Samarqand davlat universiteti zoologiya kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
zoologiya kafedrasi mudiri
Jabborov Abdurashid Rayimovich
+99897 3940150 abdurashidjabbarov1@rambler.ru
Biologiya fanlari doktori, professor. Samarqand davlat universiteti zoologiya kafedrasida faoliyat yuritadi. 2016-yildan zoologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Olim 1982-yilda “Экологические основы использования репеллентных средств защиты хозяйственно важных объектов от биоповреждений, вызываемых птицами” mavzusida nomzodlik, 2016-yilda “O‘zbekistonda qushlar keltirib chiqaradigan biozararlanishlar va ularning oldini olishda eko-texnologik usullarni takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Faoliyati davomida 1 monografiya, 3 ilmiy risola, 6 darslik va 5 o‘quv va 7 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar Scopus xalqaro bazasiga kiruvchi 2 jurnalda hamda 300 ga yaqin nufuzli xalqaro va respublika nashrlarida ilmiy maqolalar chop etgan.
http://sersc.org/journals/index.php/IJAST/article/view/18004
http://sersc.org/journals/index.php/IJAST/article/view/17994
Zoologiya kafedrasi aʼzolari
Xakimov Najmiddin Xakimovich Kafedra dotsenti, biologiya fanlari nomzodi. SamDU zoologiya kafedrasida 1997-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1967-yilda “Mirzacho‘lning qo‘riq va paxta maydonlari nematodalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Faoliyati davomida 2 ta darslik, 12 ta o‘quv, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda 2 ta elektron darslik muallifi. Shuningdek, xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida 100 dan ortiq maqola va tezislari e’lon qilingan. |
|
Abdullayev Erkin Nurullayevich Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU zoologiya kafedrasida 1966-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1967-yilda "Samarqand viloyatida toq ipak qurtining entomofaglari" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Erkin Abdullayev faoliyati davomida 5 ta ixtiro muallifligi patenti olgan, bundan tashqari 2 darslik, 11 o‘quv va uslubiy qo'llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 100 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar, jumladan, 10 ga yaqin xalqaro jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.
|
|
Fundukchiyev Semen Enverovich Biologiya fanlari nomzodi, professor. SamDU zoologiya kafedrasida 1979-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Ilmiy-pedagogik faoliyatini L.M.Isayev nomidagi tibbiyot parazitologiyasi ilmiy-tekshirish institutida kichik ilmiy xodimlik lavozimidan boshlagan. 1986-yilda «Mirzacho‘l qushlar aholisining antropogen transformatsiyasi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 1994-yildan hozirgi kungacha zoologiya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. 2007-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Qushlarni muhofaza qilish jamiyati Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, ”Ученые записки Крымского инженерно-педагогического университета” jurnalining hamda O‘zbekiston Respublikasi Qushlarni muhofaza qilish jamiyati “Daydjest”i tahrir jamoasi a'zosi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. |
|
Botirov Aminjon Rozimbayevich
Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. Rossiya Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti, Moskva Davlat universiteti, Ukraina Fanlar akademiyasi Zoologiya institutida paleozologiya mutaxassisligini puxta o‘rganib, to‘plagan arxeopaleozologik ashyolar asosida Ukraina Fanlar Akademiyasi Zoologiya insitutida “Промысловая териофауна Узбекистана в Голоцене” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi. Aminjon Botirov O‘zbekiston Respublikasidan tashqari, Ukraina, Fransiya davlatlarida malaka oshirib kelgan. Hozirga qadar 300 dan ortiq zoologiya, paleozoologiya, ekologiya, pedagogika hamda ommabop yo‘nalishlarda ilmiy maqolalari, o‘quv qo‘llanmalari hamda darsliklari chop qilingan. Zoologiya, ekologiya, tabiatni muhofaza qilishga doir 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalari, qadimgi noyob hayvonlar to‘g‘risidagi rangli rasmli ilmiy-ommabop risola, biologiya va ekologiya atamalarining izohli lug‘ati chop qilingan. |
|
Mavlonov Ochil Mavlonovich Biologiya fanlari doktori, professor. SamDU Zoologiya kafedrasida 2021 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1993 yilda “Gʻo‘za agosenozlar fitonematodalari (taksonomiyasi,ekologiyasi, zoogegrafiyasi va qarshi kurash choralari )” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ochil Mavlonov faoliyati davomida 50 ta darslik, 78 ta o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 800 ga yaqin ilmiy maqola va tezizlar, jumladan, 50 ta xalqaro jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. O.Mavlonov ilmiy rahbarligida 11 nafar tadqiqotchilar nomzodlik, 2 nafari doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. |
