafedrada 1991-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Hozirgi vaqtda “Samarqand tojiklari shevasi frazeologik birliklarining strukturaviy-gramatik tasnifi” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorligi dissertatsiyasi ustida tadqiqot ishi olib bormoqda. Olimning 50 dan ortiq ilmiy-tadqiqot ishlari, 3 o‘quv va uslubiy qo‘llanmalari mavjud. Tojik maktablari uchun darsliklar va uslubiy ko‘rsatmalar muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari chop etilgan.

Yunuszoda Zulfiya Yunusovna

yunuszoda@mail.ru

Samarqand davlat universiteti tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari kafedrasi assistenti. “Tojik ma’rifatparvar adabiyotida safarnoma janri” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Xalqaro va respublika nashrlarida 20 ga yaqin  maqolalari nashr etilgan. 

https://cyberleninka.ru/search?q=Yunuszoda%20Zulfiya&page=1

https://elibrary.ru/item.asp?id=43034403

https://cyberleninka.ru/article/n/evolutional-development-of-the-genre-of-travel-notes

https://cyberleninka.ru/search?q=YUnuszoda%20Zulfiya%20YUnusovna&page=1

http://ds5.rf/uploads/files/2020-03/1583140387_sbornik-statey-mezhdunarodnoy-konferencii-konferencii.pdf#page=130

https://naukaip.ru/wp-content/uploads/2020/01/MK-684-3.pdf#page=33

https://cyberleninka.ru/article/n/zhanr-putevyh-zametok-v-tvorchestve-ahmada-donisha

Mirzayev Xayyom Toshqulovich
umarixayyom@mail.ru

Filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD). 2016-yildan buyon tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 2021-yilda “Sayfiy Buxoriy va uning “Аruz” risolasi” mavzusida  filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Bugunga kunga qadar 60 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar e’lon qilgan. “Farhangi muxtasari istilohoti risolai “Аro`z”-i Sayfii Buxoroi” nomli ilmiy lug‘at muallifi.

Xayyom Mirzayev professor Jumaqul Hamrayev bilan hammualliflikda umumta’lim maktablari tojik sinflari 10-sinf o‘quvchilari uchun “Adabiyot” darsligini yaratgan.
http://www.jcreview.com/?mno=99842

Axmedova Dilorom Ismatovna
axmedovadilorom@gmail.com


SamDU tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari kafedrasi o‘qituvchisi. Mazkur kafedrada 2019-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2021-yilda “X asr tojik sheʼriyatida qitʼa janrining tutgan o'rni” mavzusida  filologiya fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Bugungi kunga qadar 20 dan ortiq ilmiy maqolalari respublika va xorijiy jurnallarda nashr qilingan. 

Shukurov Foziljon Mahmadovich

fozil_shukurzoda@mail.ru   

2021-yilda “XIV asr oxirlari va XV asr boshlarida Samarqand adabiy muhiti va shoir Bisotiyning ijodiy merosi” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Bugungi kunda “Temuriylar davrida Movarounnahr adabiyoti taraqqiyoti (ijodiy izlanishlar va uslub muammosi)” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Foziljon Shukurov “Bisotiy Samarqandiy va Movarounnahr adabiy muhiti XIV ikkinchi yarmi va XV asr boshlarida” nomli monografiya hamda “Zaboni Sharq (arabiy)” nomli o‘quv qo‘llanma muallifi hisoblanadi.

Nurulloyeva Zarina

znurulloeva83@gmail.com

2018-yilda “Tojik-fors izohli lugʼatlarda soʼz maʼnolarini ifodalashning oʼziga xos xususiyatlari” (“Burhoni qoteʼ” materiallari asosida) mavzusida filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Mazkur mavzu doirasida 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari respublika va xorijiy nashrlarda chop etilgan. Zarina Nurilloyeva tojik-fors leksikografiyasi tarixiy tamoyillari va lugʼat turlari yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi.

https://arm.samdchti.uz/library/download/593

http://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

http://saarj.com

www.journal.namdu.uz/9

www.tilvaadabiyot.uz/2

http://mamun.uz/uz/page/56

Shukurova Hafiza
xafizashukurova@mail.com  


2020-yildan beri  tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari kafedrasida faoliyat yuritib keladi. 2020-yilda “Samarqand tojik shevasining zargarlik leksikasi” mavzusida tadqiqot ishi olib bormoqda. Xalqaro va respublika nashrlarida 10 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. 

