Samarqand davlat universiteti
Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti
tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar
kafedrasi mudiri
Xolikulov Shodi Turduqulovich

+998902717792  kholikulov48@mail.ru.

    Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor. 2020-yildan beri Samarqand davlat universiteti tuproqshunoslik va agrotexnologiya kafedrasi mudiri. 1977-yilda “Mulchalashning tuproq xossalari va go’za hosildorligiga ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1996-yilda "Bo‘z tuproqlar mintaqasidagi sug‘oriladigan tuproqlarning xossa va rejimlarini mulchalash va kompost qo‘llash orqali maqbullashtirishning g‘o‘za hosildorligiga ta’siri" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

    Olim tuproqshunoslik, agrokimyo, ekologiya va atrof-muhit yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga rahbarlik qiladi.

    Professor Shodi Xoliqulov Butunjahon tuproqshunoslar jamiyatning X va XX xalqaro kongresslarida ma’ruzasi bilan ishtirok etgan. AQSH dagi Xalqaro Kimyogarlar assosiatsiyasi, Ogayo shtati universiteti “Qishloq xo‘jaligining global isishga ta’sirini o‘rganish” xalqaro jamiyatining a’zosi hisoblanadi.

    Olim “O‘zbekiston zamini”,  “O‘zbekiston geogarafiya jamiyati axborotnomasi”, “SamDU Axborotnomasi” jurnallarida tahrir hay’ati a’zosi sifatida faoliyat yuritmoqda.

    Shodi Xoliqulov 10 darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 7 monografiya, 30 dan ortiq uslubiy qo‘llanma va 320 dan ortiq maqolalar muallifi.

    Olimning Scopus va Web of Science bazasida 10 ga yaqin maqolalar  chop etilgan.

https://doi.org/10.12911/22998993/141365;

link;

https://elibrary.ru/item.asp?id=43283537:

link;

link;

htps://doi.org/10.12912/27197050/175137

https://doi.org/10.1051/bioconf/202414901059

 

                                                           Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi a’zolari

 

Abdurahimov Mingjigit Kattabekovich
 abduraximov59@inbox.ru.

 

Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor. SamDU tuproqshunoslik va agrokimyo kafedrasida 1999-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1989- yilda “Выделение исходного материала для селексии картофеля на  скороспелост в условиях Узбекистана” mavzusida nomzodlik, 2014- yilda “O‘zbekistonning tog‘oldi va sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kartoshka yetishtirish texnologiyasi va urug‘chiligini takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Ilmiy-tadqiqot grantlari doirasida 2 ta “O‘zbekiston tog‘oldi mintaqasida urug‘lik kartoshka yetishtirish texnologiyasining ilmiy asoslari” (2006-2008) va “Mirzacho‘lning sho‘rlangan tuproqlari sharoitida kartoshka yetishtirish resurs tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish” loyihalari rahbari sifatida tadqiqotlar olib bormoqda.

1 monografiya, 4 darslik, 2 o‘quv qo‘llanma, 20 dan ziyod uslubiy qo‘llanmalar va 200 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 1 ta scopus va 5 ta Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7358405;

https://doi.org/10.5281/zenodo.7193934;

Link

Ortiqov To‘lqin Qo‘chqorovich

ortikovt@mail.ru.

 

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1991- yilda "Nitrifikasiya ingibitorlari qo‘llanilganda bo‘z tuproqlar mikrobiologik faolligi va Vertisillium dahliae Kleb fitopatogen zamburug‘ining axloqi" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. “Zarafshon vodiysi tuproqlari gumus va mikrobiologik holatini tabiiy va antropogen omillarga bog‘liqligi” mavzusida doktorlik ishini olib bormoqda.

2 monografiya, 7 darslik, 15 o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar, 370 ilmiy maqolalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 6 ta Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalalar e’lon qilgan. 

https://jilindaxuexuebao.com/details.php?id=DOI:10.17605/OSF.IO/XB56T

link

https://doi.org/10.1051/e3sconf/202458704001

https://doi.org/10.1051/e3sconf/202458704015

https://doi.org/10.1051/e3sconf/202458704010

https://doi.org/10.1007/978-3-031-70673-8_31

https://doi.org/10.1051/e3sconf/202346202017

 

Mamasov Shavkat Alikulovich

shmamasovsh63@mail.ru.