|
Xalimov Fazlitdin Zakirovich Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU zoologiya kafedrasida 2008-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1995-yilda “Zararkunandalarga chidamliligi turlicha bo‘lgan karam navlarida karam pashshalari va ular entomofaglari orasidagi munosabatlar tahlili” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Fazlitdin Xalimov faoliyati davomida 1 ta darslik, 9 ta o‘quv va uslubiy qo'llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 100 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar, jumladan, 20 ta xalqaro jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. |
|
Urazova Ra’no Stanislavovna Biologiya fanlari nomzodi, dosenti. SamDU zoologiya kafedrasida o‘z faoliyatini 1995-yildan boshlab va 2022-yildan kafedra dotsenti lavozimida faoliyat yuritib keladi. Ra’no Urazova faoliyati davomida 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda 35 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. |
|
Mamashukurov Abdunabi Uraqovich 1abdunabimamashukurov@gmail.com Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, assistent. 2021-yilda “Farg‘ona vodiysi ba’zi ommaviy qushlarining ekologiyasi, etologiyasi va biozararlanishlardagi o‘rni” mavzusidagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. SamDU zoologiya kafedrasida 2001-yildan boshlab assistent lavozimida faoliyat yuritib keladi. “Umurtqalilar zoologiyasidan yozgi o‘quv-dala amaliyoti uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanma”, “Анатомия человека” o‘quv qo‘llanmasi va 60 ga yaqin o‘quv-uslubiy va ilmiy maqolalar muallifidir. Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari bo‘yicha ko‘plab xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etgan. http://sersc.org/journals/index.php/IJAST/article/view/18004 |
|
Narzullayev Sardorbek Baxriddinovich
|
|
Xamidova Asolat Baxrankulovna
Zoologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1990-yildan boshlab SamDU zoologiya kafedrasida faoliyat yuritadi. Asolat Xamidova faoliyati davomida 16 o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda 35 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. |
|
Xamzayev Rafiq Azimovich Kafedra assistenti. SamDU zoologiya kafedrasida 2015-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Hozirgi kunga qadar Rafik Xamzayev faoliyati davomida 2 ta o‘quv qo‘llanma hamda 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. |
|
Zoologiya kafedrasi haqida
Zoologiya kafedrasi 1928-yilning boshlarida tashkil etilib, unga professor A..Zavadskiy mudirlik qilgan. 1934-yilda zoologiya kafedrasi tarkibida, mustaqil umurtqalilar zoologiyasi kafedrasi tashkil etildi va uning birinchi mudiri etib prof. B.GTurkevich tayinlandi. Shunday qilib zoologiya kafedrasi ikki mustaqil kafedraga ajralib, Zarafshon vohasining, umurtqasiz va umurtqali hayvonlari faunistikasi, biologiyasi, ekologiyasi va amaliy ahamiyatini o‘rganish borasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Ushbu kafedrada bugungi kunda 3 nafar fan doktori, professor, 7 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 1 nafar PhD dosent, 2 nafar PhD assistent, 1 nafar katta o‘qituvchi va 5 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. |
|
Kafedra qoshida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Zoologiya muzeyi faoliyat ko‘rsatadi. Zoologiya muzeyi 2008-yildan hozirgi kungacha «Noyob obyekt» sifatida mablag‘ bilan ta’minlanib kelinmoqda. Kafedrada 10000 tur hasharotlarni o‘z ichiga olgan, 100000 dona eksponatdan iborat, mutaxassislar tomonidan yuqori baholanayotgan entomologik kolleksiya mavjud. Professor B.X.Botirov tashabbuslari bilan to‘rtlamchi davr qazilma qoldiqlariga oid qimmatbaho osteologik kolleksiya yaratildi va MDH paleozoologlari tomonidan yuqori baholanmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari MDH, AQSHning Vermont universiteti, O‘zbekiston FA Zoologiya instituti bilan shartnomalar asosida ilmiy-tadqiqotlar olib bormoqdalar. Kafedrada 5140100 – bakalavriatura yo‘nalishi, 5A140101 – biologiya, 5A140108 – zoologiya, 5A140103 – ixtiologiya va gidrobiologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura va 03.00.06.-zoologiya ixtisosligi bo‘yicha doktorantura mavjud. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 50 ga yaqin darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, majmualar va ko‘rsatmalar yaratilgan. Shuningdek, 10 dan ortiq monografiyalar, 40 dan ortiq ilmiy-ommabop risolalar, 40 ga yaqin ilmiy to‘plamlar, 1500 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar nashr etganlar. |
|