Yarashov Sharif Jumaevich

sharifyarashov@gmail.com

 

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari kafedrasida 2024-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Xusrav Dehlaviy gʼazallarida badiiy timsollarning lingvopoetik xususiyatlari” mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Yarashov Sharif 1 ta respublika miqyosidagi “Durdonahoi Sharq” nomli jurnalida tahririyat azosi. Faoliyati davomida 1 o‘quv, 1 uslubiy qo‘llanma, 1 darslik, 1 ilmiy maqola muallifi. 30 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan.

Murtozoyev Xolmurod Rizoqulovich

2022-yildan bo‘yon Samarqand davlat universitetida ishlab kelmoqda. 2022 yil 15 sentabrda "Tojik-fors adabiyoti vakillari Xuroson uslubidagi she’riyatining fonetik va leksik-semantik xususiyatlari" mavzusidagi 6D020500 Filologiya (6D020502 - Tojik tili) ixtisosligi bo‘yicha Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Murtozoyev Xolmurod Rizoqulovich 50 dan ortiq ilmiy-ommaviy maqolalari O‘zbeksiton va Tojikistonning ilmiy jurnal va davriy gazetalarida nashr ettirgan.

Tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari kafedrasi haqida ma`lumot

Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Maksim Gorkiy nomidagi pedagogika instituti hamda Sadriddin Ayniy nomidagi o‘qituvchilar tayyorlash institutlarining Samarqand davlat universitetiga qo‘shilishi natijasida 1956-yilda universitet tarkibida tashkil topgan. Rahim Muqimov, Rahmon Egamberdiyev, Mirsafo Atoyev, Samariddin Asliddinov, Sadorat Ayubjonova, Talʼat Abdujabborov, Razzoq G‘afforov, Mardon Sharifzoda, Voseʼ Qosimov, Loʻbat Nazarovalar kafedraning birinchi ustozlari sifatida o‘zlarining ibratli faoliyatlarini boshlaganlar. Keyinroq Botirxon Valixo‘jayev, Soleh Halimov, Shavkat Shukurov, Nasriddin Sharofzoda, Rauf Maʼrufiy, Sulton Ibrohimzoda, Abduaziz Zohidov, Ibrohim G‘afurovlar kafedra ustozlari safiga kelib qo‘shildilar.

Ushbu kafedra 1967-yili Samarqand davlat o‘qituvchilar tayyorlash instituti hamda 1988-yili Samarqand davlat universiteti tasarrufida bo`ladi. Samarqand davlat universitetiga pedagogika instituti qo‘shilgandan keyin ikki kafedra birlashadi. 

Kafedraning faoliyati davomida buyuk ustozlar Rahim Muqumov, Talʼat Abdujabborov, Botirxon Valixo‘jayev, Soleh Halimov, Shavkat Shukurov, Sadri Saʼdiyev, Abdusalom Samadov, Hamroqul Berdiqulov, G‘ayrat Rahimqulovlar kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borganlar. Uzoq yillar davomida Baxtiyor Nasriddinzoda, Aziza Yusupova, Huseyn Daliliy, G‘afur Mahmudov, Abdunabi Zohidov, Saidjamol Mirjafarov, Abduvahhob Vohidov, Vafo Nazarov, Muqaddas Dadaboyevlar filologiya sohasining turli fanlari, yaʼni tojik tili va adabiyoti hamda fors va arab tillaridan shogirdlarga saboq berib kelgan.

Kafedra tarixi Mirzo Tursunzoda, Jalol Ikromiy, Sotim Ulug‘zoda, Boqiy Rahimzoda, Foteh Niyoziy, Loiq Sheraliy, Ubayd Rajab, Qudbiy Kirom, Gulchehra Sulaymonova, Kamol Nasrullo, Askar Hakim, Gulruxsor, Farzona, Yusuf Akobirov nomlari bilan bog‘liq. Bundan tashqari tojik adabiyotining donishmandlari Abdulg‘ani Mirzoyev, Bobojon Niyozmuhammadov, Nosirjon Maʼsumiy, Rasul Rasul Hodizoda, Xoliq Mirzozoda, Abduqodir Maniyozov, Aziz Sharif A.Z.Rozenfeld, G.M. Nalbandyan, A.Afsahzod va boshqalar tojik tili va adabiyoti sohasining muhim masalalari yuzasidan talabalarga mazmunli maʼruzalar o‘qiganlar.

2005-2010 yillarda kafedra professori S.Saʼdiyev, dotsentlari A.Qamarzoda, A.Vohidov, J.Hamroyev, A.Samadov, A.Vohidov, G‘.Mahmudov va boshqalar tashabbusi bilan tojik maktablari o‘quvchilari uchun istiqlol mafkurasiga asoslangan tojik tili va adabiyoti fanlaridan darslik kitoblari yaratilgan.

 

Tojik tili va adabiyoti kafedrasi 2021-yildan boshlab tojik filologiyasi va xorijiy Sharq tillari kafedrasi nomi bilan faoliyat olib borilmoqda. Hozirda kafedra mudiri filologiya fanlari doktori, S.X. Xo`jaqulov. Kafedrada jami 23 nafar professor-o‘qituvchi, 3 nafar fan doktori, 2 nafar fan nomzodlari, 6 nafar falsafa doktorlari (PhD), dotsentlar, 3 nafar o‘qituvchilar faoliyat yuritadi.

Kafedrada 5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (tojik filologiyasi) bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va mazkur taʼlim yo‘nalishi negizidagi 5A120102-Lingvistika (tojik tilshunosligi) va 5A120101-Adabiyotshunoslik (tojik adabiyoti) ixtisosliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.

Mazkur kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, monografiyalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar O‘zbekistondagi turdosh taʼlim muasssasalarida amalda qo‘llanilib kelinmoqda. Xususan, hozirda ixtisoslik fanlari taʼlimi jarayoni mustaqillik davrida yaratilgan ilmiy nazariy adabiyotlar, elektron darsliklar, o‘quv-uslubiy majmualar asosida olib borilmoqda. Ayni paytda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 1 ta respublika miqyosidagi ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o‘quv dasturlari

Bakalavr

  • Hozirgi tojik tili
  • Tilshunoslik nazariyasi
  • Tojik tili tarixi
  • Tojik folklori
  • Tojik dialktologiyasi
  • Sharq (fors va arab) tili
  • Tojik mumtoz adabiyoti tarixi
  • Jahon adabiyoti tarixi
  • Eroniy xalqlar adabiyoti
  • Adabiyot nazariyasi
  • Yangi tojik adabiyoti tarixi
  • Tojik adabiy tanqidchilik tarixi
  • Tojik tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi
  • Tasavvuf adabiyoti
  • Matnshunoslik va manbashunoslik
  • Sotsiolingvistika
  • Uslubshunoslik
  • Tojik tilshunosligi tarixi

  Magistratura

  • Mumtoz tarixiy poetika
  • Yangi tojik adabiyoti muammolari
  • Tilshunoslik nazariyasi muammolari
  • Pragmalingvistika
  • Psixolingvistika
  • Lingvokulturologiya
  • Ommaviy axborot vositalari tili va adabiyoti
  • Etimologiya muammolari
  • Adabiyotshunoslik tarixi
  • Adabiyotshunoslik metodologiyasi
  • Adabiy jarayon

Tojik filologiyasi va xorijiy va sharq tillari kafedrasi faoliyatidan lavhalar