 

Texnika fanlari nomzodi, dotsent. Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2005-yilda "Обоснование схемы и параметров поперечной устойчивости крутосклонного малогабаритного колесного трактора" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

3 darslik, 3 o‘quv qo‘llanma, 2 patent, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.

https://www.nveo.org/index.php/journal/article/view/3108/2596;

Nurmixamedov Buron Umarovich

nurmixamedov1962@mail.ru.

 

Texnika fanlari nomzodi, dotsent.  Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq ovqat xavfsizligi instituti tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1993-yilda "Обоснование формы и параметри универсалного почвообрабатыващего орудия для зоне хлопокодства" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya, 9 patent,  74 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.

https://www.nveo.org/index.php/journal/article/view/3108/2596

 

G’oziyev Toshniyoz Chuliboyevich

gozievt@gmail.com

 

Qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsenti. Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2006-yilda “Zarafshon vohasi sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari xossalari va tamaki hosildorligiga poliyetilen plyonka bilan mulchalashning ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1 monografiya, 2 o‘quv qo‘llanma, 4 dan ziyod uslubiy qo‘llanmalar va 60 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi.

(Reviewers https: //www. hrpub. org/journals/jour_reviewers.php?id=04)

 

 

Bobobekov Isomiddin Nuriddinovich

isomiddin1977@mail.ru.

 

Qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent. Samarqand davlat univeriteti tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2006-yilda “Texnogen ifloslangan tipik bo‘z tuproqlar tarkibidagi og‘ir metallar miqdorini kamaytirishga organik va mineral o‘g‘itlarning ta’siri (Samarqand kimyo kombinati atrofi tuproqlari misolida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1 daslik, 1 o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar hamda 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 5 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalalar e’lon qilgan. 

https://doi.org/10.12911/22998993/141365;

link

https://doi.org/10.1051/bioconf/202414901059

Pardayev Sindor Berdiyorovich

pardaev78@mail.ru

 

Kafedra assistenti. Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasida 2020 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. “Shahar qattiq maishiy chiqindilardan tayyorlangan kompostlarning tuproq xossalari va hosildorligiga ta’siri” mavzusida tadqiqot olib boradi. Mahalliy va xorijiy jurnal va ilmiy to‘plamlarda 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop qilgan. Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 2 maqolasi e’lon qilingan. 

link

 

Abdumalikov Jasurbek Kuchkarovich

 abdumalikovjasurbek6969@gmail.com.

 

Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasida faoliyat yuritib keladi. 2019-yilda "Tipik bo‘z tuproqlar sharoitida organomineral chiqindilardan tayyorlangan kompostlarning g‘o‘za o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri" mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

1 daslik 2 monografiya, 1 o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar 60 ilmiy maqolalar muallifi.  1 maqolasi  Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnalda e’lon qilingan.

htps://doi.org/10.12912/27197050/175137

 

Xolmatova Dilfuza Tahirovna

dilfuza_x@mail.ru.

 

Kafedra assistenti. Samarqand davlat universiteti tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasida 2022-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Faoliyati davomida 4 ilmiy maqola va 5 tezis chop qilgan.

 

Raxmonova Xursheda Qurbonboyevna

x.raxmonova 1987@gmail.com

2020-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat olib boradi. 2024-yilda “Soyaning o‘sishi rivojlanishi va hosildorligiga ekish me’yorlari hamda mineral o‘g‘itlarning ta’siri” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 2024-yildan buyon “O‘zbekiston Agrar soxa ayolllari” uyushmasi Samarqand hududiy bo‘linmasi a’zosi.

 1 o‘quv qo‘llanma, 1 tavsiyanoma 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.

Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi haqida

Tuproqshunoslik kafedrasi 1953-yil Samarqand davlat universitetining biologiya va tuproqshunoslik fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedrada professorlar D. Kuguchkov, X. Xamdamov, dotsentlar S. Agisheva, G. Danov, S. Kigay va boshqa olimlar faoliyat ko‘rsatgan va ular tuproqshunoslik fanidagi bir qator dolzarb masalalarni yechish bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan. Kafedradan yetishib chiqqan olimlar orasida O‘zbekiston tuproqshunoslik fani rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan O. Komilov, I. Boboxo‘jayev, O‘. Matkarimov kabi yirik olimlar bor.

1996-yilda Samarqand davlat universitetida tuproqshunoslik yo‘nalishi tuproqshunoslik va ekologiya fakulteti qoshida qayta tashkil etildi. Shundan so‘ng “Tuproqshunoslik” kafedrasi qayta tashkil etilib, unga dotsent O‘. Matkarimov, keyinchalik dotsent T. Ortiqov va Sh. Xoliqulov mudirlik qilgan. 2000-yildan boshlab fakultetlarni yiriklashtirish maqsadida tuproqshunoslik va ekologiya fakulteti biologiya fakultetiga birlashtirildi va tuproqshunoslik kafedrasi alohida mutaxassislik tayyorlovchi kafedra sifatida faoliyatini davom ettirdi.

 

2020-yil SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti tarkibida tuproqshunoslik va agrotexnologiya kafedrasi yangidan tashkil qilindi. Hozirgi kunda kafedra Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti qoshida faoliyat yuritmoqda.

Kafedrada bugungi kunda 2 nafar fan doktori,  2 nafar professor, 5 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 2 nafar PhD va 2 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Hozirgi paytda kafedra qoshida “Tuproqshunoslik”, “Agrotuproqshunoslik va agrofizika”, “Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik”, “O‘simlikshunoslik” ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura va doktorantura hamda “Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi”, “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi” mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura mavjud.

 

Kafedrada respublikamiz va chet el universitetlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ular qatoriga Moskva davlat universiteti, Moskva qishloq xo‘jalik akademiyasi, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Nijniy Novgorod qishloq xo‘jalik akademiyasi, Belgorod davlat universiteti, Italiyaning Bolonya universiteti, AQSH ning Nevada universiteti, Turkiyaning Anqara universiteti, Malayziyaning Pudra unversiteti kiradi.

Kafedrada  “Yosh agrotexnolog” va “Yosh Mexanizator” to‘garaklari faoliyat olib boradi.

Kafedra a’zolari bugungi kunda “Tuproq xossalari unumdorligini yaxshilash hamda ekinlar hosildorligini oshirishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish” mavzusi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

 

Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari

Bakalavr

  • Tuproqshunoslik va agrokimyo
  • Tuproq kimyosi
  • Tuproq fizikasi
  • Tuproq bonitirovkasi va xaritalash
  • Tuproq mikrobiologiyasi
  • Agrobiotexnologiya
  • O‘simlikshunoslik
  • Dehqonchilik va melioratsiya
  • Melioratsiya va yer tuzish
  • Agrometeorologiya
  • Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish
  • Meliorativ tuproqshunoslik va tuproq muxofazasi
  • Tuproq fizikasi va iqlimshunosligi
  • O‘rmon meterologiyasi
  • Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi
  • O‘simlikshunoslik va paxtachilik

 

 

Magistratura

  • Organik dehqonchilikda innovatsion texnologiyalar
  • Organik dehqonchilikda ekinlarni yetishtirish texnologiyasi
  • Organik dehqonchilikda yerdan samarali foydalanish
  • Organik dehqonchilikda oziq-ovqat xavfsizligi
  • Tuproqni himoyalovchi va resurs tejovchi qishloq xo‘jaligi amaliyoti
  • Eroziyashunoslik
  • Dorivor o‘simliklarning tabiiy resurslari va muhofazasi
  • Dorivor o’simliklarning bioekologik xususiyatlari
  • Ekinlarni yetishtirishning resurs tejovchi texnologiyalari
  • Dehqonchilikda tuproq unumdorligini boshqarish
  • Ekologik toza mahsulot yetishtirish
  • Dorivor o‘simliklarda ilmiy izlanish asoslar

 

 

Kafedra hayotidan fotolavhalar