Kafedrada bugungi kunda “Janubi-Gʻarbiy O‘zbekiston hayvonot dunyosining faunasi, ekologiyasi va muhofazasi, hamda ulardan rasional foydalanish” mavzusi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedradan yetishib chiqqan taniqli olimlar: Professor Boris Gervasyevich Turkevich (1882–1937) biologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi – Samarqand zoologlar ilmiy maktabining yirik yo‘nalishlaridan biri – umurtqali hayvonlar morfologiyasi va qiyosiy anatomiyasi yo‘nalishning asoschisi hisoblanadi. 1934-yilda umurtqalilar zoologiyasi kafedrasi mustaqil kafedra sifatida ajralib chiqqandan so‘ng uning birinchi mudiri etib tayinlangan. Prof. B.Turkevich rahbarligi ostida umurtqali hayvonlar sistematikasi, faunistikasi, morfologiya va qiyosiy anatomiyasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borilib, bir necha fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlangan. Uning qator ilmiy maqolalari AQSHning anatomiya jurnalida, Italiyaning anatomiya va embriologiya jurnalida, Germaniya ilmiy jurnallarida chop etilib, yetakchi anatom va morfolog olimlar tomonidan yuksak baholangan. Professor Axror To‘laganovich To‘laganov (1908-1990) – biologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi. 1936-yilda E.S.Kiryanova rahbarligida “Pomidor va uning ildiz sistemasi atrofi tuprog‘ining nematodafaunasi” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi. 1947-yilda Sankt-Peterburgda Sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasi tasarrufidagi Zoologiya institutida “O‘zbekistonning o‘simlikxo‘r va tuproq nematodalari” mavzusida biologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvafaqqiyat bilan himoya qilgan. |
|
Professor Rahim Olimjonovich Olimjonov (1913-1985) – biologiya fanlari doktori, O‘zbekiston FA muxbir a’zosi. O‘rta Osiyo universitetining qishloq xo‘jaligi fakultetini tugatgan. O‘rta Osiyo o‘simliklarni himoya qilish institutida ilmiy xodim, O‘zbekiston FAning Zoologiya sektori ilmiy xodimi, Botanika va zoologiya instituti direktori o‘rinbosari, O‘zDU rektori, O‘zbekiston FA Zoologiya va parazitologiya instituti entomologiya laboratoriyasi mudiri, shu institut direktori, Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti entomologiya kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. Ilmiy asarlari g‘o‘za, beda va boshqa ekinlar zararkunandalarini o‘rganish va ularga qarshi kurash choralariga bag‘ishlangan. Entomologiya darsligini tuzgan. Professor Abdulla Kiyamovich Sagitov (1918-2013) – biologiya fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi. 1949-yilda «Qushlarning birinchi olti juft bosh miya nervlarining anatomik tuzilishi» mavzusida nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1950-yildan boshlab Zarafshon vohasi qushlarini har tomonlama o‘rganish a boshlaydi va bu uchun qator ekspedisiyalar tashkil etadi, buning natijasida ko‘pgina ilmiy maqolalar chop etadi. O‘rta Osiyoda qushlarning rivojlanish va o‘sish qonuniyatlarini ishlab chiqqan, shu bilan bir qatorda qushlarning bosh miya nervlarini qiyosiy anatomiyasini o‘rgangan U 1966-yilda Ukraina fanlar akademiyasi Zoologiya institutida «Qarg‘alar suyak labirintining ekologik-morfologik xususiyatlari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. |
|
Professor Beshim Xo‘jayevich Botirov (1957-2015) – 1964-yilda Sankt-Peterburgdagi zoologiya institutiga aspiranturaga kirib, uning ilmiy ishlariga atoqli paleozoolog, biologiya fanlari doktori, professor Nikolay Kuzmich Vereshagin rahbarlik qildi. 1969-yilda «Janubiy-sharqiy O‘zbekiston sut emizuvchilarini antropogen davrida shakllanish tarixi» mavzusida biologiya fanlari nomzodligi uchun dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qildi. Shundan so‘ng B.X.Botirov kafedradagi faoliyatini davom ettirib, kafedra assistenti, katta o‘qituvchi va dotsent lavozimlarida ishlab keldi. 1989-yildan boshlab yangi tashkil qilingan «Ekologiya, tabiat muhofazasi va o‘simliklarni biologik usulda himoya qilish» kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi. 1995-yilda B.X.Botirov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining zoologiya instituti qoshidagi maxsus Ilmiy Kengashda «Antropogen davrda O‘rta Osiyo teriofaunasining shakllanish tarixi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Prof. B.X.Botirov respublikamizda ko‘zga ko‘ringan paleozoolog bo‘lib, O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston hududida sut emizuvchi hayvonlar faunasining shakllanish tarixini ilk bor o‘rgangan va uning rivojiga katta hissa qo‘shgan olim hisoblanadi. 100 dan ortiq ilmiy, o‘quv va uslubiy maqolalar chop etgan.
|
|
Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari Bakalavr
|
|
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar